Reja: Matn tushunchasi. Matn turlari va tuzilishi. Matn tarkibi. Matn tushunchasi


Download 68.09 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi68.09 Kb.
#1611706
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Inomjonova Nargiza mustaqil ish 2

Reja:

  • Matn tushunchasi.
  • Matn turlari va tuzilishi.
  • Matn tarkibi.

Matn tushunchasi.

Matn (lotincha: textus — mato; birikma) — maʼlum moddiy tashuvchiga bog‘langan inson fikri; belgilarning umumiy izchil va to‘liq ketma-ketligi.

„Matn“ tushunchasining ikkita asosiy talqini mavjud: immanent (kengaytirilgan, falsafiy qarashlarga yo‘g‘rilgan) va reprezentativ (asosan, xususiy munosabat aks etgan). Immanent yondashuv matnda voqelikka xolis munosabat bildirib, uning ichki tuzilishini uchinchi shaxs tomonidan yoritishga e‘tibor qaratishni nazarda tutadi. Reprezentativ yondoshuv esa, matnni tashqi voqelik haqidagi maʼlumotni taqdim etishning maxsus shakli sifatida ko‘rib chiqishni anglatadi

Boshqa tomondan qaralganda ma’lum bir shaxs tomonidan ayrim voqea-hodisa, narsa-buyumning izchil tasviri va tavsifi uchun tuzilgan gaplar sirasi matn deyiladi.

Boshqa tomondan qaralganda ma’lum bir shaxs tomonidan ayrim voqea-hodisa, narsa-buyumning izchil tasviri va tavsifi uchun tuzilgan gaplar sirasi matn deyiladi.

Matn tuzilishi 2 xil bo‘lib, ular mikromatn va makromatndir.

Bir necha gaplarning o‘zaro Grammatik va mazmuniy bog‘lanishi dan tashkil topgan, mazmuniy yaxlitlik ga ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasi mikromatn deyiladi.

Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlar dan tashkil topuvchi yaxlit asarga makromatn deyiladi.

Matnning turlari ham 2 xil: ma’lumotnoma matni va ijodiy-tavsifiy matn

Ma’lumotnoma matnida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida oddiy axborot beriladi.

  • Ma’lumotnoma matnida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida oddiy axborot beriladi.
  • Ijodiy-tavsifiy matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan ijodiy ravishda bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxsning tasviri yoki xabar, ma’lumotning ijodiy-tavsifiy bayonidir.Ilmiy, publitistik va badiiy uslublar, shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy matnning ko‘rinishlaridir.

  • Download 68.09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling