Zamonaviy axborot texnologiyalari nutq nuqsonlarini bartaraf etishda m u h im omil sifatida


Download 85.88 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi85.88 Kb.
#192766
Bog'liq
ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI NUTQ NUQSONLARINI



"ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМДА РА£АМЛИ ТИЗИМЛАРНИ £УЛЛАШ: ФИЛОЛОГИЯ ВА ПЕДАГОГИКА 

СО^АСИДА ЗАМОНАВИЙ ТЕНДЕНЦИЯЛАР ВА РИВОЖЛАНИШ ОМИЛЛАРИ"



Odilov  Doston  O'ktam  o'g'li 

A.Qodiriy  nomli  Jizzax  Davlat  Pedagogika 

instituti  Defektologiya  yo'nalishi  magistranti 

E-mail:  Odilov-doston@mail.ru

ZAMONAVIY  AXBOROT  TEXNOLOGIYALARI  NUTQ  NUQSONLARINI 

BARTARAF  ETISHDA  M U H IM   OMIL  SIFATIDA

Annotatsiya: 

Ushbu  maqolada  nutq  nuqsonlarini  bartaraf  etishda  axborot 

texnologiyalaridan  foydalanish,  multimedia  vositalarini  logopedik  mashgulotlarda 

qo'llash,  logoped  xonasini  zamonaviy  axborot  texnologiyalari  bilan  jihozlash,  axborot 

texnologiyalaridan  foydalanishning  nutq  nuqsonlarni  bartaraf etishga  tasiri  ifodalangan.

Kalit  so'zlar:  Multimedia,  nutq,  buzilish,  axborot,  texnologiya,  tovush,  talaffuz, 

oyin,  metod.

Bugungi  kunda  fan  va  texnologiya  taraqqiyoti  jadal  rivojlanib  bormoqda. Hayotimizni 

texnologiyalarsiz  tasavvur  etish  qiyinlashmoqda.  Hayotimizning  har  bir  sohasiga 

zamonaviy  axborot  texnologiyalari  kirib  kelmoqda.  Har  bir  sohada  axborot 

texnologiyalarining  keng  qo'llanilayotganligini  va  ular  natijasida  yuksak  natijalarga 

erishilayotganligini  guvohi  bo'lmoqdamiz.  Shu  jumladan  ta'lim  tizimida  ham 

texnologiyalardan  foydalanish  yolga  qo'yilmoqda. Bu  esa  ta'lim  sifatini  va  samaradorligini 

oshirishga  hizmat  qilmoqda.

Yurtimizda  ta'lim  tizimini  isloh  qilish  maqsadida  ko'pgina  qarorlar,  farmonlar  qabul 

qilinmoqda.  Bunday  qarorlar,  farmonlar  asosiy  maqsad  ta'limni  samarali  yo'lga 

qo'yishdir.  Jumladan  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil  7-fevraldagi 

PF-4947-sonli  farmoniga  ko'ra  ”2017  -  2021-yillarda  O'zbekiston  Respublikasini 

rivojlantirishning  beshta  ustuvor yo'nalishi  bo'yicha  "harakatlar  strategiyasi"  qabul 

qilindi.  Mazkur  harakatlar  strategiyasining  to'rtinchi  yo'nalishi  "Ijtimoiy  sohani 

rivojlantirishning  ustuvor  yo'nalishlari"  deb  nomlanib,  uning  to'rtinchi  bandi  "Ta'lim 

va  fan  sohasini  rivojlantirish"  deb  nomlandi.  Ushu  bo'limda  ta'lim  muassasalarini 

zamonaviy o'quv  va  laboratoriya  asboblari,  kompyuter  texnikasi  va  o'quv-metodik 

qo'llanmalar bilan  jihozlash  kabi  vazifalar  belgilab  olindi.  Shu  vazifalarni  inobatga 

olib  bugun  yurtimizdagi  barcha  ta'lim  tizimlari  axborot - kommunikatsion  texnologiyalar, 

multimedia  vositalari  bilan  taminlanmoqda.

XXI asrda axborot - kommunikatsiya  texnologiyalari  jamiyat  rivojini  belgilovchi  eng 

muhim  omilga  aylandi.  Inson  80%  ma'lumotni  ko'rish  organlari,  15%  eshitish  orqali, 

qolgan  5%  taktil,  hid  va  ta'm  bilish  sezgisi  orqali  qabul  qiladi.

Yuqoridagi  malumotlarni  inobatga  olgan  holda  bugungi  kunda  ta'lim  sohasiga  axborot 

texnologiyalarini  joriy  etish  shart  va  zarurdir.  Dars  davomida  kompyuter  texnologiyalari, 

multimedia  vositalaridan  foydalanish  ijobiy  natija  beradi.

Ta'lim  tizimida  zamonaviy  axborot  texnologiyalaridan  foydalanish  samarali  natija 

berganidek  nutq  nuqsonlarini  bartaraf etishda  ham  axborot  texnologiyalaridan  foydalanib 

ijobiy  natijalarga  erishish  mumkin.

Logoped  qabuliga  kelgan  bola  bilan  birinchi  navbatda  qiladigan  ishi  bolaning 

qanday  nutq  nuqsonga  ega  ekanligini,  yoki  qaysi  tovushni  talaffuz  etolmasligini 

aniqlash  hisobanadi.  Chunki  bolaga  to'g'ri  tashxis  qo'yish  nutq  nuqsonini  bartaraf 

etishning  asosiy  usuli  hisoblanadi.  Bugungi  kunda  bolaning  nutqini  tekshirishda 

logopedik  albomlardan,  kesma  suratlardan  foydalanamiz.  Bolaga  turli  suratlarni 

ko'rsatib  uning  nima  ekanligni  so'raymiz.  Mazkur  usullardan  ko'ra,  bola  nutqini 

tekshirishda  axborot  texnologiyalaridan  foydalanish  samarali  hisoblanadi.  Bolalarda

Май |  2020  |  1-кисм

92

Тошкент




"ЗАМОНАВИИ ТАЪЛИМДА РА£АМЛИ ТИЗИМЛАРНИ £УЛЛАШ: ФИЛОЛОГИЯ ВА ПЕДАГОГИКА 

______________________ СОХАСИДА ЗАМОНАВИИ ТЕНДЕНПИЯЛАР ВА РИВОЖЛАНИШ ОМИЛЛАРИ"___________________________

begonalar  bilan uchrashganda  qo'rquv,  hayajon,  uyalish  hissi  paydo  bo'ladi.  Shu 

jarayonlarni  bartaraf  etish  maqsadida  axborot  texnologiyalaridan  foydalanib  ko'rgazmali 

va  didaktik  o'yinlarni  tashkil  qilishimiz  mumkin. (1-rasm)  Bu  esa  imkon  qadar logoped 

va  bola  o'rtasidagi  aloqani  taminlashga  imkon  beradi.

Logoped  o'z  mashg'ulotlari  davomida  ko'rgazmali  qurollar,  didaktik  o'yinlar, 

multimedia  vositalaridan  foydalanishi  bolalarda  mashg'ulotga  bo'lgan  qiziqishini  yanada 

oshiradi.  Bizga  ma'lumki  har  bir  logoped  nutq  nuqsonini  bartaraf  etishga  qaratilgan 

mashg'ulotni  olib  borar  ekan  dastlab  bolalar  albatta  artikulyatsion  mashqlarni 

bajaradilar.  Bugungi  kunda  ko'p  hollarda  mashg'ulot  davomida  logoped  o'qituvchi 

artikulyatsion  mashqlarni  turli  tasvirlarga  qarab  bajarishni  so'raydi.  Mana  shu  holatni 

artikulyatsion  mashqlar  bajarilishi ko'rsatilgan  multimedia  vositalaridan foydalangan 

holda  olib  borilsa,  ijobiy  natija  beradi  va  o'quvchi  ana  shu  multimedia  orqali  mashqlarni 

bajaradi. Turli  rasmlardan  foydalanganimizda  artikulyatsion  mashqlarning  ma'lum  bir 

holati  tasvirlanadi,  multimediada  esa  mashqlarning  bajarilishi  umumiy  holatda 

ko'rsatiladi.(2-rasm)  Bu  esa  o'quvchilar  tamonidan  mashqlarning  bexato  bajarilishini 

taminlaydi.



2-rasm

Logoped  multimediali  vositalardan  nafaqat  yuqoridagi  holatda  balki  ko'plab 

holatlarda  foydalanishi  mumkin.  Tovush  talaffuzida  kamchigi  bo'lgan  bolalar  bilan 

mashg'ulot  olib borilayotganda  bola  talaffuz  etolmaydigan  tovushni  nutqqa  qo'yishda  va 

nutqqa  qo'yilgan  tovushni  mustahkamlash  jarayonida  ham  axborot  texnologiyalaridan 

foydalanish  ijobiy  natija  beradi.  Bizga  ma'lumki  bolalar  rangli  tasvirlarga,  turli 

ko'rgazmalarga  qiziquvchan  bo'ladilar.  Zamonaviy  axborot  texnologiyalari  esa  bolalarning 

ana  shu  qiziqishlari  orqali  nutq  nuqsonini  bartaraf  etishga  xizmat qiladi.

Nutq  nuqsonlarini  bartaraf  etishda  axborot  texnlogiyalaridan  foydalanishning 

afzalliklari:

”  Bolada  mavjud  bolgan  nutq  kamchiligini  aniqlashga  yordam  beradi;

”  Ma'lumotlarni  jozibali  ifodalashga  imkon  beradi;

”  Bolalarning  logoped  mashg'ulotiga  qiziqishini  oshiradi;

Май |  2020  |  1-кисм

93

Тошкент



"ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМДА РА£АМЛИ ТИЗИМЛАРНИ £УЛЛАШ: ФИЛОЛОГИЯ ВА ПЕДАГОГИКА 

СО^АСИДА ЗАМОНАВИЙ ТЕНДЕНЦИЯЛАР ВА РИВОЖЛАНИШ ОМИЛЛАРИ"

”  Ma'lumotlarni  eslab  qolish  jarayoni  tezlashadi  va  uzoq  muddat  esda saqlashga 

xizmat  qiladi;

Logoped  axborot  texnologiyalaridan  foydalanishi  uchun  ma'lum  bir  imkoniyatlarga 

ega  bo'lishi  lozim.  Logoped  xonalari  axborot  texnologiyalar  bilan  taminlangan 

bo'lishi,  logoped  pedagoglari  esa  kompyuter  savodxonligiga  ega  bo'lishlari  lozim.

Chet  el  tajribasini  o'rganadigan  bo'lsak  nutq  nuqsonlarini  bartaraf  etishda  axborot 

texnologiyalaridan  foydalanishlari,  ularni  qo'llash  va  to'g'ri  foydalanish  haqida 

adabiyotlar  nashr  etilganligining  va  buning  natijasida  ijobiy  natijalarga  erishayotganliklarini 

guvohi  bo'lishimiz  mumkin.

Yurtimizda  ham  mana  shunday  yutuqlarga  erishish, multimedia  markazlari  bilan 

hamkorlikda  multimedia  manbalarini  tayyorlash  va  uni  amaliyotga  joriy  qilish usullarini 

ishlab  chiqish  biz  logopedlarning  oldida  turgan  vazifalaridan  biridir.



Foydalanilgan adabiyotlar

1.O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-  yil  7-fevraldagi  PF-4947-sonli 

"2017  -  2021  yillarda  O'zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor 

yo'nalishi  bo'yicha  farmoni". 

Toshkent  2017

2.T.S.Safarov,  Sh.U.O'roqov,  R.R.Baxromov  Informatika  va  axborot 

texnologiyalari  "O'zbekiston  milliy  ensiklopediyasi"  Toshkent-2006

3.Begimqulov  U.Sh.  Zamonaviy  axborot  texnologiyalari  muhitida  pedagogik 

ta'limni  tashkil  etish  ?Pedagogik  ta'lim"  ,  №   1,  2004.  25-  bet.

4.Инсия  Ахметова 

"  информационные  технологии  в  работе  учителя- 

логопеда"  статья 

г.  Светогорск

5.G.  Karimova  AKT  bolalar  nutqini  rivojlantirish  vositasi  sifatida?  Infocom.uz 

internet  nashri  2011-y

Май |  2020  |  1-кисм



94

Тошкент

Download 85.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling