Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

mexanizmlari mavjud
Ijtimoiy tajriba o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishning integral 
natijaviy tavsifini o‘zida aks ettirib, faoliyatga yo‘naltirilgan va 
aksiologik yondashuvlarga asoslanishni talab etadi. 


74 
boshqarish tajribasi»ni ijtimoiy tajribaning komponenti sifatida qarash maqsadga 
muvofiqdir. O‘z-o‘zini boshqarish tajribasini shakllantirishning asosiy ijtimoiy 
sohalari sifatida individni subekt-subekt munosabatlariga jalb etish; subektda 
tashabbuskorlikni shakllantirish; hayotiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zini 
tashkillashning universal namunalarini qabul qilish kabilarni kiritish mumkin. 
Aksiologik 
yondashuv 
nuqtai 
nazaridan 
shaxsda 
ijtimoiy 
tajribani 
shakllantirish ikkita o‘zaro aloqador yo‘nalishda amalga oshadi. Birinchidan, 
inson hayotining mazmuni, shaxslararo munosabatda ma'naviy-axloqiy me'yor va 
qoidalar sifatida individda qadriyatga yo‘naltirilgan orientatsiyani shakllantirish, 
ikkinchi tomondan shaxsiy nuqtai nazardan yuqori mavqyega ega o‘z-o‘zini 
boshqarishda aks etuvchi o‘zaro birgalikdagi faoliyat jarayonidagi xatti-
harakatlar, ijtimoiy va hayotiy ahamiyat kasb etuvchi xulq-atvor me'yorlarini 
o‘zlashtirish bilan bog‘liqlikni o‘zida aks ettiradi. 
O‘quvchilarni o‘z-o‘zini boshqarishga yo‘naltirish pedagogik hodisa sifatida 
shaxs salohiyatini rivojlantirish bilan bog‘liq intellektual, emotsional-hissiy va 
faoliyatga yo‘naltirilgan sohalar uyg‘unligini talab etadi hamda o‘quvchilarning 
ijodiy qobiliyatlarini yuqori darajada rivojlantirish asosida ijtimoiy faolligini 
oshirishga xizmat qiladi. 
O‘quvchilarning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi quyidagi bosqichlarda amalga 
oshirilishi lozim:
ijtimoiy moslashuv: ijtimoiy vaziyatlarda o‘zining rolini aniqlay olish, 
vaziyatga moslashuvchanlik va safarbarlik; 
loyihaviy: ijtimoiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zini anglash, individual xulq-atvor 
strategiyalarini tanlay olish; interiorizatsiya: ijtimoiy faoliyatning asosiy 
me'yorlarini qabul qilish va faoliyatda namoyon etish. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling