Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi


Urartu davlatining xo‘jalik tuzilishi


Download 0.73 Mb.
bet27/53
Sana02.06.2024
Hajmi0.73 Mb.
#1840239
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53
Bog'liq
Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon ta

Urartu davlatining xo‘jalik tuzilishi.


Urartu qabilalari qadimgi davrlardan boshlab chorvachilik bilan shug‘ullanib kelgan. Chorvachilik uzoq davr ko‘chmanchilik (yaylovlik) xususiyatini o‘zida ifodalagan. Chorva mollari yozda tog‘li yaylovlarga haydab borilgan. Qishda esa, yana vodiyga pasttekisliklarga qaytarilgan. Sevan ko‘li sohillarida olib borilgan qazish ishlari natijasida topilgan suyak qoldiqlari sigir, qo‘y va cho‘chqa uy hayvonlarining keng tarqalgan turlaridan bo‘lganligini tasdiqlaydi. Urartu ponasimon yozuvlarida mazkur hayvonlarning nomlari Ossuriya ideogrammalariga muvofiq bayon qilinadi. Salmansar III Balvat darvozasida Gilzan mamlakatidan (Urmiya ko‘li yaqinida) chorvalarning haydab ketilishi tasvirlangan. Urartu podsholari o‘zlarining yozuvlarida o‘lja sifatida olingan ko‘p sonli chorvalarni tilgan olgan. Urartu podshosi Sardur II Kavkaz ortiga qilgan yurishidan keyin 110 ming bosh yirik va 200 ming bosh mayda shoxli mollarni haydab ketgan. Ossuriya hukmdorlari Urartudan ko‘p sonli mollarni haydab ketgan. Urartlarning chorvachilik xo‘jaligida yilqichilik muhim ahamiyat kasb etgan. Urartuning ayrim viloyatlarida miniladigan otning alohida nasllari maxsus ko‘paytirilib boqilgan. Ko‘pincha otlar g‘ildirakli aravalarga qo‘shilgan va yuk tashish maqsadida foydalanilgan. Chavandoz va ikki g‘ildirakli arava tasviri ayrim yodgorliklarda
saqlanib qolgan. Ossuriya va Urartu podsholari ko‘pincha o‘zlarining yozuvlarida ko‘p sonli otlarni harbiy o‘lja sifatida qo‘lga olgani to‘g‘risida ma’lumot qoldirgan. Shuningdek, og‘ir yuklarni tashish uchun ot bilan bir qatorda tuya va eshaklardan foydalanganlar. Urartu podsholari yozuvlarida tuyalar tilga olinadi. Bu hayvonlardan sug‘orish ishlarida, jumladan, to‘g‘on bostirish ishlarida keng foydalanilgan. Mil. avv. VIII asrda tuyalar butun mamlakat bo‘ylab ma’lum
bo‘lgan. Lekin ularning soni nisbatan ozchilikni tashkil qilgan.
Qadimgi urartlarning xo‘jaligida dehqonchilik katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Qadimgi Armaniston hududlarida qadimgi davrlardan buyon bug‘doyning turli navlari yangi iqlimga moslashtirilgan. Yer haydash uchun ikkita ho‘kiz qo‘shilgan, og‘ir omochlardan foydalanilgan. Shakli motigani eslatuvchi bu omochlarning temir tishlari Toprax-qal’adan topilgan. Temir o‘roq bilan bir qatorda oddiy yog‘och yoki obsidian qo‘shilgan chaqmoqtosh bilan suyakdan yasalgan o‘roq qo‘llanilgan. Dehqonchilik qurollari texnikasi ancha soddalik xususiyatini saqlab qolgan. Dehqonchilik Urartu mamlakatida keng tarqalgan. Ossuriya yozuvlarida Urartu qal’alarida ko‘p miqdordagi bug‘doy zahirasi tez-tez tilga olinadi. Karmir- Blur tepaligini qazish jarayonida katta miqdorda bug‘doy, arpa, kunjut va bug‘doy uni topilgan. Bug‘doy va un yarmi erga ko‘milgan, katta ko‘zada saqlangan. Bundan tashqari, Karmir-Blur vayronalarida katta hajmda don ombori topilgan. Ehtimol, Arin-berde qal’asi xarobalarida qazib olingan omborlardan biri ham bug‘doy saqlash uchun xizmat qilgan. Uzumchilik va vinochilik dehqonchilik xo‘jaligi tizimida katta o‘rin egallaydi. Asosan xo‘jalik binolari joylashgan Karmir-blur qal’asining shimoliy qismida, 1949-1950 -yillarda anchagina yaxshi saqlangan ikkita katta vino saqlash uchun omborxona ochib o‘rganilgan. Bu omborxonalardan o‘sha zamonlarda qariyib 150 ming litr vino saqlangan 152 ta katta idishlar (karasa) mavjud bo‘lgan. Va nihoyat, uchinchi omborxonadan vino saqlash uchun mingdan ortiq sopol ko‘zalar topilgan. Karmir-Blur xarobalaridan topilgan turli xil uzum navlari urug‘larining topilishi ham, uzumchilik ancha taraqqiy etganidan dalolat beradi.
Urartlarning dehqonchilik xo‘jaligi ma’lum darajada sun’iy sug‘orishga asoslangan. Ururtu podsholarining ko‘pgina yozuvlarida kanallar qurilishi bayon qilinadi. Ko‘pgina sug‘orish inshootlari, kanallar va suv omborlari bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Ko‘p kanallar ayniqsa davlat markazi joylashgan Van ko‘li hududida saqlangan. Ularning ayrimlari mustahkam devor bilan mustahkamlangan. Menua tomonidan qurilgan katta kanal muhim ahamiyat kasb etgan. Keyinchalik afsonaviy Ossuriya malikasi nomi bilan “Shamir kanali” deb atalgan. Bu kanal Van ko‘li sohilida joylashgan Urartu poytaxti Tushpa shahri aholisiga suv ta’minoti uchun xizmat qilgan. Kanal suvlari yaqin hududlar bo‘yicha ariqlar orqali taqsimlangan va ularning sug‘orilishi uchun foydalanilgan. Kanallar yordami bilan suv tegirmoni harakati yo‘lga qo‘yilgan. Urartu suv tegirmoni Tbilisida Gruziya Muzeyida saqlanmoqda. G‘alla xo‘jaligi bilan bir qatorda bog‘dorchilik va uzumchilik yaxshi rivojlangan. Uzumzor tog‘ qoyalariga qurilgan sun’iy ayvonlarda etishtirilgan.
Urartu hududida mavjud bo‘lgan asosiy xom-ashyo turlari – gil, tosh, yog‘och va metall bo‘lib, bular hunarmandchilikning rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etgan. Ururtuliklar toshga ishlov berish bo‘yicha katta mahoratga ega bo‘lishgan. Toshning turli xil jinslariga metall kesish asbobi yordamida qayta ishlov berilgan. Ishlov berilgan toshdan boshqa rang va ko‘rinish hosil qilish, qadama buyumlar yasash, toshga badiiy qayta ishlov berishning o‘ziga xos texnik usullardan edi. Astoydil parmalangan va yaxshigina silliqlangan, yarim qimmatbaho toshdan yasalgan munchoqlar toshga ishlov berishning yuqori texnikasini o‘zida ifodalaydi.
Qadimgi urartlar mohir quruvchilar bo‘lishgan. O‘zlarining binolarini xom g‘ishtdan yoki katta tosh plita yoki katta palaxsadan qurishgan. Ayniqsa, qal’a devorlari puxta qurilgan. Pastki qismi qalinligi 1 m.ga etadigan katta tosh bo‘laklaridan terilgan. Urartu poytaxti Tushpa joylashgan Van ko‘li sohilida mahobatli qal’a inshootlari qurilgan. Qazish jarayonida qal’a devorlarining ayrim joylari 20 m balandlikkacha borib etishi aniqlangan. Toprax-qal’ada yirik ohaktoshdan terilgan ibodatxona fundamenti ochib o‘rganilgan. Toprax-qal’ada
I.A. Orbeli topilmalari, dabdabali bezatilgan binolar devorlari marmar friz bilan naqshlab qoplanganligidan dalolat beradi. Urartu davri qator qal’alari Sovet Armanistoni hududidan topilgan. Ular orasidan Erevan yaqinida Karmir-Blur tepaligida qazib o‘rganilgan qal’ani alohida ko‘rsatish mumkin. Bu qal’a ehtimol, Urartu davlati chegarasini shimoldan himoya qilgan bo‘lishi mumkin. Arin-berd tepaligida qal’a qoldiqlari tadqiq qilinganda, devorning pastki qismi 2-3 m balandlikkacha yo‘nib tekislangan bazalt plita va tufdan terilganligi aniqlangan.
Metallurgiya hunarmandchilik ishlab chiqarilishi rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Temir ancha keng tarqalgan Shimoliy Mesopotamiya va Kichik Osiyo bilan birga Kavkaz orti ham metallurgiya yaxshi rivojlangan qadimgi hududlardan bo‘lgan. Xususan, Urartu mamlakatida ham metallurgiya yuqori darajada ravnaq topgan. Toprax-qal’a va Karmir-Blurda olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida, urartlar qurol tayyorlashda va asbob-uskunalar yasashda asosan temirdan foydalanganligidan dalolat beradi. Urartu aholisi qo‘rg‘oshin va qalaydan foydalanishni va bronza qotishmasini tayyorlashni, bronzadan turli xil narsalar ishlab chiqarishni bilganlar. Badiiy jimjimador pichoqlar va bronzadan quyilgan taxtning haykaltaroshlik qismi bularning barchasi metallurgik texnikaning yuqori darajada taraqqiy etganidan guvohlik beradi. Urartu shahri Musasirani zabt etishida qo‘lga kiritilgan o‘ljalar haqida bayon qiluvchi Ossuriya podshoi Sargon yozuvlarida, ko‘p miqdordagi turli xil metall buyumlar sanab o‘tiladi. Oltin va kumush zeb-ziynat buyumlarini tayyorlash uchun xizmat qilgan.
Hujjatlarning etishmasligi qadimgi Urartu aholisining jamoa tuzilishi va xo‘jalik hayoti to‘g‘risida batafsil so‘z yuritishga imkon bermaydi. Qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilikning turli sohalarini rivojlanganligi shak-shubhasizki, mehnat taqsimotini yanada kuchaytiradi. Ishlab chiqarishda ixtisoslashuv, ortiqcha oziq-ovqatning paydo bo‘lishiga va savdo-sotiqning rivojlanishiga ko‘mak beradi. Tog‘larda yotqizilgan va hozirgacha yaxshi saqlangan yo‘l qoldiqlari Urartuda savdoning rivojanganligidan darak beradi. Boshqa qadimgi sharq davlatlar singari Urartuda ham ibtidoiy quldorchilik mehnatni ekpluatatsiya qilishning asosiy shakllaridan bo‘lgan. Katta er maydonlari davlatga qarashli bo‘lib, podshoning
ixtiyorida edi. Ko‘pincha Urartu yozma manbalarida, shaharlar va qal’alar qurilishida podsholar dehqonchilik rayonlarida erlarning bo‘shab qolishining oldini olish uchun, eng asosiysi mazkur hududlarda bog‘lar va uzumzorlar barpo qilish maqsadida, o‘sha erning o‘zida sug‘orish ishlari bilan bog‘liq inshootlar, kanallar va suv omborlarini qurishga buyruq berganligi haqida xabar beradi. Qal’alarda katta-katta don omborlari va vino saqlash erto‘lalari qurilgan. Ular Karmir-Blurni qazish jarayonida ochib o‘rganilgan. Shubhasizki, mazkur mustahkam shaharlarda katta-katta podsho yer-mulklari joylashgan. Yozma manbalarda podshoga “tegishli” ayrim rayonlar tilga olinadi. Katta-katta podsho yer-mulki bilan bir qatorda, yirik ibodatxonalar ham yirik yer egalari hisoblanishgan. Ayniqsa, Mutsatsir shahrida Xaldi xudosi ibodatxonasida katta boylik jamlangan. Bu ibodatxona ehtimol, katta-katta yerga va ko‘p sonli chorva mollariga egalik qilgan. Va nihoyat, Urartuda Ossuriya yozma manbalariga ko‘ra, “katta amaldor”, “maslahatchi”, “viloyat hukmdorlari”, va “harbiy boshliqlar” tarkibiga kiruvchi quldorlik aristokratiyasi shakllangan deb fikr yuritishga asos bor.
Aholining asosiy qismini erkin mehnat jamoalari va qullar tashkil qilgan. Yozma manbalar Urartu podsholari tomonidan qo‘lga kiritilgan ko‘p sonli asirlar, qulga aylantirilgan “o‘g‘il bolalar va o‘smirlar”, shuningdek, qulchilikka haydab ketilgan ko‘p sonli kishilar va ehtimol ayrim holatlarda Urartu qo‘shini tomonidan bosib olingan butun rayon aholisi xususan, ayollar haqida ham ma’lumotlar saqlangan. Qo‘shni mamlakatlarni zabt etgan vaqtda qo‘lga olinlan asirlar, qoidaga muvofiq qulga aylantirilgan. Yerevan shahri yaqinida olib borilgan arxeologik qazish ishlari shuni ko‘rsatadiki, shahar aholisi shaxsiy xo‘jaligiga ega bo‘lmagan. Shubhasizki, davlat tomonidan mahsulot ta’minoti olib turishgan. B.B Piotrovskiy manbalarni tadqiq etib, amaldorlar, harbiy va hunarmandlar, shuningdek, shahar atrofida joylashgan davlat yerlariga qayta ishlov beruvchi ko‘p sonli qullar shahar aholisi tarkibini tashkil qilgan degan xulosaga kelgan.
Qadimda uncha uzoq bo‘lmagan vaqt oralig‘ida o‘lchamlar uchun, bir xildagi turli xil inson tanasi qismlari – barmoqlar, kaftlar, tovon, tirsakkacha bo‘lgan qo‘l qismi (tirsak) va h.k foydalanishgan.
N.M. Tokarskiy tadqiqotlariga ko‘ra, Armanistonda foydalanilgan katta- kichiklik o‘lchov birliklaridan biri bu qadam bo‘lib, uning uzunligi 98 smdan to 102 smgacha bo‘lgan.
Tabiiyki, moddiy madaniyatning boshqa elementlari bilan bir qatorda turli o‘lchov birliklari, jumladan, uzunlik o‘lchovi va ular orasida asosiy o‘lchov birligi
– tirsak- 51,8 sm ga teng o‘lchov birligi armanlarga meros bo‘lib qolganligini taxmin qilish mumkin.
Qadim zamonlardan mavjud bo‘lgan tirsak deb ataluvchi uzunlik o‘lchovi, katta-kichikligi hajmi bo‘yicha turli joylarda o‘zgarib turgan. Ikki daryo oralig‘i, Urartu va qadimgi Armaniyada metr o‘lchovi asosida o‘lchov – 51,8 smga teng bo‘lgan. Bu esa, mazkur davlatlar o‘rtasida o‘ziga xos aloqani bildirib, bu erda istiqomat qilgan xalqlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan tashqari, umumiy, qon-qarindoshlik xususiyatlari, ular madaniyatining meros bo‘lib qolganini isbotlovchi asosni izlashga undaydi. Ko‘pgina moddiy madaniyat yodgorliklari va jumladan, hozirgi vaqtga qadar saqlanib qolgan Urartu va Armaniyaning arxitektura yodgorligi ham ushbu fikrlarni tasdiqlaydi.



    1. Download 0.73 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling