Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


  Matnni o‘qing, o‘z munosabatingizni bildiring


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet93/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

1. 
Matnni o‘qing, o‘z munosabatingizni bildiring. 
 
Tarbiyaning ishontirish metodi 
 
Ta'rif: Xatti-harakatlarining to‘g‘riligi va zarurligini, shuningdek, ayrim 
xulq-atvorlarning noto‘g‘riligini tushuntirish va isbotlashdir.
Ishontirish haqiqiy va soxta bo‘lishi mumkin.
Haqiqiy ishonch – real voqyelikka mos keladi va shaxsning jamiyat 
oldidagi qadr-qimmatini oshiradi.
Soxta ishonch – o‘zi va atrofidagilar ta'sirining umumlashuvi natijasida 
vujudga keladi.
Maqsad: Tarbiyalanuvchilar xatti-harakatlarining to‘g‘riligi va zarurligini, 
ayrim xulq-atvorlarning noto‘g‘riligini tushuntirish va isbotlash asosida barkamol 
shaxs xislatlarini singdirish va tarbiyalashdir.
Qachon, qanday vaziyatda qo‘llaniladi: Tarbiyalanuvchi o‘z xatti-
harakatlarining to‘g‘riligi va zarurligiga hamda ayrim xulq-atvorlarining 
noto‘g‘riligiga ishonmasa, ushbu metod qo‘llaniladi.
Qanday vaziyatda qo‘llash mumkin emas:
1) ishontirishning shakli va mazmuni bolalar yosh davriga mos bo‘lmasa;
2) bolaning individual xususiyatlariga mos kelmasa.


156 
3) umumiy tarzdagi qoida va prinsiplarga zid bo‘lishidan tashqari aniq dalil 
va misollar yo‘q bo‘lsa;
4) barcha xabardor bo‘lgan dalil va xulq-atvorni muhokama qilishga to‘g‘ri 
kelganda, dalilning haqqoniyligi to‘g‘risidagi ikkilanishlarni yo‘qqa chiqara 
olmasa; 
5) tarbiyachi yoki o‘qituvchi o‘z fikriga qat'iy ishonmasa.
Kim tomonidan qo‘llaniladi: Oilaning tajribali vakillari – buvi-buvalar
ota-onalar, aka-opalar, tarbiyachilar, pedagoglar va shu kabi ma'sul shaxslar.
Kutiladigan natija: Tarbiyalanuvchilar xatti-harakatlarining to‘g‘riligi va 
zarurligiga ishonadi. Xulq-atvorlarining noto‘g‘riligini tushunishadi. O‘ziga 
ishongan va barkamol shaxs xislatlari singdirilgan inson tarbiyalanadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling