Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Umumiy pedagogika oquv qollanma2
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Gumanistik (insonparvarlik yo‘nalishi).
- IV. Pedagogik texnika.
USLUBIY- AMALIY
-o‘quvchi shaxsida o‘z imkoniyatlariga ishonch uyg‘otish; -empatiya (o‘zgalar o‘rniga o‘zini quya olish)ga o‘rgatish; boshqalarni qadrlash; 1 1 Зазюн Педагогическое Мастерство.-Москва: Академкнига,2005.-47.-С.-68. 320 -ishonch qozona olish; -hayajonni bosish; -Sinf, guruh bilan muayyan muammoni muhokama qilish, uning yechimini topish va qaror chiqarish; -pedagogik jarayon muhokamasi va boshqalar. Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari ( -rasm) quyidagilardan iborat: I. Gumanistik (insonparvarlik yo‘nalishi). Bunda qiziqishlar, qadriyatlar, ideallarning oliy maqsadga - barkamol avlod tarbiyalab yetishtirishga yo‘naltiriladi. Pedagog shaxsining insonparvarlik yo‘nalishiga ega bo‘lishi bilan belgilanadi. II. Ixtisoslik bilimi. Pedagog tomonidan mutaxassislik fani, uni o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiyani mukammal bilish zaruriyatining oshishi pedagogik mahoratning tarkibiy qismi bo‘lib tavsiflanadi. III. Pedagogik layoqat va qobiliyatlar: kommunikativ (muloqatga moyillik), so‘z, fikr-tuyg‘u orqali munosabat, o‘zaro fikr almashuv; fahm-idrokli bo‘lish; turli qobiliyat (ko‘rinishlari) qirralari, iqtidori; dinamizm (harakatchanlik), faollik, olg‘a siljish; emotsionallik (his-tuyg‘u jo‘shqinlik); qat'iyatlilik; qunt, sabot, chidamlilik; kelajakka ishonch (kelajakni ko‘ra bilish); e'tiborli nufuzli bo‘lish (o‘z ta'sirchanligi bilan mahliyo, maftun eta bilish) bilan belgilanadi. IV. Pedagogik texnika. o‘z-o‘zini, o‘z hissiy holatini boshqara olish; boshqalar bilan aloqa-munosabat o‘rnata olish; nutq malakasi; mimik pontamimik ifodaliligi bilan tavsiflanadi. 321 -rasm. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari Milliy pedagogikamiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ma'rifatparvar Abdulla Avloniy: "Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir", - degan edi. Hayot, najot, saodatga eltuvchi tarbiyani amalga oshiruvchi zot - o‘qituvchidir. O‘qituvchi bolaga do‘stona munosabatda bo‘lib, ularga faqat ezgu niyat bilan yondashishi, mehribonlik ko‘rsatishi, ularning “MeN”ini hurmat qilishi, bolaning nafsoniyati, qadr-qimmatiga tegadigan qupol muomalada bo‘lmaslik, ishonchsizlik bildirmaslik lozim. O‘quvchilar tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlarni rag‘batlantirib borish muhim. “Bolani butun qalbi bilan sevadigan mehridaryo pedagog ko‘proq tabassum qiladi, kamroq qovoq soladi, u chinakam pedagogik hayot kechiradi, shu tariqa professional baxtiga erishadi 45 ”. Demak, pedagog shaxsining insonparvarlik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatishi - o‘quvchi shaxsini hurmat qilish, adolatli bo‘lish, pedagogik faoliyatni pirovard maqsadga – barkamol avlod tarbiyalashga yo‘naltirishda ifodalanadi. O‘z davrida Abu Ali ibn Sino o‘qituvchi shaxsida halollik, adolatparvarlik, poklik, mehnatsevarlik, fidoiylik, odamgarchilik kabi hislatlarni qadrlagan. Insonparvar pedagog bolalarga bilim berayotganda ularga odamiylik namunasi sifatida gavdalanadi. “Bola uchun o‘qituvchisiz bilim yo‘q. Bola o‘qituvchisiga mehr quysa, demak u bilimga qiziqib qoladi. Bolalar mehrini qozonmoq o‘qituvchi uchun sharafli hisoblanadi.Faqat o‘z o‘qituvchisini yaxshi 1 1 Очилов М. Педагогик маҳорат.-Тошкент: Ўқитувчи, 322 ko‘rgan bola bilimlar olamiga shung‘iydi, jamiyatdagi ma'naviy qadriyatlarni o‘zlashtira boradi 46 ”. Shu bois ta'lim va tarbiya mazmuni, metodlari, usullari, shakllari pedagogning bolalarga mehr- muhabbatidan harorat oladi va insonparvarlik hissi to‘la qalbidan o‘tib takomillashadi. Jamiyatimizda o‘qituvchi bolalarni kelajak haqidagi orzu - umidlar bilan ruhlantirishga, kelajak haqidagi orzu-umidlar, g‘oyalar va ideallarini hozirdan mustahkamlashni o‘rgatishga qodir kishi bo‘lmog‘i lozim. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling