Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Umumiy pedagogika oquv qollanma2
HОZIRGI KUN O’QITUVCHISI:
pеdаgоgik fаоliyatgа qоbiliyatli, ijоdkоr, ishbilаrmоn; milliy mаdаniyat vа umuminsоniy qаdriyatlаrni, dunyoviy bilimlаrni mukаmmаl egаllаgаn, diniy ilmlаrdаn hаm хаbаrdоr, mа’nаviy bаrkаmоl; O’zbеkistоnning mustаqil dаvlаt sifаtidа tаrаqqiy etishigа ishоnаdigаn, vаtаnpаrvаrlik burchini to’g’ri аnglаgаn, e’tiqоdli fuqаrо; iхtisоsgа dоir bilimlаrni, psiхоlоgik, pеdаgоgik bilim vа mаhоrаtni, shuningdеk nаzаriy ilmlаrni mukаmmаl egаllаgаn; o’qituvchilik kаsbini vа bоlаlаrni yaхshi ko’rаdigаn, hаr bir o’quvchi ulg’аyib, yaхshi оdаm bo’lishigа chin ko’ngildаn ishоnаdigаn, ulаrning shахs sifаtidа rivоjlаnib, insоn sifаtidа kаmоl tоpishigа ko’mаklаshаdigаn; erkin vа ijоdiy fikrlаy оlаdigаn, tаlаbchаn, аdоlаtli, оdоbli bo’lmоg’i dаrkоr. 324 tanlovlar ana shu yutuqlar mezoni sifatida namoyon bo‘lmoqda. Maktablarda “metodist- o‘qituvchi”, “katta o‘qituvchi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi a'lochisi” unvonlariga sazovor bo‘lgan o‘qituvchilar soni ko‘paymoqda.“O‘qituvchi va murabbiylar kuni” arafasida yuzlab ta'lim fidoyilariga davlatimizning eng mo‘tabar mukofotlari topshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarining ko‘pligi ham mamlakatimizda ilm—fan va ta'lim-tarbiyaga e'tiborning naqadar yuksakligini ko‘rsatadi. Ular jumlasiga «O‘zbekiston qaxramoni», «O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi o‘qituvchisi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi», «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta'limi xodimi», kabi unvonlarni ko‘rsatish mumkin. O‘qituvchilar safidan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ko‘maklashish, iqtidorli, yoshlarni aniqlash, ularning iqtidori, kasbiy malakasini yuksaltirish, rivojlangan demokratik davlatlarning yetuk o‘quv yurtlarida va markazlarida tajriba orttirish maqsadida tuzilgan ushbu jamg‘arma keyinchalik “El-yurt xizmati ” jamg‘armasi nomi bilan o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Bu g‘amxo‘rliklarga sabab, xalqimiz, millatimiz kelajagi ko‘p jihatdan o‘qituvchi, uning saviyasi, fidoyiligiga bog‘liqligi bilan belgilanadi. Ma'lumki, har bir o‘sib kelayotgan shaxs o‘z xulq atvoriga, xarakteriga ega. Tarbiyada ana shu xususiyatlarni hisobga olish kerak. Bunda insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligini o‘zida aks ettiruvchi maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlar ana shunday xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim. O‘qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari o‘qituvchining kasbiy tizilmasida ifodalanadi. Bular: 1) maxsus tayyorgarlik hajmi va mazmuni; 2)o‘qituvchining ruhiy pedagogik tayyorgarligiga quyiladigan talablar; 3) o‘qituvchi shaxsining xususiyatlari; 4) ixtisosga oid umumiy tayyorgarlik mazmuni. 325 Demak, zamonaviy o‘qituvchi shaxsining xususiyatlari quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling