I bob. Molekulyar biologiyaga oid masalalari va ularning yechimlari
Download 0.59 Mb.
|
masala mashq uslubiy qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB . Energiya va moddalar almashinuviga doir masalalalar va ularning yechimlari 1.
I BOB. Molekulyar biologiyaga oid masalalari va ularning yechimlari 1. RNK zanjirini sintezlanishiga doir. 2. RNK zanjirini uzunligi va uning tarkibidagi nukleotidlarni miqdorini aniqlash. 3. RNK molekulasi uzunligi, nukleotidlar soni, vodorod bog’larni aniqlashga doir masalalar. DNK molekulasidan sintez qilinadigan aminokislotalarni va genetik kod sonini aniqlashga doir masalalar . 4. Oqsilning molekulyar massasini, peptid bog’lar sonini aniqlashga doir masalalar II BOB . Energiya va moddalar almashinuviga doir masalalalar va ularning yechimlari 1. Energiya va moddalar almashinuviga doir nazariy ma’lumotlar 2. O’simlik hujayrasida plastik va energetik almashinuv xususiyatlari. Fotosintez 3. To’liq va chala parchalanishga oid masalalar 4. Uch bosqichli masalalar III BOB. Organizmlarning ko’payishi 1. O’simliklardagi gametogenez jarayoni va urug’lanishga oid masalalar 2. Blostomerlarni hosil bo’lishiga doir nasalalar IRSIYATNING MOLEKULYAR ASOSLARI Genlarda oqsil molekulasining birlamchi tuzilishi to‘g‘risida irsiy axborot bor degan g‘oya dastlab F.Krik tomonidan ilgari surilgan. Bu g’oyaga binoan gendagi nukleotidlar izchilligiga kо‘rа oqsil tarkibida aminokislotalar joylanishi tartibi amalga oshadi. Oqsil tarkibida 20 xil aminokislota bor. DNKdagi nukleotidlar atigi to‘rt xil. Mabodo bir nukleotid bir aminokislotani oqsil tarkibiga kiritishda qatnashadi deb faraz qilsak, unda oqsil tarkibi 4 xil aminokislotadan tashkil topib 16 tasi chetda qolar edi. Agar ikki nukleotid kombinatsiyasi aminokislotalari oqsil tarkibiga kiritadi deb o‘ylasak, u holda oqsil molekulasi 16 xil aminokislotadan iborat bo‘lar, 4 aminokislota chetda qolar edi. Shunga kо‘ra bir aminokislota polipeptid zanjiriga uchta nukleotid kombinatsiyasi orqali kiritiladi deb o‘ylaylik. U holda 43=64 aminokislota polipeptid tarkibidan o‘rin olgan bo‘lar edi. Lekin oqsil tarkibidagi aminokislotalar yuqorida qayd etilganidek atigi 20 xil. Modomiki shunday ekan, u holda bir aminokislota bittadan ortiq triplet yordamida oqsil tarkibiga kiritiladi deb faraz qilamiz. Oqsil molekulasining sintezida DNKning o‘zi bevosita ishtirok etmaydi, chunki u yadro tarkibida, oqsil esa sitoplazmadagi ribosomalarda sintezlanadi. Odatda oqsil strukturasi haqidagi axborot DNKda bo’ladi va saqlanadi. DNK dagi oqsil biosintezi tog‘risidagi axborotni RNK sintetaza fermenti iRNKga ko‘chiradi, hosil bo’lgan iRNKlar esa ribosomalarga yo‘naladi. Jami kodlar soni 64 ta bo’lib, 20 xil aminokislotalardan ikkitasini kodi 1 tadan, qolgan 18 tasini kodi 2, 3, 4, 6 tadan bo’lishi mumkin. 5 ta kodonga ega bo’lgan aminokislota uchramaydi. Metionin va triptofan - 1 ta; Fenilalanin, tirozin, gistidin, glitsin, lizin, sistein, serin - 2 ta; Izoleysin - 3 ta; Valin, serin, prolin, treonin, alanin, asparagin - 4 ta; Leysin, glutamin, arginin - 6 ta; Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling