335
materialini idrok qilishda tahsil oluvchining yoshini ham inobatga olishni biladi,
chunki katta yoshdagilarga aniq va ravshan bo‘lgan
narsa kichik yoshdagilarga
tushunarsiz va mavhum bo‘lishi mumkinligini inobatga oladi. Qobiliyatli
o‘qituvchi o‘quv materialini bayon etish jarayonida o‘quvchilar tomonidan bilim
o‘zlashtirish qanday kechayotganligini qator belgilar asosida aniqlaydi va zarurat
tug‘ilganda bayon qilish usulini o‘zgartiradi.
O‘qituvchining kuzatuvchanlik qobiliyati - o‘qituvchining tahsil
oluvchilar ichki dunyosiga
kira olish qobiliyati, o‘quvchi shaxsini va uning
vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog‘liq bo‘lgan
psixologik kuzatuvchanlikdir. Qobiliyatli o‘qituvchi uncha katta bo‘lmagan tashqi
ko‘rinishlar asosida o‘quvchining ichki holatidagi juda arzimagan o‘zgarishlarni
ham fahmlab oladi. O‘quvchilarning
kayfiyati, ularning darsga tayyorgarlik
darajasini aniqlay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: