Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Pedagogik tadqiqot ilmiy faoliyatning murakkab turi sifatida


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Pedagogik tadqiqot ilmiy faoliyatning murakkab turi sifatida. 
Pedagogik tadqiqot ilmiy faoliyatning murakkab turi hisoblanib, u ishonchli 
qo‘llarda – metodologiyani chuqur o‘rgangan, ilmiy tadqiqot metodlari bilan 
qurollangan Shaxs tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. 
Olimning qiyofasi, ruhiyati va tiynati haqida maxsus adabiyotlarda batafsil 
yoritilgan, ayniqsa, uning quyidagi sifatlari alohida qayd etiladi; haqiqatga, 
noma'lumni bilishga jiddiy intilish; kuzatilayotgan hodisa va jarayonlarni 
tasniflash qobiliyati va kuzatuvchanlik; ilmiy tafakkurning analitik – sintetik 
jamlanmasi va b Ilmiy –tadkikot ishlarida ob'ktivlik, aniklik, tankidiylik, izchillik
tizimlilik bulishi shart.
Ob'ektivlik - o‘rganilayotgan voqea va hodisalar, jarayonlar to‘g‘risida 
odilona, to‘g‘ri baho berish, ulardagi mohiyat, mazmun va o‘zaro aloqa,
o‘zgarishlarga holisona yondashishni ifodalaydi. 


85 
Aniqlik tadqiqotning barcha muolajalari uchun tegishlidir: pedagogik 
hodisa va jarayonlarni kuzatish va qayd etish; fikrlar tahlili va umumlashmasi
turli manbalaridan olingan ilmiy axborotlardan foydalanish va boshqalar. 
Pedagogik metodologiyada izchillik qabul qilingan atamalarning bir 
xilligiga, tadqiqot mantiqiga amal qilishga, shart-sharoitlarni hisobga olishga 
erishiladi, ilmiy apparat tushunchalarining bog‘liqligida namoyon bo‘ladi . 
Tizimlilik - o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni biror belgilari asosida
tasniflash, tasavvurlar, tushunchalar va qonuniy aloqalarni o‘rnatish, 
konsepsiyalar, naziriyalarni shakllantirish orqali muayyan tartibga solish jarayoni 
Tanqidiylik –urganilayotgan muammoga turli nuktai nazardan baho bera 
olish, tajriba natijalarining haqqoniyligini ta'minlash bilan farazlar va 
nazariyalarni uzluksiz tekshirib borish, mabodo, olingan yangi natijalarga mos 
kelmasa, ulardan voz kechish xususiyati bilan tavsiflanadi. 
Pedagogikada ilmiy tafakkur tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasini 
belgilashda ob'ektivlik, izchillik, aniqlikni nozik, ehtiyotkorona ko‘llashni talab 
etadi, ilmiy farazlarni to‘g‘ri tanlashni, tajriba natijalari, nazariy xulosalarni 
tanqidiy tekshirib ko‘rishni va albatta, tizimlilikni taqozo etadi. Boshqacha 
aytganda, tadqiqotchining metodologik madaniyatini shakllantirishda refleksiya – 
xususiy ilmiy faoliyatini tahlil qilish ko‘nikmasi asosiy o‘rin tutadi. 
Yuqoridagi fikrlar turli fan soha lari buyicha tadkikot olib boruvchilarga 
tegishlidir, ammo pedagogikada tadqiqotchi o‘ziga xos ba'zi bir xususiyatlari 
bilan farqlanadi. Avvalambor, pedagogika soxasidagi izlanishlar tadkikotchidan 
pedagogik tajribaga ega bo‘lishni, pedagogik jarayonning barcha “ikir-
chikir”laridan xabardor bulishni talab etadi.Kolaversa, pedagogik muammoning
dolzarbligi respondentlar fikriga tayangan holda aniqlanadi. Bu juda muhim 
bosqich hisoblanadi.
Pedagogikada tadqiqotchi ob'ektlar (o‘qituvchi, tarbiyachi, o‘quvchi 
talabalar va boshqalar) bilan ish ko‘radi va pedagogik tajriba-sinov o‘tkazishda 
undan ehtiyotkorlik talab etiladi, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlar qalbiga, 


86 
dunyoqarashiga, erkin fikrlashiga sinov davomida putur yetmasligi lozim. 
Pedagogik voqyelikni to‘g‘ri aks ettirishda tadqiqotchi sog‘lom fikr sohibi bo‘lish 
uchun metodologik madaniyatni egallashi shart”
22 
Bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy pedagogikaning metodologik 
masalalariga qiziqish katta. Ijtimoiy hayot davomiyligi va fan rivojining yuqori 
pog‘onasi shaxs kamolotida yechimi birmuncha qiyin bo‘lgan savollarni yuzaga 
chiqarmoqda. Masalan, shaxsning ma'naviy kiyofasini sotsiokorreksiya kilish 
masalalari, shaxs tarbiyasida vujudga kelayotgan illatlar, nuqsonlarning paydo 
bo‘lishi, ularni bartaraf etish yo‘llari, metodlari va boshqalar. Tabiiyki, bu 
masalalarni hal etishda eskicha yondashuvlar yordam bera olmaydi. 
Metodologiya ham amaliyot talablaridan ortda qolmaydi va ijtimoiy 
qadriyatlarning o‘zgarish qonuniyatlariga bog‘liq holda rivojlanadi. 
Birinchi navbatda yangi metodlarni izlab topish jarayoni davom etmoqda, 
mavjudlarini tubdan takomillashtirish, ilmiy bilish mantiqini loyihalash, 
tadqiqotlar samarasini oshiradigan texnikaviy qurilmalarni yaratishga e'tibor 
qaratilgan. Boshqa tomondan, metodogiyaning dunyoqarash jihatlari – chuqur 
nazariy umumlashma, bashoratlash, fan strategiyasini va uning mavqyeini
oshirish jamiyat islohotlariga mos ravishda amalga oshirilmoqda. Bu 
jarayonlarning tezlashuvini ta'minlashda o‘tmishdan qolgan mafkuraviy 
qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos bo‘lish, milliy g‘oyani fuqarolar ongiga 
singdirish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling