Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi


Download 0.73 Mb.
bet31/53
Sana02.06.2024
Hajmi0.73 Mb.
#1840239
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53
Bog'liq
Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon ta

Qadimgi Yamxad


Yamxad haqidagi dastlabki ma’lumotlar mil. avv. XX asrlarga borib taqaladi. Biroq, bu davlatning dastlabki podsholari haqida ma’lumotlar yo‘q. Mil. avv. XVIII asrga kelib hozirgi Shimoliy Suriya yerlariga amoriy qabilalari bostirib keladi. Yamxadning yirik shaharlari Xalab (hozirgi Aleppo) va Alalaxlar qadimgi sharqning yirik savdo markazlaridan biri bo‘lgan. Ushbu davlatning mashhur podshosi Sumu-epux (mil. avv. 1810-1780 yy) davrida mamlakat gullab- yashnaydi. Yamxadlik savdogarlar Mesopotamiyaga (ayniqsa, Mari shahriga) zaytun moyi, bug‘doy, vino, mis, gazlama mollari va boshqa mahsulotlarni sotishgan. Mesopotamiyadan esa, qurol- yarog‘, zargarlik buyumlari, qo‘rg‘oshin va boshqa mollar keltirilar edi. Mamlakat aholisi savdo-sotiqdan tashqari dehqonchilik va chorvachilik bilan keng shug‘ullangan. Xo‘jalikda zaytun yetishtirish ham ustuvor sanalgan.


Yamxad podsholigi Oront va Frot daryolari etagidagi yerlar ustidan o‘z nazoratini o‘rnatgan edi. Biroq, mazkur davlatga kuchayib borayotgan qo‘shni davlatlar xavf sola boshladi. Jumladan, Sumu-epux kuchayib borayotgan Ossuriya bilan raqobatlashadi. Ossuriya podshosi SHamshi-Adad I Yamxadga qarshi Karxemish va Kanta shahar davlatlari kaolitsiyasini tuzadi. Yamxad bu ittifoq bilan uzoq vaqt urush olib boradi. Urush vaqtida Sumu-epux vafot etadi va taxtga
uning o‘g‘li Yarim-Lim (tax. mil. avv. 1780-1764 yy) chiqadi. U Ossuriya bilan urushni davom ettiradi. Podsho Yarim-Limning yordami bilan Mari shahar- davlatidan ossurlar quvib chiqarilib, taxtga Zimrilim o‘tkaziladi. Natijada Yamxad va Mari o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatiladi. Mari podshosi Zimrilim o‘z navbatida Yarim-Limning qiziga uylanadi.
Ko‘p o‘tmay Kanta podsholigi bilan ham sulh tuziladi. Natijada Karxemish va Yamxad munosabatlari yaxshilanadi. Shu bilan Yaqin Sharqdagi savdo yo‘li xavfsizligi ta’minlanadi. Bu orada janubda giksoslarning kuchli qabilaviy ittifoqi yuzaga keladi. Ular o‘z e’tiborini Misrni zabt etishga qaratadilar. Keyinchalik Yamxad podsholaridan Abba-El I, Yarim-Lim II, Nikmepa I va boshqalar davrida mamlakat nisbatan kuchsizlanadi.
Mil. avv. XVII asrda Yamxad hududiga xettlar podshosi Xattusili I bostirib keladi. Xett qo‘shinlari Alalax shahrini zabt etib, uni vayron qiladilar. Mamlakat bosqinchilar tomonidan talon-taroj qilinadi, chunki shimoliy Suriya erlari Kichik Osiyoga qaraganda boyroq mamlakat edi. Biroz vaqt o‘tib, Urshu shahri ham xettlar tomonidan bosib olinadi. Oqibatda Yamxad, O‘rta yer dengiziga chiqishdan mahrum bo‘ladi. Keyinchalik Xalab shahrini esa yana bir Xett podshosi Mursili I bosib oladi. Ko‘p o‘tmay, Xett davlati vaqtinchalik inqirozni boshdan kechiradi.
Mil. avv. XVI asrga kelib Yamxad podsholigiga yangi dushman xurrit qabilalari xavf sola boshlaydi. Ichki nizolar va tashqi xavfning kuchayishi natijasida mamlakat podsho Ilimilimma II davrida Mitanni podsholigiga bo‘ysunadi. Shu tariqa Alalax (yoki Yamxad) podsholigi mil. avv. XV asrda barham topadi.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling