Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet207/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR: 
 
1- topshiriq:. Insonning kommunikativ imkoniyatlarini aniqlashga oid
testlar tuzing va ularni yeching. 
2- topshiriq: O‘zingizda ishontirish qobiliyatini o‘stirish uchun quyidagi
maslahatlarga amal qiling: 
a) axborotingiz aniq mantiqqa ega bo‘lishi, qiziqarli, tushunarli va
talab darajasigi mos bo‘lishi; b) ta'sir etish shakli-ta'sir etish texnikasiga mos 
bo‘lishi, hissiyotlarga boy, muhim fiklarga o‘ta ishonch qozonishni ta'minlash; v) 
sizning obro‘ga ega ekanligingiz o‘quvchilarning yosh davrlari va ruhiy 
xususiyatlar va hokazolar bo‘lishi mumkin. Ishontirish va uqtirishning bu
qismlarini alohida ajrating va bo‘sh paytlaringizda ularni (gavda holati, mantiq, 
yuz muskullari ifodasi, so‘zning ifodaliligi) bir necha marta takrorlab, yanada 
mustahkamlang. 
b) Aniq bir davr ichida, qaysi hollarda o‘qituvchining so‘zi, iltimosi,
talabi, tilaklarini o‘quvchilar rad etmasdan, e'tirozsiz qabul qiladilar. Buning
sabablarini aniqlashga harakat qiling. Bunday shakllarni ko‘zgu ro‘parasida va 
magnit (video) tasmalaridagi yozuvlar yordamida bajarish yaxshi natija beradi. 
Bunda siz o‘z hatti-harakatlaringizni ko‘rish va eshitish orqali nazorat 
qilish imkoniyatlariga ega bo‘lasiz. O‘z ustingizda ishlar ekansiz o‘z 
faoliyatingizni tajribali o‘qituvchilarning ta'sir etish texnikasi va mantig‘i bilan


358 
taqqoslab ko‘ring. O‘zingiz uchun mos keladigan, eng samaralilarini ajratib 
olishga harakat qiling. 
v) O‘qituvchi muvaffaqiyatga erisha olmagan holatlarni ham tahlil 
qiling. Uning sabablarini aniqlang. Ijobiy natijaga erisha olmagan o‘zaro ta'sir 
etish hollardagi kamchiliklarini bartaraf qilishga intiling. 
g) Darsga tayyogarlik ko‘rishda uning qaysi bosqichida o‘quvchilar
ongiga, qaysi bosqichlarida esa ularning sezgisiga ko‘proq ta'sir zarurligini 
aniqlang. Birinchi holda mantiqiy isbotlashning kengaytirilgan rejasini
tuzing. Ikkinchi holda esa uqtirishning qanday turlaridan va uni ta'sirchanligini
oshiruvchi qanday vositalarni qo‘llashingizni aniqlang. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling