Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqida yuzaga kelgan nuqsonlarning bolalar ruhiyatiga ta’sir ko’rsatishi asaka tumani 14-yordamchi maxsus maktab internati logopedi Raximova Gulsara Urinovna Annotatsiya


Download 29.56 Kb.
bet1/2
Sana26.10.2023
Hajmi29.56 Kb.
#1723100
  1   2
Bog'liq
Raximova Gulsara Urinovna


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQIDA YUZAGA KELGAN NUQSONLARNING BOLALAR RUHIYATIGA TA’SIR KO’RSATISHI
Asaka tumani 14-yordamchi maxsus maktab internati logopedi
Raximova Gulsara Urinovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqida yuzaga keladigan nuqsonlarning bolalar ruhiyatiga ta’sir ko’rsatishi haqida yoritilgan. Maktabgacha tarbiyachilar bilan tuzatuv-nutq terapiyasi ishlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar: Nutq, Korrektsion pedagogika, logopediya, defektologiya, Nutq buzilishi, Nutqiy rivojlanish.
Nutq – tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, ya'ni soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi. Bolalar o'sib, ulg'aygani sari ularning nutgi ham rivojlanib boradi. Bu davrda ba'zan nutqning ma'lum darajadagi buzilishlari kuzatilishi mumkin. Nutq kamchiliklarining kelib chiqishi sabablarini oilada har bir ota-ona, maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyachilar, maktabda o’qituvchilar bilishlari zarur. Chunki nutq kishilarning til vositasi orqali aloqa jarayonining tarixan tarkib topgan formasidir. Shuningdek, nutq rang-barang ifodali tovushlarning majmuasidan iborat. Nutq bolalarda asta-sekin shakllanadi, bola o'sib rivojlanib boradi. Aslida bola nutqning o'sib borishidagi hal qiluvchi bosqich bir yarim yoshdan besh yoshgacha bo'lgan davrga to g'ri keladi. Bu davrda bolaning nutqi muayyan sur'atda, besh yoshdan keyin esa nutq intensiv ravishda xilma-xil o’sib boradi. Biroq ayrim bolalarning nutqiy rivojlanishida bir qator kamchiliklar uchraydi va ma'lum bir sababga bog'liq bo’ladi.
Nutq buzilishining ko'pgina turlari markaziy asab tizimining organik shikastlanishi bilan bog'liq bo'lib, u logoped va nevropatolog-shifokor yoki psixonevrologning hamkorlikda ishlashi bilan aniqlanishi mumkin. Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablar ichida tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillar, shuningdek atrof-muhitning tashqi sharoitlari farq qilinadi. Nutqiy nuqsonning turli sabablarini ko'rib chiqishda evolyusion-dinamik yondoshiladi. Bu nuqsonning yuzaga kelish jarayonini tahlil qilishdan, anomal rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini va har bir yosh davrida nutqning rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olishdan iboratdir (I. M. Sechenov, L. V. Vigotskiy, V. I. Lubovskiy).
Korrektsion pedagogika, logopediya, defektologiya jismoniy yoki aqliy kamchiliklarga ega bo’lgan bolalarning individual va shaxsiy rivojlanishini boshqarish tabiatini va qonuniyatlarini o’rganadi. Uning maqsadi meyordagi va mavjud bo’lgan kamchiliklar o’rtasidagi moslanmaganlikni bartaraf qilish yoki kamaytirishdan iborat. O’zbekistondagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida turli darajadagi nutqiy nuqsonlarga ega bo’lgan bolalar ham tarbiyalanadi. Ularda nutqning kech rivojlanishi, lug’aviy zahiraning kamligi, talaffuz qilishda buzilishlar kuzatiladi. Shuningkek, bunday bog’chalarda tarbiyalanuvchi bolalar asosan turli tug’ma kasalliklarga chalingan bo’lishadi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda hali tafakkurning fikriy operatsiyalarini, ya’ni analiz, sintez, umumiylashtirish kabilarni ko‘rmaymiz. Ular qo‘llaridagi o‘yinchoqlarini amaliy (aylantiradilar, paypaslaydilar, buzib ko‘radilar- tahlil qiladilar. Lekin bundan maktabgacha ta’lim tarbiya yoshidagi bolalar fikriy jarayonlarni amalga oshirishga qodir emaslar, degan ma’no kelib chiqmaydi. Maktabgacha ta’lim tarbiya yoshining oxiriga kelib tafakkurning o‘sishida nutqning roli juda oshadi. Bola yangi so‘zlarni mumkin qadar ko‘proq bilib olib, ulardan o‘z tafakkurida keng foydalana boshlaydi. Bu esa fikrlash jarayonlarining o‘sishiga yordam beradi. Bolada so‘zlar vositasi bilan tahlil va sintez qilish, abstraksiyalash hamda umumlashtirishning dastlabki alomatlari ko‘rina boshlaydi. Agarda bolaning nutq nuqsoni bo’lsa bola nutq boyligi qanchalik boy bo’lmasin u muhitga moslasha olmaydi shu bois unda ajralib qolish holati kuzatila boshlaydi. Bunda bola o’z fikrini erkin bayon eta olmaydi. Chunki uning ayrim tovushlari boshqa tovushlar bilan almashib qolishi natijasida so’zlar buzilgan holatda eshitiladi. Bazi holatlarda tengdoshlari uni masxara qilish holatlari kuzatiladi va bola o’zini tengdoshlaridan torta boshlaydi. Bunday holatda uyda ota-ona, ta’lim muassasalarida pedagog xodimlar bolaning psixologik xolatini to’g’ri tushunib uni logopedik ko’rikka yo’naltirishi va undan yordam olishi zarur. Ota-onalarning farzandlar oldidagi turli xil tortishuvlari, bolaning ona qornida rivojlanish davrida onaning stress holatlari, bolaning nimadandir qattiq qo’rqishi va boshqa sabablarni keltirishimiz mumkin. Ish tajribamda eng achinarli xolatlardan biri 15 yoshli bolani sinf rahbari yonimga olib keldi.U bilan suhbatlashish jarayonida uning o`ta bilim darajasi yuqoriligi namoyon bo`ldi. Ammo uning nutqidagi nuqsoni tufayli uyga berilgan topshiriqlarni umuman aytib berishni istamasligi, bolalar uni masxara qilishi, o`rtoqlari bilan juda ko`p tortishib qolayotganligi holati aniqlandi.Bunday holatlarda bola kamgap va o`zini o`ta yolg`iz his qila boshlaydi.
Logopedik shahobcha umumiy o`rta ta`lim muassasalari boshlang`ich sinf o`quvchilarining fanlar bo`yicha o`quv dasturlarini o`zlashtirishiga to`sqinlik qiluvchi nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni bartaraf etish ,jismoniy va psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni korreksiyalash,o`quvchilarning og`zaki nutqidagi nuqsonlarini bartaraf etishda,ularning jismoniy, intellektual, ma`naviy va axloqiy kamol topishida pedagoglar va o`quvchillarning ota-onalari yoki o`rnini bosuvchi shaxslarga yordam ko`rsatish uchun tashkil etildi. Logopedik shaxobchaga og’zaki nutq nuqsonlari va tovush talaffuzida kamchiliklari aniqlangan tashxiz natijalari quyidagicha bo’lgan o’quvchilar qabul qilinadi:
I va III darajali nutqi to’liq rivojlanmagan 1-sinf o’quvchilari;
Tovush talaffuzida kamchiliklari bo’lgan 1-4 sinf o’quvchilari;
Nutq apparati a’zolarining tuzilishi va harakatida nuqsonlari –rinolaliya, dizantriya, duduqlanish- bo’lgan 1-4 sinf o’quvchilari jalb qilinadi.
Nutqiy rivojlanishida kamchiligi bo’lgan o’quvchilarning jismoniy va psixik xolatiga aniqlik kiritish maqsadida ular tuman shahar ko’p tarmoqli markaziy poliklinikasi mutaxassislari –nevropatolog, psixonevrolog, ortolaringolog va boshqa_ tekshiruviga yuboriladi. Ushbu mutaxassislarning xulosasiga ko’ra o’quvchilar logopedik shaxobcha mashg’ulotlariga jalb qilinadi. Ularning tashxisiga qarab og’ir yoki yengil turdagi bolalar guruhlarga ajratiladi. Mashg’ulotlar guruhli va yakka tartibda o’tkaziladi. Logoped o`qituvchi logopadni artikulyatsion apparatlarini tekshirib u bilan korreksion ish olib boradi. Mashg’ulotlarda turli xil metodlardan foydalanib maqsadga erishishga harakat qilinadi.

Download 29.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling