Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi


Qadimgi Hindiston dini va madaniyati


Download 0.73 Mb.
bet45/53
Sana02.06.2024
Hajmi0.73 Mb.
#1840239
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53
Bog'liq
Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon ta

Qadimgi Hindiston dini va madaniyati.


Qadimgi Hindiston madaniyatiga ibtidoiy davrdayoq asos solingan edi. Qadimgi hind yozuvi Moxenjo-doro va Xarappa davridayoq rasm shaklida vujudga kelganligi aniqlangan. Jumladan, topilgan muhrlar yuqoridagi fikrlarga misol bo‘la oladi. Bu jihat mulkiy tabaqalanishning qonuniy normalari mavjud ekanligini bildirgan. Keyinchalik sanskrit, yunon, oromiy, kushon yozuvlaridan Hindistonning turli hududlarida keng foydalanilgan. Mil. avv. III-ming yillik oxiri II –ming yillik boshlarida Hindiston madaniyati birmuncha yuksaladi. “Ramayana”, “Mahabxorat” va “Panchatatra” dostonlari qadimgi hind adabiyoti merosi hisoblanadi. Undagi obrazlar kishilarni rostgo‘ylik, sadoqat, mardlik, mehribonlik va boshqa yuksak ijobiy xislatni o‘zida tarbiyalashga chorlaydi.
“Ramayana” dostonida shahzoda Ram, o‘gay onasining siquvlari va tahqirlashlaridan ko‘ngli qolgach, o‘z yurtini tashlab ketishi va xavfli sarguzashtlari haqida so‘z boradi. Unda sevikli yori Sitani devlar podshosi Ravan
tomonidan o‘g‘irlab ketilishi va uni qaytarish yo‘lida Ramni maymunlar va ayiqlardan tuzilgan qo‘shinining devlar bilan olib borgan urushi tasvirlanadi. U devlarni engib xotinini ozod etadi va o‘z vataniga qaytib kelib, otasining taxtini qaytarib oladi.
Mashhur “Mahabxorat” dostonida esa podsholarning Bxarata sulolasidan chiqqan ikki oila avlodlari Kauravlar va Pandavlar (yoki Panduzodalar) o‘rtasida toju-taxt uchun olib borgan urushlari yoritiladi. Unda yovuzlik timsoli Kauravlar sulolasi sardori Duryatxan va uning tarafdorlari, Pandavlardan bo‘lgan aka-ukalar Yutxishtr, Bxim, Arjun, Nakul va Sagdevlar tomonidan mag‘lub etiladi.
Qadimgi hindlar dastlab animizmga yaqin diniy tasavvurlarga ega edilar. Ular hayvonlar, tabiatda mavjud bo‘lgan hodisalar (quyosh, olov, momaqaldiroq, chaqmoq, yomg‘ir, shamol va boshqalar) va turli ruhlarga sig‘inganlar. Ko‘chmanchi oriylar kirib kelgandan so‘ng mil. avv. IX-VIII asrlarda Braxmanizm dini paydo bo‘ladi. Bu din e’tiqodiga ko‘ra Braxma ilohi olam va insonlarni yaratgan hisoblanadi. Insonlar uning turli a’zolaridan paydo bo‘lgan deb hisoblaganlar. Braxmaning og‘zidan braxmanlar, qo‘llaridan kshatriylar, boldirlaridan vayshilar, oyoqlaridan esa shudralar paydo bo‘lganligiga ishonganlar. Keyinchalik yuqorida ta’kidlangan buddaviylik dini yuzaga keladi.
Qadimda Hindistonda aniq fanlar ham rivoj topgan edi. Bu erda astronomiya, geografiya va matematika fanlari taraqqiy etganligi manbalarda ta’kidlanadi. Hindlar birinchilardan bo‘lib, hisob-kitobda “nol” raqamidan foydalanishni bilganlar. Bu bilimlar ularga savdo-sotiqda katta yutuqlarga erishish imkonini yaratdi. Shu bilan birga ular 360 kunga bo‘lingan o‘z kalendarlariga ham ega edilar. Qadimgi Hindiston shaxmat o‘yinining vatani hisoblanadi. Dastlab harbiy va davlat boshqaruvi san’atini o‘zida aks ettirgan ushbu taktik o‘yin keyinchalik dunyoga mashhur bo‘lgan sport turiga aylandi.
Tabobatda hind tabiblari dori tayyorlashda turli xil dorivor o‘tlar va minerallardan foydalanishni bilganlar. Ular mingga yaqin dori turlaridan xabarlari bo‘lgan. Hatto jarrohlik ilmini yaxshi o‘zlashtirganlar.
Mil. avv. III asrlarda Hindiston madaniyatiga ellinistik madaniyat katta ta’sir ko‘rsatadi. Hindlar yunonlardan antik haykaltaroshlik usullarini o‘rganib olganlar. Qadimgi Hindiston san’atida naqqoshlik va haykaltaroshlik mukammal darajada uygg‘unlashib ketgan. Bu uslub keyinchalik kushonlar davrida Hindistondan Afg‘oniston orkali O‘rta Osiyoga ham kirib kelgan. Dastlab Budda tasvirini chizish, yasash odat bo‘lmagan. Asta-sekin Budda g‘ildiragini (quyosh) nur belgisini tasvirlash boshlangan. Buddaning dastlabki tasviri mil. avv. I asrga oid bo‘lib, uning asosi sifatida yunonlar orqali bu erga kirib kelgan antik obrazi- Appolon tasviri olingan. Shu tariqa Hindistonning shimoli-g‘arbida va Pokiston hududida Gandxar san’at maktabi shakllandi. Bu maktabda hind va yunon san’ati o‘zaro aralashib ketgan bo‘lib, u Hindiston madaniyatining yorqin bir ko‘rinishidir. Ayniqsa, Gandxar haykaltaroshlik san’ati yuqori darajada rivojlangan. Buddani toshda o‘yib tasvirlash yaratiladi. Ushbu madaniyat maktabi namunalari Madxura viloyatining ko‘rki hisoblanadi.
Mauryalar davridagi arxitekturada muhim o‘zgarishlar yuz beradi. Qoyalar va g‘orlarda buddaviylik ibodatxonalarini qurish ishlari amalga oshiriladi. Ayniqsa Sanchidagi ibodatxona Mauriylardan keyingi davrda diniy va siyosiy markaz vazifasini bajargan. Mil. avv. II-I asrlarda Sanchi ibodatxonasida ulkan stupa qurilgan. Ushbu ibodatxonada tosh darvozalariga buddaviylikka oid turli xil rivoyatlar tasviri tushirilgan.
Varanasi hududidan Ashoka o‘z ibodatxonalari uchun tosh ustun yasash maqsadida tosh olgan. Umuman olganda, qadimgi Hindiston madaniyati jahon sivilizatsiyalar tizimida o‘chmas iz qoldirgan.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling