Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Metod - (lotincha «metodos»-«yo'l», “uslub”) tadqiqot yo'li, nazariya,  ta'limot. Muayyan muammo yechimini topishga yo‘naltirilgan uslub.  Metodika


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet212/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Metod - (lotincha «metodos»-«yo'l», “uslub”) tadqiqot yo'li, nazariya
ta'limot. Muayyan muammo yechimini topishga yo‘naltirilgan uslub. 
Metodika – qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgari o‘rnatilgan 
reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish bo‘lib, biror bir ishni maqsadga muvofiq 
o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi. “Metodika” tushunchasi turli fanlarni 
o‘qitish bilan ham bog‘liqlikda qo‘llanilib, ma’lum sohani o‘qitish jarayoni, 
mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‘indisini o‘zida 
ifoda etadi. 
Natijalar (ta'lim mahsulotlari) – ta'lim jarayonining yakuniy oqibatlari, 
ko‘zlangan maqsadlarni amalga oshirish darajasi.
Ob'ektivlik - o‘rganilayotgan voqea va hodisalar, jarayonlar to‘g‘risida 
odilona, to‘g‘ri baho berish, ulardagi mohiyat, mazmun va o‘zaro aloqa,
o‘zgarishlarga holisona yondashishni ifodalaydi. 
Odob – axloqiy kategoriya bo’lib, shaxsning o‘ziga va dunyoga nisbatan 
munosabatlaridagi xatti-harakatlarining belgilangan, aniqlangan usuli. 


364 
Pedagogika - ta'lim-tarbiyaning maqsadi, mazmuni, vazifalari, davlat ta'lim 
standartlarida belgilangan talablar asosida pedagogik jarayonni tashkil qilish, uni 
boshqarish, yangi avlodni sifatli o‘qitish va tarbiyalash metodlari,usullari, 
vositalari, qonuniyatlari, uning ichki mexanizmlari, pedagogning kafolatlangan 
natijaga erishishini ta'minlovchi maqsadli faoliyatini o‘rganuvchi fan.
Pedagogik muhit – ta'lim –tarbiya maqsadlariga muvofiq ravishda tuzilgan 
shaxslararo (o‘qituvchi – tahsil oluvchi; o‘qituvchi-o‘qituvchi; tahsil oluvchi-
tahsil oluvchi; o‘qituvchi-tahsil oluvchi-jamoa; o‘qituvchi-ota-onalar; tahsil 
oluvchi-ota-ona va boshqalar) orasidagi munosabatlar majmui. 
Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo‘lib, aqliy 
fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi. 
Tarbiyauzoq muddatli, ko‘p xususiyatli, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi 
o‘rtasidagi qo‘shaloq jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchida aniq maqsad hamda 
ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida muayyan sifatlar, ko‘nikmalar shakllantiriladi va 
rivojlantiriladi

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling