Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Pedagogning eruditsiyasi (irodasi, sabr - toqat, o‘quvchilarga ibrat, namuna


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet198/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Pedagogning eruditsiyasi (irodasi, sabr - toqat, o‘quvchilarga ibrat, namuna 
bo‘la olish qobiliyati). O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘z shaxsiy namunasi, xulq -
atvori bilan ham tarbiyalaydi. Bolalar uchun o‘qituvchining har bir xatti- harakati 
namunadir. Bu holat o‘qituvchidan o‘quvchilarga nisbatan juda ziyrak 
munosabatda bo‘lishni talab etadi. O‘qituvchi o‘zi o‘qitadigan fanni mukammal 
bilishi, sabr - toqatli, irodali bo‘lishi, yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarga ega
insoniy fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan, nazokatli, qat'iyatli, jonkuyar
mehnatsevar va kamtar bo‘lishi lozim. 


338 
O‘qituvchi pedagogik jarayonda uchraydigan turli qiyinchiliklarni bartaraf 
etishga, belgilangan maqsadga erishishda iroda kuchini ko‘rsata olishi shart. 
Belgilangan pedagogik vazifalarni oxiriga yetkazish, uning nazorati, izchilligini 
kuzatib borish va ta'lim-tarbiya jarayonining samarali kechishini ta'minlashda 
barcha kuch-g‘ayratini safarbar etish o‘qituvchining irodaviy harakatlarini 
tavsiflaydi. O‘qituvchida qat'iyatlilik, talabchanlik, har qanday vaziyatda o‘zini 
tuta bilish, dadillik kabi irodaviy sifatlar mujassam bo‘lishi lozim. 
O‘qituvchi o‘z faoliyatini tashkil etishda tasodifiy taassurotlarga 
berilmasdan, ortiqcha ikkilanishlarsiz, dadil harakat qilishi, qat'iy qarorga kela 
olishi muhim.
Dadillik bilan bir qatorda qat'iylik ham ishni muvaffaqiyatli 
amalga oshirishni ta'minlovchi muhim sifatdir. O‘qituvchining irodaviy 
sifatlaridan biri - har qanday pedagogik sharoitda o‘zini tuta bilishidir. Har 
qanday vaziyatda o‘zini tuta oladigan, har narsaga asabiylashmaydigan va 
o‘quvchilar asabini ham buzmaydigan o‘qituvchini yoshlar afzal ko‘rishadi. 
Ma'lumki, nerv sistemasining tipi (temperament) g‘oyat barqaror, uni 
xohlagan paytda tez o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ammo uni qandaydir ma'noda 
boshqarish, jumladan salbiy tip ko‘rinishlarini tarbiyalash mumkin. O‘z tipidagi 
ijobiy tomonlaridan foydalana oladigan va salbiy tomonlariga barham bera 
“Qo‘lingdan kelguncha birovga 
ozor yetkazma, qahru g‘azab o‘tiga aslo 
tashlama, agar abadiy rohat istasang, 
hamisha 
o‘zingni 
ranjit, 
birovni 
ranjitma” 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling