Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet196/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

O‘qituvchining nutq qobiliyati - nutq yordamida, shuningdek imo - 
ishoralar vositasida o‘z fikr va tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash 
qobiliyatidir. O‘qituvchi nutqidagi ravonlik, o‘z fikrini aniq ifoda etish 
o‘qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir. Darsda o‘qituvchi nutqi hamisha 
o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. 
Fikrlar ifodasi o‘quvchilar uchun aniq, 
sodda, ravon, tushunarli bo‘lishi shart. O‘qituvchining bayoni o‘quvchilar fikri va 
diqqatini maksimal darajada faollashtirishga qaratiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarni 
faollashtirish va diqqatini jamlash maqsadida muayyan so‘z va iboralar qo‘llaydi. 
O‘qituvchi uzundan uzoq jumlalar, murakkab so‘z birikmalari, qiyin, tumtoq 
iboralarni qo‘llashdan qochishi lozim. O‘rinli yumor, hazil-mutoyiba, yengilgina 
istehzo nutqni jonlantiradi, bu nutqni o‘quvchilar yaxshi qabul qiladilar. 
O‘qituvchining nutqi aniq, jonli, emotsional - obrazli, talaffuzi jihatidan 
erkin ifodali, his - hayajonli bo‘lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar 
uchramasligi lozim. Bir maromdagi cho‘ziq, zeriktiradigan nutq o‘quvchilarni tez 
charchatadi, ularni lanj, loqayd qilib, fanga bo‘lgan qiziqishi so‘nadi. O‘quvchi 
o‘zatilayotgan axborotni yaxshi qabul qilishi uchun o‘rtacha, jonli nutq samarali 


336 
natija beradi. Haddan tashqari keskin va baland tovushdagi nutq o‘quvchilar 
asabiga tegadi, ularni toliqtiradi.
O‘qituvchi yangi mavzuni tushuntirayotgan, o‘quvchilar javobini tahlil 
qilayotgan, ma'qullayotgan yoki qoralayotgan paytda ham uning nutqi hamisha 
o‘zining ichki kuchi, ishonchi, o‘zi gapirayotgan narsaga qiziqayotganligi bilan 
ajralib turishi lozim. 
O‘qituvchining tashkilotchilik qobiliyati - o‘quvchilar jamoasini 
jipslashtirish, ular ishiga rahbarlik qilish, muhim vazifalarni bajarishda 
ruhlantirish, ta'lim-tarbiyani oqilona tashkil etishni nazarda tutadi. 
O‘qituvchi reja asosida ta'lim-tarbiyani tashkil etib, belgilangan vazifalar 
qay darajada bajarilganini nazorat qilishi, vaqtdan unumli foydalanib, uni oqilona 
taqsimlay olishi, o‘quvchilar tomonidan bilimlarning o‘zlashtirilishini monitoring 
qilishi pedagogik jarayonning samarali kechishiga zamin yaratadi. 
Pedagogik vaziyatdan kelib chiqib, dars davomida ortiqcha vaqt sarflash 
holati sodir bo‘lishi mumkin, ammo tajribali o‘qituvchi bunday hollarda darsning 
rejasini samarali o‘zgartira oladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling