Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Pedagogning o‘quv materialini bayon etish qobiliyati -


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet195/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Pedagogning o‘quv materialini bayon etish qobiliyati - o‘qituvchining 
o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon etishi, material yoki 
muammoni ularga aniq va tushunarli qilib aytib berish, o‘quvchilarda mustaqil 
ravishda faol qiziqish uyg‘otish qobiliyatidir.
O‘qituvchi zarur hollarda o‘quv materialini o‘zgartira olishi, qiyin narsani 
oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o‘quvchilarga 
yetkaza olishi darkor. 
O‘qituvchi o‘quvchining mustaqil fikrlashini doimo rag‘batlantirib, ular 
ruhiyatini hisobga oladi. Qobiliyatli pedagog o‘quvchilarning bilim va kamolot 
darajasini hisobga oladi, ularning nimani bilishlari va hali nimani o‘rganishlari 
lozimligini tasavvur etadi. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi empatiyaga moyil 
(o‘zini o‘quvchining o‘rniga qo‘ya oladigan) bo‘lib, taqdim qilinayotgan o‘quv 
Pedagogik
qobiliyat turlari
bilish
Тушунтира 
олиш 
kuzatuvchanli
k
nutq 
tashkilotchilik
obru orttira 
olish 
to`g`ri 
muomala 
qilish 
kеlajakni 
ko`ra bilish 
diqqatni 
taqsimlay 
olish


335 
materialini idrok qilishda tahsil oluvchining yoshini ham inobatga olishni biladi, 
chunki katta yoshdagilarga aniq va ravshan bo‘lgan narsa kichik yoshdagilarga 
tushunarsiz va mavhum bo‘lishi mumkinligini inobatga oladi. Qobiliyatli 
o‘qituvchi o‘quv materialini bayon etish jarayonida o‘quvchilar tomonidan bilim 
o‘zlashtirish qanday kechayotganligini qator belgilar asosida aniqlaydi va zarurat 
tug‘ilganda bayon qilish usulini o‘zgartiradi. 
O‘qituvchining kuzatuvchanlik qobiliyati - o‘qituvchining tahsil 
oluvchilar ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o‘quvchi shaxsini va uning 
vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog‘liq bo‘lgan 
psixologik kuzatuvchanlikdir. Qobiliyatli o‘qituvchi uncha katta bo‘lmagan tashqi 
ko‘rinishlar asosida o‘quvchining ichki holatidagi juda arzimagan o‘zgarishlarni 
ham fahmlab oladi. O‘quvchilarning kayfiyati, ularning darsga tayyorgarlik 
darajasini aniqlay oladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling