Individuallik deganda shaxs ruhiy xususiyatlarining qaytarilmaydigan
birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, ruhiy
jarayonlarning o'tib borish xususiyatlari, hissiyotlar, faoliyat motivlari, tarkib
topgan qobiliyatlar kiradi.
O'zbek olimlari: M.G. Davletshinning “Shaxs va jamiyat”, E.G'ozievning
“Psixologiya”,
“Tafakkur
psixologiyasi”,
“O‘spirinlar
psixologiyasi”,
V.Karimovaning “Ijtimoiy psixologiya”, A.Munavvarovning “Pedagogika”;
xorij olimlari: J.J. Piajening “Bolaning rivojlanishida muhitning o‘rni”,
D.B.El'koninning “Shaxs rivojlanishida o‘yinning ahamiyati”, Pedagogik
psixologiya”, A.V.Petrovskiyning “Umumiy psixologiya” , V. Davidovning
“Rivojlantiruvchi ta'lim nazariyasi”, L. S. Vigotskiyning “Psixologiya”, Dj.
D'yuining “Shaxs va uning jamiyatdagi o‘rni”, G. Gardnerning “Shaxs
rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar”, kabi asarlarida shaxs tavsifi, uning
rivojlanish bosqichlari, bunda faoliyatning ahamiyati to'grisida qimmatli fikrlar
keltirilgan. Jamiyat taraqqiyotida insonning bilimi va faol amaliy faoliyati
to'grisidagi O'zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Islom
Karimovning
«Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotining poydevori», “Yuksak ma'naviyat –
engilmas kuch”, “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat
qilish – eng oliy saodatdir” kabi asarlarida barkamol shaxsni voyaga yetkazish
to‘g‘risida chuqur ma'noga ega bo‘lgan g‘oyalar keltirilgan.
Shunday qilib, insonning shaxs sifatida kamol topishida ijtimoiy, biologik,
ruhiy omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda ijtimoiy muhit – kishi shaxsini
shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar majmui sifatida talqin qilinadi. Ijtimoiy
tafakkur, turmush tarzi, shaxslararo, guruhlararo hamda millat va xalqaro
munosabatlarning o‘zaro muvofiq kelishi va bir-birini boyitishi tushuniladi.
Odob - axloq – shaxsning o‘ziga va dunyoga nisbatan munosabatlaridagi xatti-
54
harakatlarining belgilangan, aniqlangan usuli bo‘lib, sabab tasavvurlar va
qarashlarni qamrab oladi, ya'ni shaxs shakllanadigan manba hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |