Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


O‘qituvchining obro‘ orttira olish qobiliyati


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet197/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

O‘qituvchining obro‘ orttira olish qobiliyati – o‘z fanining chuqur 
bilimdoni, dunyoqarashi keng, mohir pedagog sifatida o‘quvchilarga bevosita 
ruhiy, emotsional- irodaviy ta'sir ko‘rsata olish mahoratidir. O‘qituvchi o‘z 
obro‘sini qat'iyatliligi, jonkuyarligi, o‘z ishining fidoiysi, mehribonligi, 
pedagogik nazokati, yuqori ma'naviy-axloqiy sifatlarga egaligi bilan ham 
qozonadi. Avtoritar qobiliyatlar o‘qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir irodaviy 
sifatlari (eruditsiya, dadillik, chidamlilik, odillik, qat'iylik, talabchanlik, 
empatiyaga moyillik va boshqalar)ga ham bog‘liq. 
O‘qituvchining kommunikativ qobiliyati – tevarak-atrofdagilar bilan 
muloqatga kirishuvchanlik, shirinso‘xanlik, to‘g‘ri muomala qila bilish, bolalar 
qalbiga yo‘l topib, ularga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan 
juda samarali o‘zaro munosabat o‘rnata bilishdir. Pedagogik nazokat va 


337 
kommunikativ qobiliyatga ega bo‘lmagan o‘qituvchi bolalar qalbiga yo‘l topishi 
o‘ta mushkuldir. 
O‘qituvchining bashoratchilik (istiqbolni ko‘ra bilish) qobiliyati – 
rejalashtirilgan ta'lim-tarbiya jarayonidan kutiladigan natijani oldindan bilish
tarbiyalanuvchining kelajakda qanday odam bo‘lishi haqidagi tasavvur bilan 
bog‘liq bo‘lgan shaxsni tarbiyalab yetishtirishda, o‘quvchi shaxsining qanday 
fazilatlarini taraqqiy etishini bashorat eta olishda ifodalanadigan mahoratdir. Bu 
qobiliyat pedagogik optimizm (kelajakka ishonch), tarbiya qudrati, insonga 
inonish bilan bog‘liq bo‘ladi. 
O‘qituvchining diqqatni taqsimlash qobiliyati – ta'lim-tarbiya jarayonida 
o‘qituvchi tomonidan diqqatning barcha tarkibiy tuzilmalari: hajmi, uzoq va 
yaqin muddatliligi, kuchi, kuchuvchanligining idora qilish va pedagogik 
faoliyatning bir qancha turlari o‘rtasida taqsimlash mahoratidir. Tajribali 
o‘qituvchi o‘quv materialini taqdim qilar ekan, dars maqsadi, mazmuni, shakli, 
vaqt taqsimlanishi, o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirish darajasini e'tibordan 
chetda qoldirmaydi va ayni paytda ularning mashg‘ulot mobaynidagi ruhiy holati 
(toliqish, loqaydlik, e'tiborsizlik, tushkunlik alomatlari)ni hushyorlik bilan kuzatib 
boradi. Tajribasiz o‘qituvchi ayrim hollarda o‘quv materialini bayon qilishga 
berilib, o‘quvchilarning darsdagi holati (intizomi, ruhiyati)ni diqqat- e'tiboridan 
chetda qoldiradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling