Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet193/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Qobiliyat – shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli bajarishga 
bo‘lgan layoqat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida hosil qilingan 
individual xususiyatlari yig‘indisidir. Qobiliyatning shakllanishi va rivojlanishida 
shaxsning tug‘ma iste'dod nishonalari, yashash sharoiti, ta'lim-tarbiya, ayniqsa, 
uning faolligi muhim ahamiyatga ega. Qobiliyat bilim, ko‘nikma va malakalarga 
asoslanadi. Qobiliyatning eng yuqori darajasi talantdir. 
Bilim orttirishdagi muvaffaqiyatning o‘zi bilan qobiliyatni aniqlab 
bo‘lmaydi. Insonning qobiliyatlari bilim va ko‘nikmalarni egallash uchun 
imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi. Bilim va ko‘nikmalar egallanishi sharoitlarga 
bog‘liqdir. Bolada namoyon bo‘lgan musiqa qobiliyati uning musiqachi bo‘lib 
yetishishiga kafolot bo‘la olmaydi. Bolaning musiqachi bo‘lishi uchun unga 
maxsus ta'lim berilishi, qat'iyatlilik, sabr kabi sifatlarni singdirilishi, salomat 
bo‘lishi, musiqa asboblarining mavjudligi va boshqa bir qator sharoitlarga bog‘liq 
bo‘ladi. Bularsiz qobiliyat taraqqiy etmay, so‘nib ketishi ham mumkin. 
O‘quvchida hali zaruriy ko‘nikma va malakalar tizimi, mustahkam bilimlar tarkib 
topmasdan, unda qaobiliyatlar yo‘q, deb xulosa chiqarish ham mumkin emas. 
Bolalik 
paytida 
ma'lum 
qobiliyatlarning 
atrofdagilar 
tomonidan 
tan 
olinmaganligi, keyinchalik shu qobiliyat tufayli shon-shuhrat topgan odamlar 
ham bor. 
Agar shaxsning ma'lum sifatlari yig‘indisi odamning pedagogik jihatdan 
asoslab berilgan vaqt oralig‘ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, demak 
unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati bor, deb xulosa chiqarishga asos 


333 
bo‘ladi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo‘ladi. Qobiliyatlar 
taraqqiyotining yuksak bosqichiga iste'dod deb qaraladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling