Mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti fizika fakulteti fotonika kafedrasi Magistranti Yunusov Odilning Ilmiy seminarni tashkil etish yuzasidan Yanvar oyi hisoboti Yanvar


Download 11.73 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi11.73 Kb.
#1620219
Bog'liq
Hisobot oylik Yunusov Odil


MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
FIZIKA FAKULTETI
Fotonika kafedrasi Magistranti
Yunusov Odilning
Ilmiy seminarni tashkil etish yuzasidan Yanvar oyi hisoboti
Yanvar oyida,o’zimga ilmiy rahbar tanladim va ilmiy rahbarim menga magistrlik disertatsiya mavzusini tanladi. Menga qo'yilgan mavzu: Optical properties of spacetime around black hole with scalar hair. Keyin, ilmiy ishni ilmiy rahbar boshchiligida qay tarzda mavzuni muhimligi yuzasidan umumiy tafsilotlar olish bilan shug'ulandim. Qo'yilgan muammoga doir hal etilgan masalalarni ilmiy jamoalar qay usulda yechib yoritilganiga dastab qiziqdim va o'z ishimni nimadan boshlash kerak ekanligi haqida ilmiy rahbarim bilan ish rejamizni tuzib oldik.
Bu ish uchun kerak bo’ladigan matematik konsepsiyalarni o’rgandim. Buning uchun Arfken “Matematical Methods for Physicists” va Fayzullayev B va Rahmatov A “Matematik fizika asoslari” va “Nazriy fizikaning matematik usullari” va R.X Mallin “Maydon nazariyasi” kitoblaridan foydalandim. Bundan tashqari ustozlarim, Bobomurat Ahmedov, Ahmadjon Abdujabborov, Farruh Atamurotov lardan Umumiy nisbiylik nazariyasi bo’yicha umumiy ma’lumotlar oldim.
Fevral oyida bu ishning fizik jihatlarini o’rganishni boshladim. Ilmiy ishning asosi Kvant mexanikasi bo’lganligi uchun . Bu fan bo’yicha kerak bo’ladigan kitoblarni va o’rganishim kerak bo’ladigan mavzularni ilmiy rahbarim ko’rsatmasi bilan, Bambi.C “Introduction to General Relativity”, Sean Caroll “Spacetime and geometry” va Schneider. P “Gravitational lensing: Strong, Weak and Micro” kitoblarini o’qib , dissertatsiyam uchun kerakli bo’lgan qismlarni o’rgandim. Shuningdek bunda dissertatsiya yozish uchun juda muhim sanalgan ba’zi dastur va saytlar bilan tanishdim. Jumladan, Wolphram Matematica dasturi va OverLeaf- online Latex editori ni o’rganishni boshladim. Bu o’rganish jarayonida asosan internet saytlari va you tube platformasidan foydalandim.

Mart oyida , Menga qo'yilgan masalarni yechishda asosiy masalalarni o'rganib ular haqida kerakli ma'lumotlar (ilmiy jurnallardagi maqolalar) bilan tanishish bo'ldi. Dolzarb muammolarni o'rganish va bugungi kunda nazariyotchilar ayni shu masala yuzasidan hal etayotgan ishlarni o’rgandim.Mavzuga tegishli bo'lgan dolzarb ilmiy maqolani qanday tashkil etilganligiga e'tibor qaratib strukturasiga diqqat bilan o’rgandim. Buning uchun ko’plab maqolalarni o’qib, ularning ba’zilarini esa to’liq tahlil qildim.
O'rgangan maqolalarim mavzusi asosan quyidagilar: “Gravitational lensing in a non-uniform plasma”- G.S. Bisnovayati-Kogan and O.Yu. Tsupko, “Gravitational lensing in 4D Einstein-Gauss-Bonnet gravity in the presence of plasma”- G.Z. Babar, F. Atamurotov, A.Z. Babar.

Aprel oyida, Boshqa ko’plab maqolalar bilan tanishdim va ularni o’rgandim. Ulardagi strukturalar va yozilish tartibini o’rgandim. Bunda asosan “gravitational lensing in the presence of plasma” va “Black hole’s shadow in the presence of plasma” mavzularida yozilgan ma’qolalarni o’qib ularni yaxshi tushunishga harakat qildim va o’zimning ilmiy ishim uchun abstract yozdim.


Abstract:
Gravitational weak lensing around a hairy black hole has been deeply studied in the presence of a plasma medium. The obtained results have shown that the effect of parameters a and l0 on the deflection angle of light rays around the black hole in hairy spacetime is perceptible. With an increase of parameter a the deflection angle of the photon orbits decreases, and the effect of the plasma on the deflection angle is the opposite. Here, we discussed different types of distribution: Uniform, Singular Isothermal Sphere medium, 1/r and Non-Singular Isothermal gas sphere plasma. Additionally, the total magnification of the image source due to gravitational lensing has been also studied taking into account the effect of deviation parameter a and parameter l0 related to hairy spacetime in the presence of plasma around the black hole.
Download 11.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling