Farg‘ona shahar, ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internati,
Musiqiy-nazariy fanlar o‘qituvchisi
Umarova Guljahonning
5-A sinfi o‘quvchilari bilan “Horijiy musiqa adabiyoti” fanidan
OCHIQ DARS ISHLANMASI
FARG‘ONA-2023
“TASDIQLAYMAN”
Farg‘ona ixtisosolashtirilgan maqom maktab-internati o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
_______O‘.K.Xudaynazarov
“___”___________20__yil
OCHIQ DARS REJASI
Sana_____17.11.2023 yil.__________
Sinf/yakka___5-A sinf_____________
Mashg‘ulot mavzusi___“ Opera san’ati yaratilishi va rivojlanishi”___________________________
Maqsadi____ O‘quvchilarga musiqa san’atidagi eng yirik janr hususida tushuncha berish, o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish
_________________________________________________________________________________
Texnik jixozlar___ doska, televizor____________________________________________________
Ko‘rgazmali qurollar___Mavzuga oid rasmlar, mavzuga oid prezintatsiya_____________________
Darsning asosiy qismlari bo‘yicha vaqt taqsimoti
Tashkiliy qism
|
O‘tgan dars yuzasidan nazorat
|
Yangi mavzu (yangi asar ustida ishlash)
|
Yangi darsni mustaxkamlash uchun mashqlar
|
Uyga topshiriq
|
3 min
|
15 min
|
15 min
|
10 min
|
2 min
|
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism
a)__Salomlashish,________________________________________________________________
b)__O‘quvchining o‘quv qurollarini tekshirish____________________________________________
2.Kirish qismi
Uyga vazifani so‘rash._____________________________________________________________
3.O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar:
1.Uyga vazifa “Teatr musiqasi. Edvard Grigning “Per Gyunt” simfonik syuitasi” mavzusini o‘qib gapirib berish va rasmini chizish.
2.Mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkazish;
3.“Musiqiy ifoda vositalarini top” o‘yinini o‘ynash.
4. Yangi mavzu:
“Opera san’atining yaratilishi va rivojlanishi”_____________________________________________
Reja:_____________________________________________________________________________
a)__Mavzuni haqida Prezintatsiya orqali tushuntirish;_____________________________________
b)__Uvertyura va opera namunalaridan eshittirish;________________________________________
Mavzu bayoni:__ Opera – sahnada ko‘rsatiladigan yirik musiqiy asardir. Bunday asar to‘rt xil san’at turi qo‘shilishidan hosil bo’ladi. Bular: musiqa san’ati, teatr san’ati, raqs san’ati va rassomchilik san’ati. Musiqa san’ati operada asosiy o‘rinni egallaydi. Chunki opera asari voqealari bosh qahramonlarining ichki kechinmalari asosan kuylash va simfonik orkestrning ijrosi orqali tasvirlanadi. Har bir xonanda sahna mahoratiga ega bo‘lishi zarur. Ulardan aktyor bo‘lish talab qilinadi. Operada raqs nomerlari ham bo‘ladi. Rassomchilik san’ati esa sahnani bezashga, dekoratsiya tayyorlash uchun zarur.
Opera asari kompozitor tomonidan tarixiy voqealar, ertak va afsonalar yoki yozuvchi va shoirlarning asarlari asosida yaratiladi. Opera musiqasi yaratilishidan avval uning adabiy matni yoziladi. Bu matn biror shoir tomonidan yoziladi va libretto deb ataladi. Opera tomoshasi bir necha bo‘lim (parda)dan iborat bo‘ladi. Har bir parda sahnalar va ko‘rinishlardan iborat. Opera musiqasi nomerlardan iborat. Nomerlar besh xil bo‘ladi:
Yakka nomerlar (ariya, monolog, qo’shiq, romans va h.k).
Ansambl nomerlari (duet, trio, kvartet, kvintet va h.k).
Xor nomerlari.
Raqs nomerlari.
Orkestr nomerlari.
Opera tomoshasi orkestr ijro etadigan kuy– uvertyura bilan boshlanadi. Uvertyura musiqasi operaning mazmunini aks ettiradi.
5.Yangi mavzuni mustaxkamlash:
a)__“Opera san’atining yaratilishi va rivojlanishi” yuzasidan savol-javoblar o‘tkazish;____________
b)__Musiqiy o‘yin o‘ynash___________________________________________________________
6.Uyga vazifa__ “Opera san’atining yaratilishi va rivojlanishi” mavzusini bo‘yicha ma’lumotlar yozib kelish__________________________________________________________________________
7.Foydalangan adabiyotlar_________________________________________________________
1.B.R.Yakubov “Horijiy musiqa adabiyoti” Farg‘ona 2005-yil
2.I.A.Akbarov “Musiqa lug‘ati” Toshkent 1987-yil
3.Wikipediya
4.You tube ijtimoiy tarmoqlari.
O‘qituvchi__Umarova Guljahon Abdurahim qizi_____
Do'stlaringiz bilan baham: |