Simmetriya o'qqa nisbatan simmetriya


Download 0.54 Mb.
bet1/5
Sana11.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1259240
  1   2   3   4   5
Bog'liq
реферат симметрия


SIMMETRIYA
O'QQA NISBATAN SIMMETRIYA
1. Simmetriya. Kundalik hayotda simmetriyaga juda ko'plab duch kela-miz. Daraxt barglari shakli, kapalak qanotlarining uning tanasiga nisbatan joy-lashuvi va inson a'zolarining tanaga nisbatan joylashuvi va hokazolar simmet­riyaga yorqin misol bo'ladi.
Boshqa ko'pgina matematik tushunchalar singari, shakllarning simmetri-yasi tushunchasi ham atrofni o'rab turgan dunyo (tabiat) obyektlarini kuzatish natijasida paydo bo'lgan. Masalan, o'simliklar va tirik organizmlar tasvirlarini ko'zdan kechirib (bu tasvirlarni tekis shakl deb hisoblash mumkin), ularning ko'plari yuqori darajadagi aniqlikda biror simmetriyaga ega ekaniga ishonch hosil qilish mumkin. Masalan, daraxt barglari (63- a rasm), kapalaklar (63- b rasm) va qor uchqunlari o'qqa nisbatan simmetriyaga egadir.
Simmetriya san'atda, texnikada (63-й? rasm), turmushda ko'plab uchraydi. Masalan, ko'pgina binolarning old tomonlari va ustidan ko'rinishlari simmet-rik bo'ladi. Gilamdagi naqshlar — gullar, jiyakdagi gullar, mexanizmlarning ko'pgina turlari, masalan, g'ildiraklar yoki shesternalar simmetrik bo'ladi.


Aytib o'tganimizdek, bunday simmetriyani har joyda ko'rishimiz mumkin. Masalan, yashayotgan joyingizdagi chiroyli qurilgan imorat, tosh yotqizilgan maydon yoki kafel bilan bezatilgan devorga ahamiyat bering.
Agar siz qadimiy me'morchilik obidalarini ko'zdan kechirsangiz, ularning chiroyi undagi shakllarning uyg'unligi hamda ma'lum qonuniyat asosida tak-rorlanishida namoyon boiishini sezishingiz mumkin. Vatanimizda bunday obidalar behisob. Ularning qadimiylaridan biri Mir Arab madrasasidir (64-rasm), zamonaviy binolardan biri esa Temuriylar tarixi davlat muzeyidir (65-rasm). Bunday simmetriyaga ega bo'lgan shakllar simmetrik shakllar deb ata-ladi. Bu simmetriyani hosil qiluvchi qonun esa simmetriya deb ataladi.
Simmetriya — geometriya fanining bir qismi bo'lib, uni to'la o'rganish uchun chuqur matematik bilimlarga ega bo'lish lozim. Biz esa uning bosh-lang'ich tushunchalari bo'lgan «O'qqa nisbatan simmetriya va markaziy sim­metriya» bilan tanishamiz.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling