Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet192/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

 
 
 
 
 
 
 


331 
16-§. O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK QOBILIYAT
 
REJA: 
1.Qobiliyatning pedagogik-psixologik tavsifi 
2. Pedagogik qobiliyatning asosiy turlari 
3.O‘qituvchining nutq qobiliyati. Pedagogik texnika 
 
Tayanch tushunchalar: qobiliyatlar, tarkib, psixik sifatlar, pedagogik faoliyat, 
o‘qituvchi mahorati, shaxsning aqliy, emotsional - irodaviy tomonlari, ta'lim 
sub'ektlari, kompetensiyalar.
 
Qobiliyatning psixologik tavsifi. Mamlakatimizda o‘quvchi-yoshlarga 
ta'lim va tarbiya berish, barkamol avlodni voyaga yetkazish davlat siyosatining 
eng asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu sohada yoshlarning qobiliyatlari, 
o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun barcha 
imkoniyatlar yaratilib, yuksak salohiyatli, jismonan, ruhan va ma'nan yetuk 
insonlar etib tarbiyalashning yaxlit mexanizmlari shakllantirilmoqda. 
Ma'lumki, XX asrning so‘nggi Sammiti hisoblangan BMT Bosh 
Assambleyasining 2000 yilgi sessiyasida yangi mingyillikning Deklaratsiyasi 
qabul qilinib, unda insoniyat oldida turgan eng asosiy muammolar sirasida 
fuqarolarning ta'lim olishlarini kafolatlash vazifasi ham ko‘rib chiqildi. Jahon 
 “Ўқитувчи ҳамиш адолатпарвар, виждонли
пок бўлмоғи лозим. Инсоннинг моҳияти 
виждонидан билинур. Адолатли инсонни 
доим виждон ҳаракатга келтириб туради”.
Абдулла Авлоний 


332 
miqyosida savodsizlar soni 1 milliarddan oshayotgan bugungi kunda 
O‘zbekistonda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta'limini rivojlantirish 
Davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetdi. Yoshlarga 
umumiy ta'lim bilan birga, zamonaviy kasb-hunarlarga ega bo‘lish, oliy ta'lim 
olish imkoniyatlari kengaydi. Shu jihatdan olganda mamlakatimizda ta'lim 
olayotgan har bir yoshning qobiliyati, iqtidori va iste'dodini ruyobga chiqarish 
vazifasi belgilab olingan.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling