Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet209/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


360 
GLOSSARIY 
 
 
Aniqlik - tadqiqotning barcha muolajalari uchun tegishlidir: pedagogik 
hodisa va jarayonlarni kuzatish va qayd etish; fikrlar tahlili va umumlashmasi
turli manbalaridan olingan ilmiy axborotlardan foydalanish. 
Axborot — manbalar va taqdim etilish shaklidan qat'iy nazar shaxslar, 
predmetlar, faktlar, voqyealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar. 
Amaliy metod – o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar echimini topishga 
yo‘naltirilgan jarayonda qo‘llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni 
amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy 
sharoitlar – maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga 
oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchi 
tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma yoki maxsus 
ko‘rsatmani o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi. 
Blog - tarkibi matn, tasvir va multimedia ma'lumotlaridan iborat bo‘lgan 
doimiy ravishda qo‘shilib turiladigan ma'lumotlar yoki izohlardan iborat bo‘lgan 
sayt. Bloglar odatda u yoki bu material veb sahifasi tarkibida mavjud bo‘lib, 
materialga berilgan izohlarni o‘zida mo‘jassamlaydi. 
Valeologiya - salomatlik yoki qanday qilib sog‘lom bo‘lishni o’rganuvchi
pedagogikadagi tarmoq fan. 
Viki – bu saytning o‘zi tomonidan taqdim etiladigan uskunalar yordamida 
uning tuzilmasini va tarkibini foydalanuvchilar o‘zgartira olish imkoniga ega 
bo‘lgan veb sayt. 
Veb kamera alohida qurilma bo‘lib, u kompyuter vositasiga ulanadi va 
Internet tarmog‘i orqali muloqotlarda ishlatiladi. Veb kameradan foydalanish va u 
orqali muloqot qilish uchun Internet tarmog‘i ulangan bo‘lishi hamda har bir 
foydalanuvchi kompyuterida veb kamera qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi shart. 


361 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling