Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


O‘qituvchi kasbi va uning jamiyatda tutgan o‘rni


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet187/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

3.O‘qituvchi kasbi va uning jamiyatda tutgan o‘rni. O‘qituvchilik inson 
jamiyati tarixi boshlangandan e'tiboran davom etib kelingan kasbdir. XX1 asrda 
o‘qituvchi - tarbiyachi faoliyati, mahorati, ustoz - shogirdlik munosabatlari 
uyg‘unlashib borayotgan bir pallada kishilik jamiyatining dastlabki bosqichlarida 
ustoz – o‘qituvchi, tarbiyachining jamiyatda tutgan o‘rnini tasavur etish qiyin.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasida 
“Tegishli ma'lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega 
bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega"
47
- deb 
ta'kidlanadi. Demak, jamiyatda sog‘lom fikrlovchi har tomonlama yetuk 
shaxslarni voyaga yetkazishda o‘qituvchi-ustozlar kasbiy mahoratga ega, ko‘p 
qirrali faoliyati va qobiliyati bilan o‘rnak bo‘la oladigan, ijodkor va fidoiy 
inson bo‘lishlari kerak. Zero, shoir aytganlaridek: 
Muallim haqida so‘zim ushbudir: 
Muallim kamolot ichra ko‘zgudir. 
O‘qidim Gerodot, tarixni ko‘p bor, 
Farobiy, Danteni takror va takror. 
Barini o‘qidim, lol qoldi aqlim, 
Bariga ustozsan o‘zing, muallim. 
Alisher qalbiga solgan sehr-fayz 
Sensan, ey muallim, ustoz Abul-Lays. 
2
2
Абдулла Авлоний. Устози аввалга кириш сўзи.- Тошкент. Қулёзмалар----- 
2
2
Ўзбекистон Республикасининг Таълим тўғрисидаги Қонуни. 5-модда. – Тошкент, 1997.-7-б. 


323 
Qutlug‘ xonadonda qutlug‘ kalom bu, 
Hamid Olimjon bu, G‘afur g‘ulom bu. 
Buyuk Temur sendan topgandir ta'lim. 
Sen shundoq, aziz zot, aziz muallim. 
Mustaqil O‘zbekistonimizda o‘qituvchilik kasbiga hurmat e'tibor va uni 
sharaflash beqiyosdir, shu bilan birga ustozlar oldiga qo‘yiladigan mas'uliyat 
ham katta. 
O‘zbekistonda «1 – Oktyabr- “O‘qituvchi va murabbiylar kuni» deb e'lon 
qilinib, uni butun respublikamiz aholisi umumxalq shodiyonasi sifatida bayram 
qiladi. Hozirgi kunda o‘zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o‘qitish va 
tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo‘shayotgan ijodkor o‘qituvchilar soni 
yil sayin ortib bormoqda. Mohir o‘qituvchilarni aniqlash uchun o‘tkazilayotgan 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling