Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet210/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Ezoterik paradigm- «sirli», «yashirin» ma’nolarini bildiradi. Uning mohiyatini 
abadiy va o‘zgarmas Haqiqatga munosabat tashkil etadi. Ushbu paradigma 
tarafdorlarining fikricha, haqiqatni shunchaki bilish mumkin emas, unga vijdon 
pokligi orqali erishish mumkin. Individuallik deganda shaxs ruhiy 
xususiyatlarining qaytarilmaydigan birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga 
xarakter, temperament, ruhiy jarayonlarning o'tib borish xususiyatlari, 
hissiyotlar, faoliyat motivlari, tarkib topgan qobiliyatlar kiradi. 
Ilmiy-texnik, 
texnokratik 
paradigma 
amaliyotdagi jarayonlarni 
takomillashtirish uchun zaruriy «aniq» ilmiy bilimlarni uzatish va o‘zlashtirish 
 Dars – ta’limni tashkil etishning asosiy shakli. Dars bevosita o‘qituvchi 
rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan 
olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir 
o‘quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o‘quvchilarning mashg‘ulot 
jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish 
qobiliyatlari va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish 
uchun qulay sharoitlar yaratiladi. 
Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o‘rgatuvchi», didasko 
«o‘rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, qonun 
va qonuniyatlari, tamoyillari,o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyati, ta’limning 
maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini 
takomillashtirish yo‘llari kabi masalalarni tadqiq etadi.
Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish 
asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini 
rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o‘yin ham ijtimoiy faoliyat 
ko‘rinishi sanaladi. 
Metod - yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod – 
eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan 
faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil 
etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi.


362 
Ko‘nikma – malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatning ayrim 
qismlarini nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda bajarilish 
qobiliyatini ifodalaydi va o‘quvchi – talabalarda ko‘p marotaba takrorlanadigan 
mashqlar natijasida yuzaga keladigan harakatlar yig‘indisidir. 
Layf couching- (ingliz tilida: life- hayot, ouching-rejalashtirish) ta'lim-
tarbiya jarayoni ishtirokchilarining faoliyatini to‘g‘ri rejalashtiradigan 
mutaxassis. Ma'lumki, o‘qituvchi pedagogik jarayonni rejalashtiruvchisi
boshqaruvchisi hamda yo‘naltiruvchisi hisoblanadi. Uning kasbiy, shaxsiy 
faoliyatini uyg‘unlikda olib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi 
guruh, sinfdagi o‘quvchilarga ta'lim va tarbiya berar ekan, shu bilan birgalikda 
jamiyat a'zosi bo‘lgan o‘z farzandlarini ham tarbiyalovchi ota-ona sifatida 
namoyon bo‘ladi. Demak, o‘z ish joyidagi faoliyati bilan birgalikda, oiladagi, 
jamoadagi ishlarini uyg‘unlikda olib borish uchun kun tartibini to‘g‘ri 
rejalashtirib olishga zarurat tug‘iladi. Shunday paytda o‘qituvchiga layf kouching 
yordam beradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling