Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

o‘rtasidagi qo‘shaloq jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchida aniq maqsad hamda 
ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida muayyan sifatlar, ko‘nikmalar shakllantiriladi va 
rivojlantiriladi
21
. Tarbiyachi o'zi hohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga 
singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma'lum maqsadga ko'ra tizimli ta'sir 
ko'rsatadi. 
Jahon pedagogikasida «tarbiya» atamasi keng qamrovli tushuncha 
sifatida baholanganligi tufayli, uning mohiyati xususida turli nazariyalar mavjud. 
Tarbiyani kattalar (o'qituvchilar, murabbiylar va ota-onalar)ning bolalarga ta'sir 
ko'rsatish jarayoni sifatida tushunish eng ko'p tarqalgan tendeniyadir. Bu o'rinda 
kattalar to'g'ri, deb hisoblaydigan, baholaydigan ideallar, maqsadlar, vazifalar
21
Абдуллаева Ш.А. Педагогика.-Тошкент: Фан, 2009.- 17-бет. 


61 
normalar va talablarga muvofiq tarzda ta'sir ko'rsatish ko'zda tutiladi.Tarbiyani 
bunday tushunish haqiqatga yaqinroq, biroq u bir tomonlama xususiyatga ega 
bo'lib, mazkur jarayonning faqat muayyan qismini aks ettiradi, xolos. Tarbiyaga 
bunday ta'rif berishda bolaga kattalarning ta'siri yo'n altirilgan ob'ekt sifatidagina 
qaraladi.Zamonaviy pedagogika tashabbuskor va mustaqil shaxslarni 
tarbiyalashni nazarda tutib, tarbiyalanuvchiga pedagogik jarayonda faol harakat 
qiluvchi sub'ekt rolini beradi. 
Islom madaniyatining tarkibiy qismi-tasavvuf (sufizm) falsafasida inson 
ma'naviyatining, ruhiyati o'ziga xos uslublar orqali aks ettirilgan. Hazrat Abu 
Hamid Al-G'azzoliy, Attor, Aqmad Yassaviy, Abduxoliq G'ijduvoniy, Bahouddin 
Naqshband, Najmiddin Kubroning ta'lim -tarbiyaga, xulq axloqiga oid qarashlari, 
Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri», «Kitob al musiqi al kabir», «Katta 
musiqa», «Ritmlar tartibi xaqida», Beruniyning «Masud Qonuni», «Hindiston», 
«Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Saydona», «Axloq xaqida 
risola»sidagi ma'naviy-ma'rifiy masalalar, 
Abu Ali ibn Sinoning «Tadbiri 
manozil», «Axloq xaqida risola», «Donishnoma», «Salamon va Ibsol», «Xay ibn 
Yakzon», «Tib qonunlari»,
Alisher Navoiyning: «Makorim ul-axloq», 
(«Mukarram xulklar»), «Badoiy ul-bidoya», («Go'zallikning boshlanishi»), 
«Navodir un-Nihoya», («Nodirliklar nihoyasi»), «Xazoyin ul-Maoniy», 
(«Ma'nolar xazinasi») asarlarida insonni tarbiyalash g'oyalari hozirgi zamon 
g‘oyalari bilan hamohandir. 
Abdulla Avloniy, Maxmudxuja Beqbudiy, Xamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla 
Qodiriy, Abrauf Fitrat, Cho'lpon asarlaridagi ma'naviy-ma'rifiy qarashlar bugungi 
kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Buyuk ma'rifatparvar ziyolilarning 
g'oyalari milliy g'oya va istiqlol mafkurasining teran tomirlari bo'lib qolaveradi. 
Demak, tarbiyada pedagogik muhit muhim ahamiyat kasb etadi 


62 
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh 
subekti va obekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarining iste'molchisi va ularni amalga 
oshiruvchi sifatida ta'riflanadi. 
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-
axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida 
namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga 
oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish
intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat 
qilish huquqni kafolatlaydi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling