3- seminar mashg‘uloti. Mavzu: Xulq-atvorning psixofiziologik asosi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
3- seminar mashg‘uloti. Mavzu Xulq-atvorning psixofiziologik asosi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Elementar (sodda) sensor psixika bosqichi 2.Perseptiv bosqich bo‘lib, u tashqi, 3. Intellektual bosqich
3- seminar mashg‘uloti. Mavzu: Xulq-atvorning psixofiziologik asosi. Materiyaning aks ettirish shaklini quyidagicha ifodalash mumkin: MATERIYANING AKS ETTIRISH SXEMASI Anorganik materiya: Mexanik Fizik Ximik Organik materiya: Biologik Psixik A.N.Leontev o„zi ifodalagan psixik rivojlanish bosqichlariga asos qilib oldi. A.N.Leontev bo„yicha psixika rivojlanish bosqichlarining jadval ko„rinishi va ularning sxematik ifodalanishi: 1.Elementar (sodda) sensor psixika bosqichi 2.Perseptiv bosqich bo‘lib, u tashqi, 3. Intellektual bosqich - yuksak darajada rivojlangan nerv tizimiga ega bo„lganlar, ya'ni odamsimon maymunlarga xosdir. Seskanuvchanlik va tropism. Hamma tirik organizmlar o„simliklardan tortib, hayvonlargacha aks ettirishning biologik shakli seskanuvchanlik xususiyatiga egadir. Seskanuvchanlik - tirik organizmning biologik ahamiyatiga ega bo„lgan ta'sirlariga javob qaytarish qobiliyatidir. Biotik, ya'ni biologik ahamiyatga ega bo„lgan omillariga maxsus harakatlar bilan reaksiya qilish usullariga tropizm yoki taksislar deyiladi. 1.Fototropizm - bu jonli organizmning yorug„lik ta‟siri ostida harakatlanish tendentsiyasi. Masalan, yoz kuni tungi chiroq yorug„ligiga mayda chivinlarning uchib kelishi. 2.Termotropizm - tirik organizmning issiqlik ta'siri ostida harakat qilishga moyilligidir. Masalan, bahor kelishi bilan qashoratlarning jonlanib harakatga kelishi. 3.Xemotropizm - muayyan fizikaviykimyoviy muhitni tanlash va ta‟sirlanish tendentsiyasi. Masalan, achigan, qatiq, mevalarga mayda chivinlarning yig„ilishi. 4.Topotropizm - mexanik usul bilan qo„zg„otuvchining ta‟siri ostida harakatlanish tendentsiyasi. Masalan, chirigan olmaga tegilsa, unga yig„ilgan mayda hashoratlarning hammasi uchib ketadi. Mimoza o„simligiga tegilsa, u darhol yaproqini yopib oladi. 5.Gemotropizm - tirik organizmning quyosh nuri ta'siri ostida harakat qilishga moyilligidir. Masalan, kungaboqar o„simligining quyosh nuri tomon harakatlanishi. 6.Barotropizm - tirik organizmning havo bosimi ostida harakat qilishga moyilligidir. Masalan, havo bulut bo„lganida, havoda uchib yurgan hashoratlar yerga pastga qarab uchadilar. 7.Gidrotropizm - tirik organizmning namlik suv ta'siri ostida harakat qilishiga moyilligidir. O„simliklarda aks ettirishning biologik shakli faqatgina tropizmlardan iborat bo„lib, bu harakatlar o„simliklarga o„z-o„zini boshqarishiga yordam beradi, ya'ni ular o„zlari uchun foydali bo„lgan manbaga qarab intiladi yoki o„zini himoya qilishga doir boshqacha harakat qiladi. Masalan, nomozshomgul kechki payt ochilib, kunduzi yoruqlikdan yopiladi. Hayvonlarda aks ettirishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga keladi. Sezuvchanlik qobiliyati tufayli, hayvonlar, o„simliklarga nisbatan ancha ko„p ta'sirotlarni aks ettirish imkoniyatiga ega bo„ladi. hayvon nerv tizimi va miyasi qanchalik yuksak darajada taraqqiy etgan bo„lsa, uning psixikasi ham shunchalik yuqori bosqichga ko„tarilgan bo„ladi. Odamda psixikaning rivojlanishi eng yuqori bo„lib, ong darajasiga ega. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling