Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi
Parfiya davlatining boshqaruv tizimi
Download 0.73 Mb.
|
Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon ta
Parfiya davlatining boshqaruv tizimi. Salkam besh yuz yil mavjud bo‘lgan qadimgi Parfiyada o‘ziga xos boshqaruv tizimi vujudga keladi. Hokimiyat cheklanmagan monarxiya qo‘lida edi. Mamlakatda keyingi o‘rinda turuvchi podsho zodagonlari “vazurgi” deb atalgan. Ya’ni, yarim qaram knyazlar viloyat hokimlari va boshqa amaldorlar zodagon aristokratiya ierarxiyasi pog‘onasida turar edi. Ularning barchasi “podsholar podshosi”ga xizmat qilishi lozim bo‘lgan.
Harbiy xizmatda harbiylarning kiyimlari bir xil bo‘lgan. Davlat boshqaruvida saroy etikasi mavjud bo‘lgan. Parfiyaning ijtimoiy-tabaqaviy tizimi doimo sayqallashib, mukammallashib borgan. Parfiya ko‘p millatli mamlakat edi. Bu erda ellin madaniyatini o‘zida aks ettirgan shaharlardan tortib, patriarxal-urug‘ tizimiga ega arab knyazliklari va yarim qaram podsholiklar ham mavjud edi. Ularning barchasi o‘z tangasini zarb qilish huquqiga ham ega bo‘lgan. Xususiy mulklar “dastakert” deb nomlanib, u erda ishlashga qullar biriktirilgan. Shu bilan birga ozod dehqonlar ham ushbu mulklarda ishlashga majbur bo‘lgan. Urushlar natijasida asir olingan harbiylarni qullarga aylantirib, ularni “anshaxrik” (ajnabiy) deyishgan. Tarixchi Pliniyning ta’kidlashicha, parfiyaliklarga 18 ta podsholik bo‘ysungan. Parfiyada ko‘chmanchi –urug‘chilik tizimi va urf-odatlari saqlanib qolgan edi. Parfiyada qudratli zodagonlar urug‘lariga Koren, Suren, Mixranlar va boshqalar kirgan. Ularning har birining o‘z qo‘shini bor edi. Ayrim amaldorlar atamalari salavkiylardan (arxos – “boshliq”) meros qolgan. Hatto bir nechtalari ahmoniylardan (arkapat – “qal’a boshlig‘i” ) ham o‘zlashtirilgan edi. Mahalliy eronliklar boshqaruv tizimidan “naxvadar” – “birinchi o‘rinni ushlab turuvchi”, kavkazortida eroniy tildan olingan “bitaxsh” – “noib” degan unvonni borligi Parfiyaning mahalliy boshqaruv tizimlaridan boshqalar ham unumli foydalanganligidan dalolat beradi. Viloyat hokimi “shaxrab” deb atalgan. Ularning ustidan “marzban” – “chegarani muhofaza etuvchi” turgan. Har bir viloyatni o‘ziga xos soliq tizimi ham bor edi. Arshakiylar davrida Parfiya madaniyatini, mintaqadagi madaniyatdan alohida yaxlit sifatida ta’riflash qiyin. Shu bilan birga ko‘chmanchi dax (yoki sak) lar o‘z madaniyatini o‘troq eroniy etnoslarga majburan joriy qilgan deb ham bo‘lmaydi. Zero, ikkala tomonning bir-biriga madaniy-ma’rifiy ta’siri bir xil kechgan degan fikr hozirgi kunda g‘arb olimlari orasida ham munozarali hisoblanmoqda. Parfiya davlati tarkibida boshqa eroniy xalqlardan tashqari, jumladan, yunonlar Salavkiyada o‘z ilohlariga qurbonlik keltirishgan bo‘lsa, Fors o‘lkasida mahalliy xalq zardushtiylik ilohlari- Axuramazda va Anaxitaga bag‘ishlab marosimlar o‘tkazar edilar. Albatta, mazkur hududda zardushtiylikning muqaddas kitobi Avesto o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Arab knyazliklaridan biri bo‘lgan Xatrada mahalliy somiy ilohlari garchand ularni qiyofasi ellin xudolari tasvirida bo‘lsada, ularni ulug‘lash davom etavergan. Misol uchun al-Lat xudosi – Afina, quyosh xudosi Shams esa – Gelios tasvirida bo‘lgan. Rim va Parfiya davlatlari chegarasida joylashgan Dur-Evropos shahrida Zevs-Teos ibodatxonasi yuqoridagi fikrlarga dalil bo‘ladi. Shu bilan birga zardushtiylikdagi Mitra xudosiga sig‘inish kuchayib borgan edi. Mitraviylik Kichik Osiyo orqali hatto Rim imperiyasiga ham kirib borgan. Parfiyaning tasviriy san’ati eroniy va ellin madaniyati ta’siridan ilhomlangan bo‘lsada, rasmli tasvirlarda mahalliy rang-baranglikni o‘zida mujassamlashtirgan edi. Ayniqsa, Gerakl qiyofasini tasvirlash keng shuhrat qozongan. O‘z navbatida, Parfiya me’morchiligi ellinlarning madaniy ta’siriga qaramasdan yuqori darajadagi yutuqlarga erishdi. Ya’ni binokorlikda tomlarni qubbasimon shaklda yopish va ayvonlar qurish tizimi sharq madaniyatini o‘zida aks ettirar edi. Podsholarni qiyofasini tasvirlash, o‘ziga xos mahalliy urf-odatlar ta’sirini ko‘rsatar edi. Keyinchalik milodiy III-IV asrlarda sosoniylar bu madaniyatni yuqori cho‘qqiga olib chiqdilar. Parfiyada davlat tillari bir nechta bo‘lgan. Ayniqsa, mamlakatda hujjat ishlarini yuritishda va tanga zarb qilishda yunon tilidan keng foydalanilgan. Yunon tili shaharlar va savdo-sotiq tili bo‘lib xizmat qiladi. Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, Parfiyada teatr tomoshalari ham o‘tkazilib kelingan. Parfiyada davlat tilidan tashqari oromiy yozuvi asosida somiy tilidan keng foydalanilgani manbalarda ta’kidlanadi. Parfiyaliklar tili na’munalari qadimgi Niso shahridan topilgan arxiv hujjatlarida ham o‘z aksini topgan. Parfiyada Eron xalq og‘zaki ijodi vakillaridan “goshanlar”(baxshilar) faoliyat olib borganlar. Xulosa qilib aytganda, Parfiya, qadimgi Eron xalqlari sivilizatsiyasini rivojlanishida o‘chmas iz qoldirgan. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling