Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulteti


Download 18 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi18 Kb.
#196451
Bog'liq
menejment oraliq


Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulteti

Mintaqaviy iqtisodiyot yo’nalishi II bosqich talabasi

Egambergenov Asadbekning Menejment fanidan oraliq nazorat ishi

8-вариант



  1. F.Teylorning mehnatni boshqarish usullari.

  2. Mehnatni innovatsion boshqarishga o’tishning asosiy omillari va shartlari.

  3. Boshqaruvning klassik maktabi g’oyalari.

Teylorning mehnatni boshqarish usullari. XIX asr oxiri XX asr boshlarida AQSH lik muhandis va olim F.U. Teylor(1856-1915) tomonidan mehnatni ratsional tashkil etish qonuniyatlariga asoslangan qat`iy bilimlar tizimini kashf qilgan. Uning mehnatni boshqarishning eng muhim 4 ta tamoyilini ajratgan. Teylor tamoyillari dastlab AQShda, soʻngra Buyuk Britaniyada mehnatni tashkil etish tarzida amaliyotga joriy qilingan. Teylorning boshqarish nazariyasi keyinchalik amerikacha menejment falsafasining asosiy manbalaridan biriga aylangan va Teylorizm deb nomlangan.

Teylorning 4 ta tamoyili :

1. biz ishni bajarishning eski texnikasi bilan odatlanib qolmasligimiz kerak, aksincha ishni ancha soddalashtiradigan, osonlashtiradigan va tezlashtiradigan yangi texnikalarni ishlab chiqish uchun doimiy ravishda tajriba o'tkazishimiz kerak.

2.ishchi va menejerlarni ilmiy mezonlar asosida professional tanlash;

3. Turli odamlar tomonidan amalga oshiriladigan barcha tadbirlar o'zaro hamkorlik ruhida amalga oshirilishi kerak. Teylor menejer va ishchilar birgalikda standartlarni aniqlashlarini taklif qilgan. Bu javobgarlikni oshiradi deb hisoblagan.

4.ishchilar va menejerlar oʻrtasida masʼuliyatning tekis va adolatli taqsimlanishi.

Uning tashkiliy unsurlari:

-tannarxni hisoblashning matematik usuli;

-mehnatga haq toʻlashning tabaqalashgan tizimi;

-vaqtni va mehnat harakatlarini oʻrganish usuli (xronometraj);

- mehnat jarayonini qismlarga boʻlish va ratsionalizatsiyalash;

-funksinal maʼmuriyat;

- instruksion kartochkalar va boshqa

Teylorning fikricha, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga faqatgina mehnat jarayonini, usullarini, asboblarini standartlashtirib erishish mumkin. Ishchilar oʻz vazifalarini mutlaqo mexanik tarzda bajarishlari lozim, ishlab chiqarish boshqaruvi esa yetarli bilim va malakaga ega boʻlgan tashabbuskor maʼmuriyat tomonidan amalga oshirilishi kerak. Teylor moddiy manfaatdorlik tamoyilini oʻz nazariyasiga asos qilib oldi, yaʼni ish haqi yordamida ishchi mehnatini maksimal ravishda intensivlashtirish mumkin, degan fikrni olgʻa surdi. Teylor ijtimoiy-falsafiy konsepsiyasining markaziy tamoyiliga koʻra ish haqi oxiroqibat ishchining ishlab chiqarish.ga qoʻshgan hissasiga mos boʻlishi hamda ishlab chiqarishni kengaytirishga olib kelishi lozim.

Oʻz konsepsiyasini ishlab chiqarish.da Teylor tadqiqot oʻtkazishning aniq usullari — intervyu, anketa, kuzatish usullaridan foydalandi.

2. Mehnatni innovatsion boshqarishga o’tishning asosiy omillari va shartlari. Mehnatni innovatsion boshqarish iqtisodiy o‘sishning ilmiytexnik turiga mosroq keladi. Bu boshqaruv ishning yuqori unum - dorligi va sifatini ta’minlash, xodimlarning ijodiy va tashkiliy faolligini oshirish, «inson resurslari»dan epchillik bilan va moslashtirilgan holda foydalanish, firma mehnatkashlarining zaruriy sodiqligini ta’minlashga qaratilgan. Mehnatni innovatsion boshqarish malakali mehnat, yuqori sifatli ishchi kuchiga mo‘ljallangan. Menejment mehnat resurslarining tabaqalashtirilgan siyosatini o‘tkazadi. Korporatsiyalarda doimiy yuqori malakali xodimlarning «o‘zagi» va «chetki qism» — shaxsiy shartnomalar bo‘yicha vaqtinchalik, qisman bandlik tamoyillarida ishlovchilarga ajratiladi. Qoidaga ko‘ra, firmalarning o‘zlari xodimlarni tanlash malakasini oshirishni amalga oshiradi, novatorlarni ajratadilar va g‘oyalarni ilgari suradi. Menejerlar zamonaviy xodimlarning ijodiy mehnatga, ilgari surilgan g‘oyalarni amalga oshirishga, adekvat mukofotlanish va tan olinishga intilishlarini hisobga oladilar. Ijrochilarni xo‘jalik qarorlarini tayyorlash va qabul qilishdagi ishtiroklarining kengayishi, xodimlar va ishchi guruhlarining o‘zini o‘zi boshqarishi mehnatni tashkil etish va boshqarishning muhim jihati bo‘ladi.

3. Boshqaruvning klassik maktab g’oyalari. Menejment asosini tashkil etgan qonun-qoidalar xususiyatiga bogʼliq ravishda xorijiy boshqaruv maktablari turlicha guruhlarga boʼlinadi. Jumladan “Klassik”, «Inson munosabatlari», «Emperik», «Ijtimoiy tizimlar» va «yangi» maktablardan iborat. Menejmentning “Klassik” maktabi namoѐndalari amerikalik muxandis va tadqiqotchi F.Teylor, frantsuz olimi А.Fayolь, ingliz olimi L.Urvin, nemis iqtisodchilari M.Veber, G. Ford, G.Emersonlardir. Boshqaruvning klassik maktabi toʼrt muhim element- mehnat taqsimoti, boshqaruvning tabaqalanishi va koʼp boʼgʼinliligi, tashkil etish tartibi, boshqaruvning mumkin boʼlgan chegaralarini oʼrganadi. Shunday qilib, boshqaruvning «klassik» maktabi insonning turli tuman faoliyatini boshqarishga qoʼllash mumkin boʼlgan tamoyillarini asoslab berishga harakat qilgan. U boshqaruvni tashkil etishning qator tamoyillarini oʼrgangan. Bu maktab haqiqiy ilmiy boshqaruv nazariyasi darajasiga koʼtarila olmagan. Bu maktabning vujudga kelishida amerikalik muxandis va tadqiqotchi Frederik Teylorning xizmati katta. Teylor xizmat pog’onasining barcha darajalarini АKShdagi Bstlegemdagi yirik metallurgiya korxonasining kichik xizmatchisidan boshqaruvchisigacha bo’lgan lavozimlarni egallagan. U birinchilar qatorida ishlab chiqarishning ayrim jarayonlarini tashkil etish xamda butun korxonani boshqarishga ilmiy yondoshishni qo’lladi. Uning «korxonani ilmiy boshqarish asoslari», «Boshqarishni ilmiy tashkil etishning tamoyil va usullari», «Sanoat korxonalarini maʼmuriy-texnikaviy tashkil etish» kabi mashxur asarlari xorijda chop etilgan ishlab chiqarishni boshqarishni ilmiy tashkil etish bo’yicha adabiyotlarning katta to’plamiga asos soldi. Teylor mexnat jarayonlarini maxsus funktsional boshqarish zarurligini asoslab berdi, jismoniy mexnat bilan bir katorda ishlab chiqarishni tashkil etishni tarkibiy unsurlarga ajratib kursatishga xarakat qilgan tomonidan ishlangan sxemada ulda-julda, pala-partish ishlash mumkin emasligi, xar bir narsa oldindan uylangan, ishning barcha shartlari va usullari oldida aniq, belgilangan bulishi aks ettirilgan. Teylor kishi aql-zakovatiga katta eʼtibor bergan. Masalan, u korxona ustasi quyidagi tuqqiz sifatga ega bulishi kerakligini taʼkidlagan:

1) aql-zakovatga;

2) maʼlum mʼlumotga;

3) ish tajribasiga;

4) odobga;

5) gayratga;

6) ziyraklikka;

7) xalollikka;

8) tug’ri fikr yuritishga;

9) yaxshi saomatlikka;



shu bilan birga Teylor bu sifatlarning barchasiga ega bulgan kishini topish juda mushkul ekanligini aytgan. Kupchilik faqat uchta sifatga ega buladi - ular oddiy ish xaqi tulanadigan ishga olinishi mumkin. Bu sifatlarning turttasiga ega bulgan kishi nisbatan kup xaq tulanadigan ishga olinishi kerak. Beshta sifatni uzida jam etgan kishini topish ancha mushkul, olti, yetti, sakkiz sifatga ega kishini topib bulmaydi. Аgar yuqorida sanab utilgan tuqqiz sifatga ega bulgan kishi topilsa, uni usta lavozimiga emas, boshqaruvchi lavozimiga qabul kilish lozim.
Download 18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling