MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
_____________________________________ FAKULTET
_____________________________________ YO’NALISH
______________________________________FAN
Mavzu: Abu Nasr Farobiyning shaxs borasidagi psixologik qarashlari
Topshirdi:__________________
Qabul qildi:_________________
Toshkent 2022
Abu Nasr Farobiyning shaxs borasidagi psixologik qarashlari
Reja:
Psixologiya haqidagi ilmiy bilimlarning rivojlanashi.
Psixologiya tarixi metodi.
Psixologiya tarixining manbalari
Abu Nasr Farobiy o‘rta asr davri ilmiga qo’shgan hissasi
Farobiy shaxsga oid psixologik qarashlari
XU asrda yashab o’tgan italiyalik filosof Lorenso Valla shunday degan ekan. «Tarix shunchalik foydaliki. U donishmandlik bilan to’lib-toshgandir».
Psixologiya tarixi fanining predmeti:
Psixologiya tarixi psixologiya g’oyalarining yo’li va taraqqiyotini o’zida mustahkamlaydi. Psixologiya tarixini o’rganmay turib psixologiyada oqim va yo’nalishlarning fanga kiritgan yangiliklarini, xato va kamchiliklarini bila olmaymiz. Psixologiya tarixi fanining vazifasi esa psixika haqidagi ilmiy bilimlarning rivojlanishi va paydo bo’lishini tahlil qilishdir. Psixologiya haqidagi ilmiy bilimlarning rivojlanishining umumiy va asosiy qonuniyati g’oyalar kurashida ifodalanadi, birinchi galda (materilistik) psixikani materialistik va idealistik tushunishda ifodalanadi. Psixologiyaning butun tarixi davomida idealizm bilan materializm o’rtasida kurash ketgan. Bu kurash psixologiyaning mohiyatini tushunishga hamda insondagi psixik va fiziologik hodisalarning o’zaro munosabatlarini tushunishda ifodalangan. SHu bilan bir qatorda har ikki yo’nalish ham psixikani tushunishga o’z hissalarini qo’shganlar.
Psixologiya fanining asosiy rivojlanish qonuniyatlardan biri bu bitta asosiy nazariyani ishlab chiqishga bo’lgan intilishdir. Psixologiya tarixida turlicha qarashlar va yo’nalishlar bo’lishiga qaramasdan bu fanning predmeti, yana hayvon va insonlarga xos bo’lgan psixika, psixik hayot birdayligicha qo’llavoradi. Tarixiy jihatdan psixolo giyani o’rganish predmeti emas, balki shu predmetni tushunish psixik hayot mohiyatini tushunish o’zgarib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |