Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet202/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

TEXNIKASI VA MADANIYATI. 
 
 
 
 
 
Muloqatga kirishish, aloqa o‘rnatish (kommunikatsiya) tushunchasi. 
O‘qituvchining kommunikativ – aloqa o‘rnatish qobiliyati pedagogning muhim
qobiliyatlari jumlasidandir.O‘qituvchi o‘quvchilarga biron -bir narsani o‘rgata 
olishi uchun ular bilan munosabatga kirishishi shart.
Munosabat -insonlar o‘rtasidagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan 
ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, axborot almashinuvini ta'minlaydi. Munosabat nutq, 
imo-ishora, jest, mimika, xatti-harakat va h.k. lar asosida amalga oshiriladi.
Munosabatga kirishuvchilar bir - birlarini idrok eta olishlari taqoza etiladi. 
Yagona munosabat jarayonida: kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv 
REJA: 
1. Muloqatga kirishish, aloqa o‘rnatish (kommunikatsiya) tushunchasi 
2. Nutq texnikasi va madaniyati. Muloqotda ishontirish, ta'sir etish 
usullaridan foydalanish. 
3.O‘qituvchining o‘zgalar holatini tushuna olish, empatiya(hamdardlik)ga 
moyilligi


345 
(hamkorlikdagi harakat) va perseptiv (hamkorlikda idrok etish) jihatlarni alohida 
ko‘rsatish mumkin. Kishi birgalikda faoliyat ko‘rsatayotganda zaruriyatga ko‘ra 
boshqa odamlar bilan birlashishi, ular bilan muomalaga kirishi, ya'ni aloqa 
o‘rnatishi, o‘zaro hamjihatlilikka erishishi, kerakli axborot olishi va javob 
tariqasida axborot berishi lozim. Muloqot mobaynida til aloqa vazifasini bajaradi. 
“Kommunikatsiya” - ijtimoiy ma'noga ega bo‘lgan tushunchadir. 
Kommunikatsiya inson tafakkurida paydo bo‘lgan tushuncha, axborotni boshqa 
insonlarga yetkazib berishdir. Axborot o‘zatayotgan shaxs- kommunikator
axborotlarni qabul qilayotgan kishi retsient deb ataladi. 
O‘qituvchining tahsil oluvchilar ko‘ngliga yo‘l topishi uning muloqatga 
kirishuvchanligiga bog‘liq. Shaxsning kommunikativ qobiliyatlarini hosil 
qiluvchi xususiyatlar orasida yetakchi va yordamchi vazifalarni o‘taydiganlari 
mavjud. Birinchi navbatda perseptiv, ya'ni idrok qilishga hamisha ta'lluqli bo‘lgan 
xususiyatlar (ulardan eng muhimi kuzatuvchanlikdir) yetakchi o‘rin egallaydi. 
Barcha insonlar kommunikatsiya jarayonida ishtirok etishadi, ammo ulardagi 
hayotiy tajriba, bilim, ko‘nikma va malakalar turlicha bo‘lganligi bois, ularning 
muloqatga kirishuvchanligi ham turlicha bo‘lishi kuzatiladi. O‘qituvchining 
kommunikativ qobiliyati, uning mahoratli ekanligidan dalolat beradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling