Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet211/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Laboratoriya ishlari o‘quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda 
turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o‘tkazish metodlari 
bo‘lib, ular ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu metod 
o‘quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko‘rish, o‘lchash ishlarini amalga 
oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko‘nikmalarini tezkor 
shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va 
jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor 
holatga keltirishni talab etadi.
Malaka – tahsil oluvchilarning bilim egallash va mehnat jarayonidagi 
harakatini (yoki harakatlar majmuasini) muayyan sharoitda maqsadga muvofiq 
shakllantirish va shu orqali o‘qishda va mehnat faoliyatida ijobiy natijalarga 
erishib, ongli bajarishga tayyor bo‘lishdir.Iqtidor va ko‘nikma mashq qilish va 
takrorlash orqali malakaga aylanadi. Turli malakalardan ishonchli, ijodiy 


363 
foydalanish hamda kasbiy malakalar rivojlanishining yuqori darajasi va kasbiy 
ta'limning mutloq ko‘rinishi mahorat bilan belgilanadi.
 Mahorat –murakkab ishni tez, aniq bajarishning yengilligi, mehnatning 
yuqori sifati va barqaror maromidir. 
Ma'lumot - ta'lim - tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil 
qilingan ko'n ikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir. 
Insonning shaxs sifatida shakllanishi, tarbiyalanishi va ta'lim olishi pedagogik 
jarayonda sodir bo‘ladi.
Ma’ruza – yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi.
Mashq – aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini 
egallash yo‘lidagi ko‘p marta takrorlanishlar bo‘lib, mashqsiz ko‘nikma hamda 
malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og‘zaki, yozma, gradikaviy 
(texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa 
turlarga bo‘linadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling