Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Nutqsiz kommunikatsiya vositalari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet204/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Nutqsiz kommunikatsiya vositalari 
qo`l, barmoq va yuz harakatlari, imo-
ishora; 
ohang, puaza turq-tarovat; 
kulgi; 
ko`z yoshi i va shu kabilar 


349 
Nutqsiz kommunikatsiyada qo‘llanilayotgan vositalarning axborotni so‘z 
bilan yetkazish maqsadlariga va mazmuniga muvofiqligi munosabat madaniyatini 
tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Ayni paytda nutqsiz kommunikatsiya – imo-
ishora, pantomimika, nutqning ohangdagi rang-barangligi kabilar asosida ham 
rivojlanishi mumkin. 
Ma'lumki, bo‘lajak o‘qituvchilar nazariy bilimlarni egallash bilan birga 
amaliy malaka va ko‘nikmalarni ham egallashlari zarur. Demak, pedagogik, 
psixologik bilimlar asosida o‘quvchilarning ilmiy bilim, malaka va ko‘nikmalarni 
o‘zlashtirishini ta'minlash, darsni loyihalashtirish, tarbiyaviy ishlarni 
rejalashtirish, o‘quvchilarning individual, jamoa, sinfdan va maktabdan tashqari 
ishlarini tashkil qila olish, sport bilan shug‘ullanish, sayohat uyushtirish va ularga 
rahbarlik qilish, ota-onalar, jamoatchilik o‘rtasida olib boriladigan tadbirlarga 
rahbarlik qilish, va boshqa tarbiyaviy malaka hamda ko‘nikmalarni olib 
borishlaridan iboratdir. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarda kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish va 
rivojlantirish pedagoglik kasbiga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan davrdan 
boshlanadi. 
O‘quvchilarning yangi o‘quv materialini tushunib va o‘zlashtirib olishlari 
uchun o‘qituvchi nutqining takomillashganlik darajasi muhim ahamiyatga egadir. 
Bolalar pedagogning nutqiy ma'lumotlariga sezgir bo‘ladir. Nutq insonning 
ongida paydo bo‘lgan fikrning nutq tovushlariga til yordamida ko‘chishi ekan, u 
ta'sirli yoki ta'sirsiz, grammatik jihatdan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi 
mumkin. 
Pedagog bitta so‘zning o‘zini o‘quvchiga goho buyruq, goho iltimos, goho 
nasihat va boshqa ma'no baxsh etgan xilda, turli ohangda talaffuz eta bilishi 
kerak. Kommunikatsiya jarayonida teskari aloqalar shakllanadi, ya'ni bola 
hamsuhbatining yuzlaridagi ifodani o‘qishga, uning ohangida ma'qullash yoki 
ma'qullamaslik alomatini payqashga, katta yoshdagi kishining so‘zlariga ilova 


350 
bo‘ladigan va kuchaytiradigan qo‘l - barmoqlari va yuz - harakatining ma'nosini 
tushunishga o‘rganadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling