Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fakultet yo’nalish


Download 68.06 Kb.
bet2/4
Sana17.02.2023
Hajmi68.06 Kb.
#1206088
1   2   3   4
Bog'liq
Abu Nasr Farobiyning shaxs borasidagi psixologik qarashlari

Psixologiya tarixi metodlari.

  1. Tarixiy tadqiqot metodining asosiy vazifasi.

Tushuncha, qonun, nazariya faktlarini o’zida mujassamlashtirgan, o’rganilayotgan materiyaning tarixini izlash, ularni sistemaga solish. Bu komponentlar birgalikda tarixiy psixologik tadqiqotlarning imperikasini tashkil qiladi. Tarixchining ishi tadqiqot predmetiga tajriba va nazariy yo’l bilan yondoshishni talab qiladi. Hozirgi zamon bilan bog’liqlik professional tarixchi uchun asosiy uchun talablardan biri.
A) psixologiya tarixining asosiy metodlaridan yana biri nazariy rekonstruktsiya, tarixiy –ilmiy sistemaning tanqidiy tahlili va talqini.
B) tarixiy tadqiqotning yo’nalishlaridan biri-ilmiy maktablardir. Ilmiy maktablarni o’rganish fanning rivojlanish mexnazmini o’rganishda asosiy rol’ o’ynaydi.
V) arxiv materialini o’rganish alohida talab qo’yadi. Bular qidirish, kompentariyalar.......



  1. Psixologiya tarixida interv’yu metodini qo’llaniladi:

Tadqiqotning asosiy maqsadi bilan bog’liq bo’lgan materiallarni to’plash maqsadida, oldindan tayyorlangan savollar yuzasida bo’ladigan suhbatni o’zia ifodalaydi.



  1. Biografiya va antobiografiya metodi olamning ruhiy dunyosining rivojlanishi, ilmiy faoliyatining bosqichlarini o’rganishda asosiy rol’ o’ynaydi. Bu metod fanni ommalashtirishda asosiy o’rin tutadi. Ilm odamlarning hayoti ilmiy, ijodi haqida zarur ma’lumotlarni beradi. Bu borada chet el psixologiyasida «Psixologiya tarixi avtobiografiyalari» da kitobi ( K.Mergison tahriri ostida) va Sovet psixologiyasida A.R.Zurinning «Bosib o’tilgan yo’l bosqichlari ilmiy avtobiografiya» kitoblari qiziqarli ishlardan hisoblanadi.

Bular psixologiya tarixining manbalari.
Psixologik bilimlar bilan bog’liq tarixiy jarayonni o’zida aks ettiruvchi materiallar va birinchi galda psixologik muammolaarni tadqiq qilgan filosof psixologlarining mehnatiga doir materiallardir. Psixologik bilimlarning asosiy manbai bu jamoat tajribasidir. YA’ni xalq tabobati ta’lim va tarbiyasi, xususiy tajribasi va bu hozirgi kunga kelib psixologlar ko’proq meditsinaga asosan psixiatriyaga tayanadilar. SHuningdek boshqa fanlar tabiiy fanlar, etnografiya, tilshunoslik, antropologiya va boshqalar ham psixologiya tarixining manbalari hisoblanadi. Bu esa psixologiya tarixining boshqa fanlar tarixiga murojaati bilan ifodalanadi.

O‘rta asr ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Farobiy nomi bilan chambarchas bogdiqdir. Allomaning inson kamoloti haqidagi ta’limoti inson ruhiyati hamda ta'lim-tarbiya sohasida katta ahamiyatga egadir. Mashhur yunon faylasufi Arastudan keyin Sharqda o‘z bilimi va fikrlash doirasining kengligi bilan nom chiqargan Abu Nasr Farobiyni ulug‘ mutafakkir - “Muallimi soniy” (“Ikkinchi muallim”) deb bejizga atashmagan.



Abu Nasr Farobiy o‘rta asr davri ilm - fani taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan olim bodib, tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilimlarning barcha sohalarida ilmiy ishlar olib borgan. Farobiy o‘zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan, jumladan falsafa, musiqa, filologiya va tabiiy fanlar borasidagi bilimlarning turli sohalarida asarlar yaratgan.
Farobiy shaxsga oid psixologik qarashlari allomaning fozil jamoasida odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga bodib chiqishida aks topgan. Bunda u, kishilarning diniy mashabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy xususiyatlariga, qobiliyatlariga, aqliy iqtidoriga, bilim ko‘nikmalariga e’tibor berishlik zarur deydi. U o‘zning “Baxt saodatga erishuv yo‘llari haqida risola” asarida “Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borishdir, bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo‘lga kiritadi”, - deb yozadi. Farobiy davlatni yetuk shaxs boshqarishi lozim deydi, ya’ni jamoani idora etuvchi adolatli, dono bo‘lishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan ko‘ra bilishi, boshqalarga g‘amxo‘r bo‘lishi lozim deydi. Farobiy inson baxt va saodatga erishuvi uchun ularni baxtli-saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo‘lishi kerak deydi. U fozil shaharni boshqaradigan hokim tabiatan o‘n ikkita xususiyatga ega bo‘lishi kerak ekanligini ta’kidlab o‘tgan:
Farobiy ta’lim tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. “Fozil odamlar shahri”, “Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida”, “Ixso-al-ulum”, “Ilmlarning kelib chiqishi”, “Aql ma’nolari to‘g‘risida” kabi asrlarida ijtimoiy- tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan. Farobiy o‘z ishlarida ta’lim-tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan bo‘lsa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o‘z o‘rni va xususiyati bor ekanligini alohida ta’kidlaydi.
Farobiy “Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida” asarida bilimlarni o‘rganish tartibi haqida o‘zining bir qancha fikrlarini bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu - olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o‘rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o‘rganish lozim. Undan so‘ng, umuman, jonli tabiat o‘simlik va hayvonlar haqidagi ilm o‘rganiladi, deydi. Uning fikricha Inson kamolotga yolg‘iz o‘zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo‘lish, ularning ko‘maklashuvchi yoki munosabatlariga muxtoj bo‘ladi. Shuningdek, tarbiya jarayoni tajribali pedagog, o‘qituvchi tomonidan tashkil etilishi muhumdir. Chunki har bir odam ham baxtni va narsa hodisalarni o‘zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o‘qituvchi lozim. Farobiy - “Bunga ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali erishish mumkin”, - deydi. Maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta’lim- tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan komolga yetkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini to‘g‘ri bilib oladi va hayotda to‘g‘ri yo‘l tutadi, boshqalar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘ladi, jamiyat tartib qoidalariga rioya etadi.
Demak, Farobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb bilgan. Farobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim - degan so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya - nazariy fazilatni, mahlum hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o‘rgatishdir, deydi olim.
Abu nasr Farobiy yana aytadiki: “Ta’lim - degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir. Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo‘lgan ish - harakat, kasb - hunarga berilgan bo‘lishi, o‘rganishidir” [1].
Farobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan har bir kishi xulq-odobda ham qay darajada pok bo‘lishi kerakligini “Falsafani o‘rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to‘g‘risida”gi risolasida shunday ta’riflaydi: “Falsafani o‘rganishdan avval o‘zingizni hirs-havaslardan shunday tozalashingiz lozimki, sizda maishiy va shahvoniyat kabi noto‘g‘ri tuyg‘ularga emas, balki kamolotga bo‘lgan hirs-havas qolsin. Bunga xulq axloqni faqat so‘zdagina emas, balki haqiqatda (amalda) tozalash orqali erishish mumkin. Shunday so‘ng xato va adashishdan saqlovchi, haqiqat yo‘lini tushunib olishga boshlovchi (notiq - so‘zlovchi, fikrlash mahnosida) nafsini, jonini, ruhini tozalash zarur”
Farobiy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonllik, donolik va mulohazali bo‘lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko‘pchilik manfaatini yuqori qo‘yish, haqiqat, ma’naviy yuksaklikka intil, adolatliylik kabi hislatlarni tushunadi. Ammo bu hislatlarning eng muhumi har bir insonning bilimli, ma’rifatli bo‘lishidir. SHuning uchun ham Farobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog‘liq holda, tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi. Bundan biz Farobiyning axloqni xulq me’yorlari ifodasi sifatidagini emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining natijasi sifatida ham talqin etganligini ko‘ramiz. Farobiy “Aql mahnolari haqida” risolasida aql masalasini tahlil qilib, aql bilish haqidagi ta’limotida mantiq (logika) ilmi muhim o‘rin tutadi deydi. U mantiq ilmi bilan grammatika o‘rtasidagi mushtarakligini qayd etib, mantiqning aqlga munosabati, grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yo‘lda olib borish uchun aqlni to‘g‘irlab turadi deydi.
Farobiy “Musiqa haqida katta kitob” degan ko‘p jildi asari bilan o‘rta asrning yirik musiqashunosi sifatida ham mashhur bo‘ldi. U musiqaga ilmini nazariy, amaliy jihatdan yoritib, muzikani inson axloqini tarbiyalovchi sihat salomatligni mustahkamlovchi vosita deb qaragan. Uning musiqa sohasida qoldirgan merosi muzika madaniyati tarixida muhim ahamiyatga molikdir.
Farobiyning ta’lim-tarbiya yodlari, usullari vositalri haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘l - ta’lim va tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi. Ta’lim nazariy fazilatlarini birlashtirsa, tarbiya esa tug‘ma fazilat - nazariy bilimlar va amaliy kasb - hunar, xulq odob fazilatlarini birlashtiradi. Ta’lim so‘z va o‘rganish bilan tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, deydi. Har ikkalasi birlashsa yetuklik namoyon bo‘ladi, ammo bu yetuklik bilim va amaliy ko‘nikmalarni qay darajada o‘rganganligiga qarab paydo bo‘ladi, deb ko‘rsatadi [2].
Farobiy ta’limda barcha fanlaming nazariy asoslari o‘rganilsa, tarbiyada ma’naviy - axloqiy qoidalar, odob mehyorlari o‘rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. Bu muhim vazifa tajribali tarbiyachilar tomonidan ta’lim- tarbiyaning turli metodlari yordamida amalga oshiriladi. Farobiy ta’lim-tarbiya ishlarini ikki yo‘l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi.
“Amaliy fazilatlar va amaliy san’at (kasb-hunar)lar va ularni bajarishga odatlanish masalasi”ga kelganda, bu odat ikki yo‘l bilan hosil qilinadi: bulardan birinchisi - qanoatbaxsh so‘zlar, chorlovchi, ilxomlantiruvchi so‘zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g‘ayrat, qasd-intilish harakatga aylantiriladi.
Ikkinchi yo‘l (yoki usul) - majbur etish yo‘li. Bu usul gapga ko‘nmovchi, qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan qo‘llaniladi. Chunki ular o‘z istaklaricha so‘z bilan g‘ayratga kiradiganlardan emaslar. Ulardan birortasi nazariy bilimlarni o‘rganishga kirishsa, uning fazilati yaxshi bo‘ladi. Kasb hunarlarni va juz’iy san’atlarni egallashga intilish bodmasa, bunday odamlarni majbur etmaslik kerak. Shahar xalqlariga tarbiya berishdan maqsad - ularni fazilat egasi qilib va san’at ahllariga aylantirishdir.
Demak, Farobiy ta’lim-tarbiyada rag‘batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surgan. Har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga yetkazish maqsadini ko‘zlaydi. Farobiy pedagogik ta’limotining asosida komil insonni shakllantirish, insonni o‘z mohiyati bilan ijtimoiy, ya’ni faqat jamiyatda, o‘zaro munosabatlar jarayonida komillikka erishadi, degan falsafiy qarashi yotadi. Insonning kamolga yetishida ham aqli, ham axloqiy tarbiyaning o‘zaro aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda, Farobiy tavsiya etgan ta’lim - tarbiya usullari hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi bilan diqqatga sazovordir.
Umumiy tarix doirasida ham o’rta asrlarda SHarq uzoq vaqt g’arbga nisbatan ilgarilab ketgan. Xitoy, Hind, Arab, Eron, O’rta Osiyo madaniyati bu davrda g’arbga nisbatan erta rivojlangan.
O’rta Osiyoda ilm-fan ma’rifatning rivojlanishi, bu hududdagi ilmiy dunyoqarashlar bilan belgilanadi. Bizning davrimizgacha arab istilosigacha bo’lgan davrdagi ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti haqidagi ma’lumotlar saqlanib qolmagan. CHunki arab xalifaligining O’rta Osiyoga Islom dinining yoyilishi va buning oqibatida O’rta Osiyoda bu diniy qarashlariga qarama-qarshi bo’lgan yozma adabiyotlarning hammasi mutlaqo yo’q qilib yuborilgan. Bundan tashqari O’rta Osiyodagi o’zaro feodal urushlar ham ilm-fan va madaniyatning taraqqiyotiga salbiy ta’sir etgan. XSH asrda O’rta Osiyoni mo’g’ullar bosib oladi va o’rta asrlarda yaratilgan fan va madaniyat sohasidagi ilmiy adabiyotlarning to’plangan qismi shu bosqinchilar tomonidan yo’q qilib yuboriladi. SHunga qaramasdan O’rta Osiyoda ilm-fan va madaniyat yuqori darajada rivojlangan deb ayta olamiz.
O’rta asrlarda O’rta Osiyoda qator-qator olimlar, mutafakkirlar yashab ijod etgan. Ular faqat dinga talluqli fanlardangina rivojlanib qolmasdan, ilm-fanning shunday sohalari: riyoziyot, falsafa, astranomiya, meditsina, pedagogika, anatomiya, etika-estetika, psixologiya va hakazo fanlar bo’yicha butun jahon tan oladigan darajada ilmiy asarlar yaratgan. Bu asarlarni faqat O’rta Osiyo kitobxonlari o’qib qolmasdan, balki butun jahondagi taraqqiyparvar mutafakkirlar ham o’quv risolasi sifatida foydalangan, ana shunday olimlardan biri Abu Nosir Muhammad Ibn Tarxan (Al Farobiy)-870-950 yillarda Farob shahrida tug’ilgan. Farobiy Aristotel’ va Platonning ishlarini O’rta Osiyoda keng ommalashtirgan, shuning uchun g’arbda ikkinchi muallim degan nom olgan.
Farobiy yozgan asarlaridan bizning e’tiborimizga falsafa, pedagogika, psixologiya, etika-estetika bo’yicha asarlari qiziqtiradi. Farobiyning fikricha muhit va tarbiyaning ta’sirida inson shaxsining ahloqiy sifatlari shakllanadi. Ahloq-tushunchasi Farobiy inson xarakteri bilan chambarchas bog’liq deb hisoblaydi. CHunki xarakterdagi har bir xislatlarni yaxshi tomonga qaratib o’zgartirish mumkin. SHunga asosan inson ahloqini faqat yaxshi tomonga qaratib o’zgartirish mumkin. Uning fikricha inson shaxsining barkamol shakllanishi uchun 4 ta to’siq bor:




  1. Download 68.06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling