Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi
Karnak ibodatxonasi (Yangi podsholik davri)
Download 0.73 Mb.
|
Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon ta
Karnak ibodatxonasi (Yangi podsholik davri)Amarnadagi saroylar xarobalari qadimda Misr fir’avnlarining qudratidan dalolat beradi. Misr fir’avnlari ko‘kka bo‘y cho‘zgan baland monolit (yaxlit tosh) yodgorliklarni ham toshdan yasatganlar. Misr arxitektorlari oddiy mehnat qurollar yordamida toshdan ulug‘vor binolarni qurganlar. Ular orasida Tutanxamon maqbarasi 1922 yilda Luksor shahridan uncha uzoq bo‘lmagan Shohlar Vodiysida topilgan. Topilma XX asr arxeologiya fanida katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi, chunki Tutanxamon maqbarasi talon-taroj etilmagan, o‘zining dastlabki ko‘rinishida topilgan shoh dahmalari ichida yakkayu yagona hisoblanadi. Undagi qimmatbaho narsalar shu qadar ko‘p ediki, ularni o‘rganib va tavsiflab, Misr muzeyiga eltish uchun rosa besh yil ketdi. Muzeyda uchta tobut qo‘yilgan, ulardan birining og‘irligi 110 kilogramm bo‘lib, sof oltindan quyilgan. Yosh Tutanxamonning oltin niqobi endilikda butun dunyoga mashhur. U 18 yoshida vafot etgan bu yosh fir’avnning chehrasini ishonchli tarzda qayta gavdalantiradi. Yana bir bebaho buyum – Tutanxamonning qimmatbaho javohirot bilan bezatilgan oltin taxtidir. Dastalari ilon shaklida ishlangan, o‘rindiqning har ikki biqinida arslon boshlari o‘rnatilgan. Taxt suyanchig‘ida o‘zining sevimli xotini bilan fir’avnning o‘zi tasvirlangan. SHuningdek, Luksor atrofida ham qator ibodatxonalar hozirga qadar saqlanib qolgan. Luksordan 67 km uzoqlikda Dender shahridagi Xatxor xudosiga bag‘ishlangan ibodatxona,undan shimolroqda fir’avn Seti I tomonidan Osiris sharafiga bunyod etilgan ibodatxona yoki Esna shaharchasida xudo Xnum sharafiga barpo etilgan ibodatxona( qadimgi Misr afsonalarida ushbu xudo kulolchilik charxida dunyo va odamlarni yaratgan deb,hisoblaydilar) shular jumlasidandir. Haykaltaroshlik qadimgi Misrda san’at darajasiga ko‘tarilib, haykallar asosan ohaktosh va granitdan yasalgan. Ilohlar va fir’avnlar tasviriga alohida e’tibor berilgan. Qadimgi Misr xudolari va fir’avnlarning ulkan tosh haykallari aholi ko‘rishi uchun tashqariga joylashtirilgan. Misol uchun fir’avnlar Amenemxet III, Tutmos III, Amenxotep IV, Tutanxamon, Ramzes II va boshqalarning ulug‘vor haykallari e’tiborga loyiqdir. Haykaltaroshlik san’ati Misrda qadimgi podsholik davridayoq yuksak darajada bo‘lgan.Qimmatbaho diorit toshidan yasalgan va hozirgi kunda Qohira muzeyida saqlanayotgan Xafraning bosh haykali dunyodagi eng nodir asarlaridan biridir.Bu asarda fir’avnning boshi bilan elkasi tasvirlangan. Uning yasama sochi, orqasidagi homiysi xudo lochin Xoryusning qanotlari orasiga yashiringan. Portretda birorta keraksiz egri, ortiqcha chiziqlarni topish qiyin. U yuksak darajada mahorat bilan ishlangan. Bu darhaqiqat, qudratli siymodir. Savlatli elkalar haqiqatan ham shohlarga xos buyuklikni sezdirib turadi. U ham shoh, ham xudo hisoblangan.Qadimgi podsholik davridagi haykallarning ko‘pchiligi shunga o‘xshash sifatga ega bo‘lgan. Keyingi sulolalar davrida san’at ko‘proq vatanparvarlik yo‘nalishida bo‘lgani bilan u hech qachon qadimgi podsholik davridagi singari ta’sirchanlik darajasiga ko‘tarilgan emas. Haykaltaroshlikda sfinkslar ham alohida o‘rin tutadi. Dastlabki sfinks qadimgi sulola vaqtida tayyorlangan. U erda yotgan sherni aks ettiruvchi qoya bo‘lgan. Eng mashhur sfinksni yuz qiyofasini keyinchalik Napoleon askarlari uning Misr yurishlari davrida vaqtichog‘lik uchun o‘qlar otib buzishga harakat qilishgan. Keyinchalik sfinkslar ibodatxonalar oldida ko‘plab barpo etiladi. Qadimgi misrliklar turli xil ilohlarga sig‘inganlar. Ularning dinida ko‘p xudolik alohida ahamiyatga ega edi. Masalan: Ptax ilohi yaratuvchi timsolida gavdalangan, unga Yuqori va Quyi Misrda ham ibodat qilganlar. Ra – quyosh hudosi, Osiris-hosildorlik va marhumlar dunyosida sudyalik qiluvchi xudo, Isida- onalik ilohasi, Set-urush va o‘lim xudosi, Anubis-marhumlar xudosi, Tot-donolik va oy xudosi, Xor-tog‘lar va osmon xudosi, Bastet-go‘zallik va hursandchilik ilohasi, Maat-adolat va haqiqat ilohasi, Montu-urush xudosi, Sebek-daryolar va ko‘llar xudosi, Seshat-yozuv, hisob-kitib va xotira ilohasi, Xapi-Nil xudosi va boshqalar. Umumiy hisob bilan qadimgi Misr tarixida mingga yaqin xudolar bo‘lgan. Qadimgi Misrda o‘z xudolarini yarim inson va yarim hayvon qiyofasida tasvirlaganlar va inson o‘limidan keyin uning boqiy ruhi mavjud deb, hisoblaganlar. Fir’avnlarni ko‘mishdan oldin uning tanasi kohinlar tomonidan mumiyolangan. Bu jarayon 70 kun davom etgan. Mumiyolash orqali fir’avn tanasini saqlab, tosh tobut “sarkofag”ga qo‘yishgan. Qadimgi misrliklarning tasavvurida har-bir inson “Ka” deb nomlangan ilohiy quvvatga ega bo‘lib, o‘limidan keyin ushbu quvvat yashashni davom ettirishiga ishonganlar. Qadimgi Misrda ilm- fan sohasida, ayniqsa, geografiya, geometriya, matematika, astranomiya, tibbiyot yaxshi rivojlangan edi. Masalan, Geliopolis va keyinchalik Sais shaharlarida kohin tabiblarni tayyorlaydigan ta’lim dargohlari bor edi. Ular bemorlarni davolashda hatto jarrohlik amaliyotidan ham foydalanishni bilganlar. Chunki, misrlik kohin tabiblar mumiyolash jarayonini yaxshi bilgani uchun, inson a’zolarining ichki tuzilishidan xabardor bo‘lganlar. SHu bilan birga shifobaxsh o‘simliklar yordamida odamlarni davolay olganlar. Yillar davomida Imxotepni hunarmandlar homiysi ma’bud Ptax va ma’buda Sekxmetning farzandi sifatida ardoqlab keldilar va Ptolemeylar davrigacha unga sig‘indilar. Ilohiylashtirilgan Imxotep sharafiga Karnak va Sakkarda ehromlar bunyod etildi. Sakkardagi ehrom Asklepeyon, kasalxona deb atalar edi, bu erda Imxotep bemorlarni davolardi. Aynan Imxotep sharafiga keyinchalik yunonlarda tabiblik ma’budi Asklepiy, rim mifologiyasida esa ma’bud Eskulap paydo bo‘ldi. Yuz yildan ortiq umr ko‘rib, Imxotep yorug‘ olamni tark etadi. Uning shogirdlari o‘z ustozlarini tangri tiriklay osmonga olib chiqib ketganiga ishonar edilar, zero u mo‘‘jizaviy tarzda g‘oyib bo‘lgan va uning jasadi qaerda ekanini hech kim bilmas edi. Bu rivoyat hali-hamon yashab kelmoqda. Qadimgi misrliklar quyosh kalendarini kashf etib astronomiya faniga ulkan hissa qo‘shganlar. Unga ko‘ra bir yil uch faslga bo‘linib, har bir fasl 4 oydan iborat bo‘lgan. Bir oy esa 30 kunni tashkil qilib, u dekadaga (10 kunlik) bo‘lingan. Shunda bir yil 36 dekadani tashkil qilgan. Qolgan besh kun bayram sifatida nishonlangan. Demak, qadimgi misrliklar hisobi bo‘yicha bir yil jami 365 kundan iborat bo‘lgan. Astronomiya bilan asosan kohinlar shug‘ullanganlar. Ularning hisobiga ko‘ra bir sutka 24 soatni tashkil qilgan.Astronomlarni kuzatuviga muvofiq, erta tongda Nil toshqinlarini yuz berishi yarqirab turuvchi Sirius yulduzining paydo bo‘lishi bilan to‘g‘ri kelgan.Bu jarayon yillar davomida kuzatilganiga qaramay, misrliklar o‘z taqvimlariga o‘zgartishlar kiritishmagan.Chunki, ularning taqvimida kabisa yili bo‘lmagan.SHuning uchun har to‘rt yilda Sirius yulduzini paydo bo‘lishi yangi kirib kelgan yil bilan bir kunga farqlangan. 120 yil o‘tib, bu xato bir oyni tashkil etgan. Ushbu xatoni bartaraf etish loyihalari bo‘lishiga qaramay, unga o‘zgartirish kiritilmagan. Vaqt o‘lchovida misrliklar kunduzi quyoshni soyasiga qarab soatni aniqlashgan. Tunda esa vaqtni aniqlash uchun suv soatlardan foydalanganlar. Shuningdek, xo‘jalik ishlarida qum soatlari ham keng qo‘llanilgan. Davlat boshqaruvida ish yuritish hamda xo‘jalikni rivojlanishi matematika fani taraqqiyotiga turtki beradi. Ular ehromlarning umumiy uzunligi, yuzasi va aylanasini hisoblashni bilganlar. Ijtimoiy fanlar orasida tarix fani o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan. Qadimgi davrdan boshlab Misrda podsholar dinastiyasi va muhim tarixiy voqealar yozib borilgan. Umuman qadimgi Misr madaniyati, insoniyat sivilizatsiyasini rivojlanishida muhim o‘rin tutgan. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling