Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi


QADIMGI HINDISTON VA XITOY Qadimgi Hindiston


Download 0.73 Mb.
bet41/53
Sana02.06.2024
Hajmi0.73 Mb.
#1840239
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53
Bog'liq
Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon ta

QADIMGI HINDISTON VA XITOY




Qadimgi Hindiston




Hind vodiysi sivilizatsiyasi. Gang vodiysida mil. avv. III–II ming yilliklarga oid katta bo‘lmagan manzilgohlar qoldiqlari topilgan. U yerda istiqomat qilgan aholi misdan buyumlar yasab, ov qilish va baliq ovlash kabi mashg‘ulotlar ustuvor bo‘lgan ibtidoiy xo‘jalik sharoitida yashaganlar.
Hind havzasida yuksak darajada murakkab madaniyat yuzaga kelgan. Uning eng katta markazlari nomi bilan Xarappa madaniyati deb nomlash qabul qilingan. Xarappa bilan bir qatorda xuddi shunday ahamiyatga ega bo‘lgan hozirgi zamon Moxenjo-Daro (mahalliy so‘zlashuv tilida “o‘lganlar tepaligi” degan ma’noga ega) o‘rnida joylashgan manzilgoh mavjud bo‘lgan. Ikkala qadimgi shahardagi (va boshqa kichikroq shaharlardagi) uylar har xil shakl va kattalikdagi pishiq g‘ishtlardan qurilgan. Uylar bir-biri bilan zich tutashgan bo‘lib, ko‘p hollarda ikki qavatli bo‘lgan.
Shahar tuzilishiga ko‘ra ikki qismga bo‘lingan : Quyi shaharning turar joy dahalaridan qal’a (sitadel, harbiy inshoot) baland ko‘tarilib turgan. Unda jamoat imoratlari va, avvalo, g‘oyat katta don ombori joylashgan. Shaharning tartibli tuzilishi, bir-biri bilan to‘g‘ri burchak bilan kesishuvchi ko‘chalar manzilgohni katta dahalarga ajratganligi, shaharda yakka hokimiyat bo‘lganligidan dalolat beradi. Metallardan yasalgan, ba’zida katta mahorat bilan ishlangan buyumlar, shuningdek yozma yodgorliklar saqlanib qolgan. Bularning hammasi Xarappa madaniyatini ibtidoiy madaniyatlarga emas, balki sivilizatsiya davriga tegishli deb hisoblash imkonini beradi.
Odatda “Xarappa sivilizatsiyasi” (ilk bor topilgan shaharlardan biri, Xarappa shahri nomlanishidan olingan) deb nomlanadigan Hind shaharlari sivilizatsiyasidan qolgan narsalar, bu – xarobalar, savdo-sotiq doirasida tovarlarni identifikatsiyalash (aynan o‘xshatish, tenglashtirish) uchun foydalanilgan tamg‘alar to‘plami hamda yozuvi haligacha o‘rganilmagan.
Mazkur shaharlarni hokimlar boshqargan deb, ehtimol qilish mumkin, chunki xarobalarda topilgan suratlardan biri - soqolli kishining haykali bo‘lib, uning bosh kiyimi va yelkasida boy bezakli keng kiyimi bor, ko‘zlari salgina yumilgan indamas kishi holatida tasvirlangan. Ehtimol, bu haykal topilgan joyning, ya’ni Moxenjo-Daroning podshosi bo‘lishi mumkin. Shaharda kazarmalar yoki xizmatkorlar uchun mo‘ljallangan xonalarga o‘xshash qator imoratlar bor, undan bu yerda podsho yoki ruhoniy-podshoga ishlarini bajaradigan xizmatkorlar doimiy tarkibi kerak bo‘lgan, deb taxmin qilish mumkin. Balki ushbu mamlakatda podsho umuman bo‘lmagandir. Xarappa xarobalarida sodir bo‘lgan hodisalarni saqlab qolgan na bironta yozuvli sopol sinig‘i, na papirusga yozilgan matnlar yoki boshqa yozuvlar topilmagan, yozuv tizimi (qanday bo‘lishidan qat’iy nazar) ularni saqlab qolgan bo‘lishi kerak edi. Shuning uchun kohinlar, podsholar yoki amaldorlar o‘z ishlarini yozuvsiz qanday olib borganlarini tushunish qiyin.
Xarappa savdogarlari o‘z shaharlaridan juda olislarda savdo qilganlar. Xarappa tamg‘alari Sargon I hukmronligi davriga tegishli qadimgi Ur shahri xarobalaridan topilgan. Ehtimol, ikki qadimgi sivilizatsiyalar janubiy Arabistonda Magan konlaridan mis sotib olganda uchrashgan, so‘ng bevosita o‘zaro savdo- sotiqni tashkil qilgan bo‘lishi mumkin. Fors ko‘rfazi qirg‘og‘idagi savdo yo‘llariga yaqinroq joylashgan Ur shahri hind va akkad mollarini (tovar) almashish uchun qulay markaz bo‘lgan. Hind savdogarlari o‘z kemalarida shimoliy tekislikni to‘sib turgan Kirtar tog‘ini chetlab o‘tish uchun Hind daryosi bo‘ylab Arab dengiziga, ko‘rfaz bo‘ylab yuqoriga Ummonga, so‘ng shimolga Fors ko‘rfazigacha, u yerdan esa Frotga suzib borganlar. Xarappaning xorijda savdo-sotiq olib boradigan manzili deyarli elamiylar hududida joylashgan Sutkagen-Dorda topilgan. Ko‘rinishidan, ikki madaniyat loaqal savdo masalalarida do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlagan.
Bir muncha vaqt Xarappa va Moxenjo-Daro mazkur madaniyatning yolg‘iz ikkitagina shahri hisoblanib kelingan. Biroq, hozirgi vaqtda Xarappaning yetmishdan ortiq shaharlari aniqlangan, ular Hindning etagidan uning shimoliy
irmoqlarigacha hamda Sutkagen-Dordan sharqroqda joylashgan o‘lkadan sharqdagi Narmada daryosigacha deyarli uzluksiz zanjir singari joylashgan.
Bular tekis, keng yoyilib joylashgan bo‘lib, loydan yasalgan va pechlarda pishirilgan g‘ishtdan qurilgan. Uylar kamdan-kam hollarda ikki qavatdan ko‘p bo‘lgan, ko‘chalarning kengligi ikkita arava to‘qnashmay o‘tib ketishi uchun yetarli bo‘lgan. Yirik shaharlar atrofida joylashgan omborxonalar, don omborlarining har biri taxminan o‘ttiz ming odamning kun kechirishiga yetarli edi. Bu shaharlarda yashagan odamlar gigienaga katta ahamiyat bergan. Ko‘chalar suv yetkazib berish va oqova suvlarni chiqarish (drenaj) puxta o‘ylangan tizimi bilan ta’minlangan; uylar odatda vannaxonalar bilan ta’minlangan; katta shaharlarning ajoyib xususiyatlaridan biri – suzish uchun mo‘ljallangan basseyn kattaligidagi katta vannalar bo‘lgan, ularning atrofida, kiyim almashtirishga mo‘ljallangan kichik xonachalar bo‘lgan. Xarappa shahar va shaharchalari xarobalari ichida arxeologlar ehromligini aniq tan olish mumkin bo‘lgan bironta bino topolmadilar.
Xarappa shaharlarining ajralib turadigan xususiyati - qal’alari (sitadellari) bo‘lgan, ular baland binolar guruhini tashkil qilgan, ularni devorlar va kuzatish minoralari o‘rab turgan. Biroq odatda aksariyat uylar qal’adan tashqarida, asosan sharq tomonda joylashgan. Butun shaharni loy g‘ishtlardan qurilgan ikkinchi baland devor o‘rab turgan. Bu devorni dushmanlar buzib, yorib o‘tganda, aholi oxirgi xavfsiz tayanchi bo‘lgan qal’ada yashirinishi mumkin edi.
Moxenjo-Darodan 48,2 km narida, Hindning narigi qirg‘og‘ida Kot-Diji sifatida ma’lum bo‘lgan shahar bor. Madaniy qatlamlarni ehtiyotkorona ochish Xarappa madaniyatining ravnaq topishidan bir necha asrlar ilgari Kot-Diji devorlari doimo takrorlanib turgan hujumlar oqibatida yanada mustahkamlanganligini ko‘rsatdi. Xarappa sivilizatsiyasi vujudga kelishining dastlabki yillarida bu devorlarni qayta qurganlar. So‘ng kuchli yong‘in shaharni yer yuzidan yo‘q qilgan, nafaqat devorlar, balki uylar ham yo‘q bo‘lib ketgan. Eski Kot-Diji ustidan yangi shahar qurilgan. Bu shahar keng ko‘chalar, toshdan qurilgan zovurlar, vannali uylarga ega bo‘lgan. Bu avvallari bu yerda joylashgan shaharga o‘xshamagan Xarappaga tegishli shahar edi. Kot-Diji Xarappa shaharlari davrida
bir madaniyatdan boshqasiga majburiy ravishda o‘tishni ifodalovchi yagona joy bo‘lmagan. Hind qirg‘og‘ida turgan Moxenjo-Darodan 161 km janubda Amrida joylashgan bo‘lib, manzilgoh aholisining yarmisi uni tezkor ravishda tashlab ketgan. Eski xarobalar ustida Xarappaning ko‘chalari keng, g‘ishtdan yasalgan zovurlar va vannaxonali uylarga ega tipik shahari qad ko‘targan.
Kalibangandan shimolroqda, Xarappa yaqinida, yana bir eski va mustahkam shaharni aholisi tashlab ketgan. Uning xarobalari o‘rnida ko‘chalari keng, oqova suvlar uchun zovurlar va vannaxonalarga ega Xarappa shaharlaridan biri barpo etilgan. Bu yerda harbiy harakatlar izlarini topish qiyin. Biroq taxminlar Xarappa sivilizatsiyasining rivojlanishi har doim ham tinchlik-osoyishtalik bilan kechmaganidan darak beradi.
Juda katta hududda joylashgan Xarappa shaharlari hayron qolarli darajada bir xildir. Ular go‘yoki yagona rejaga asosan qurilgan: qal’a (sitadel) turar joy dahalaridan ajratilgan va ularga nisbatan g‘arb tomonda joylashgan. Uylar va do‘konlar yoki “quyi qishloq” rejasi batartib tuzilgan ko‘chalar bo‘ylab qurilgan. Ko‘chalar muqarrar ravishda to‘g‘ri shimoldan janubga yoki g‘arbdan sharqqa yo‘naltirilgan.
Xarappaning ma’naviy madaniyatiga xos asosan ko‘p sonli qisqa ieroglifik yozuv yoki tasvirli tosh tamg‘alar (yoki ularning loyga tushirilgan nusxalari) topilmalari bizgacha yetib kelgan. Nafis ishlangan bo‘rtma naqshlarda (releflarda) muqaddas hayvonlar va daraxtlarga sajda qilish manzaralari, shuningdek mifologik syujetlarni ko‘rish mumkin. To‘rt hayvon qurshovida katta shoxli “yoglar qiyofasida” o‘tirgan iloh ayniqsa katta qiziqish tug‘diradi. Loydan yasalgan aksariyat ayollar qiyofalaridan xulosa qilish mumkinki, bu yerda ko‘pincha hosildorlik bilan bog‘lanadigan va ularga bag‘ishlab chiroqlar yoqiladigan ilohalar marosimi ham rivojlangan. Moxenjo-Daro qal’asida (sitadel) topilgan suv havzasi diniy marosimlarda poklanish uchun xizmat qilgan.
Hayvonlar va daraxtlar, ona-ilohalarga topinish, diniy marosimlar bilan bog‘liq tahorat amaliyoti kabilar hozirgi zamon Hindistonning xalq dini - induizm
xususiyatlarini eslatadi, bu esa Xarappa merosi haqida so‘z yuritishga imkon beradi.
Mil. avv. taxminan 1750 va 1700- yillar oralig‘ida Moxenjo-Daro aholisi o‘z uylarini tashlab keta boshlaydi. Ularning hammasi ham jon saqlab qololmaydi. Arxeologik qazish ishlari davomida ko‘chalarda ko‘milmagan holatda yotgan suyaklar (skeletlar) topilgan; butun boshli oila o‘z xonadonida o‘ldirilgan va yerga ko‘milmasdan tashlab ketilgan. U yoki bu yerda yonib, qulab tushgan uylar uchraydi. Qochib ketayotgan aholi qimmatbaho buyumlarini (uy-ro‘zg‘or anjomlari, zargarlik buyumlari va kumush) shoshilinchda tashlab ketgan. Xarappaning shimolida ham xuddi shunday ahvol kuzatiladi. Xarappaning kichik aholi yashaydigan joylarida amalga oshirilgan arxeologik qazish ishlari bunday yorqin manzarani bermaydi — biroq, shubhasiz, Xarappa sivilizatsiyasi yo‘q bo‘lib ketgani aniq.
Xarappaliklar dushmanning bostirib kelishi natijasida yo‘q bo‘lib ketgan emas. Xarobalarda tashlangan qurollar, qurollangan tanalar, shuningdek muntazam ravishda uylarning buzilganligi, shahar mudofaa istehkomlari atrofida jang, kurash alomatlari bo‘lmaganligini ko‘rsatadi.
Toshqin aholi ustiga to‘satdan va shiddat bilan bosib kelgan bo‘lishi kerak. Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda, Hind daryosi qadimgi sivilizatsiyalar hududlaridan o‘tib boradigan boshqa daryolar kabi, muntazam ravishda toshgan va o‘zidan keyin hosildor tuproqlar qoldirgan. Lekin bu toshqinlarni oldindan bashorat qilib bo‘lmas edi.
Xarappa shaharlarida aniqlangan vayronagarchiliklarni faqat mudofaa devor balandligidagi to‘lqin keltirib chiqargan. Gidrolog R.I. Reykening taxmin qilishicha, Hind oqimi bo‘ylab Xarappadan yuqorida suv osti cho‘kindilaridan yuzaga kelgan to‘g‘on (suvto‘sgich), bir qancha vaqtgacha toshqinni to‘xtatib turgan, buning oqibatida dalalar hosildorligi kamaygan. Shaharda qahatchilik yuzaga kelgan. So‘ng yig‘ilib qolgan suv to‘g‘onni buzib, quyi shahar tomon oqib borib, shaharni suv bosadi.
Sivilizatsiyaga qandaydir tabiiy ofat yopirilgan, buning oqibatida ichki qarama-qarshiliklar boshlangan, degan farazni qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Suyak qoldiqlarini o‘rganish tufayli o‘sha davr odamlarida kasalliklar borligi aniqlandi, aksariyatida kuchli kamqonlik izlari topilgan – ehtimol, bu ovqatni to‘yib yemaganlik oqibati bo‘lishi mumkin. Loy g‘ishtlardan qurilgan binolarni isitish uchun ko‘p miqdorda o‘tin kerak bo‘lgan. Shaharlar kattalashib borgan sari, quruvchilar yangi yer maydonlarini o‘rmonlardan tozalashi kerak bo‘lgan. Shaharlar buzila boshlagandan so‘ng, Xarappa ijtimoiy tizimi ushbu jarayonni to‘xtata olmagan.
Aholi anchagina kamaygan – lekin shunga qaramasdan shaharlar butunlay huvillab qolmagan. Odamlarning bir qismi shaharda qolgan, yana bir qismi qaytib kelgan yoki besaranjomlikning o‘tishini shahar atrofidagi qishloqlarda kutib turgan. Xarappa ustida yotgan madaniy qatlamlarning arxeologik qazish ishlari turmush sharoitlarining past darajada bo‘lganligini ko‘rsatdi. Bu haqda kulolchilik buyumlarining qo‘pol ishlanganligi, shaharning murakkab zovurlar hamda chiqindi suvlarni oqizish (kanalizatsiya) tizimlarini tiklash yoki ulardan foydalanishga urinishlar bo‘lmaganligi guvohlik beradi. Arxeologlar bu qatlamni qo‘pol kulolchilik buyumlari ishlab chiqarilgan qishloqqa bag‘ishlab post-Xarappa (Xarappadan keyingi) yoki Jxukar madaniyati deb nomlaydilar.
Biroq unda tartiblilik asosi yo‘q. “Jxukar madaniyati”ni ko‘proq Xarappa sivilizatsiyasi tugallangandan so‘ng Xarappa xarobalarida yashab kelgan odamlar tashkil qiladi deyish mumkin. Albatta, Hindistonga shimoldan ham bosqinchilar kelgan – lekin ular mil. avv. 1575-1500 -yillargacha paydo bo‘lmagan. Ular Elamdan sharqda va Hindiston (hozirgi davrda Hindiqush nomli) tog‘laridan shimolda ko‘chib yurgan ko‘chmanchilar edi. Pirovardida ular dovonlardan oshib Hindning yuqorisidagi vodiylarda tarqaladilar. Ko‘chmanchilar adabiyotida Hindistondagi ular ilk bor ko‘chib borgan joy “Yetti Daryo O‘lkasi” deb nomlangan.
Ular harbiy sardorlar boshqargan kezib yuruvchi guruhlar bo‘lgan. Shuning uchun ular hech nima qurmagan; ularning na yozuvi, na san’ati bo‘lgan; ularning
tilida “omoch” yoki “yanchish” kabi qishloq xo‘jaligiga tegishli atamalar bo‘lmagan.
Biroq, ular qo‘lidan kelgan eng yaxshi ish jang qilish edi. Ular o‘sha davrning eng mukammal qurollariga - nafaqat otlar, balki, shuningdek, jang (yoki poyga) aravalari, bronzadan ishlangan boltalar, otish masofasi xarappaliklar foydalangan yoylardan ustun turgan katta yoylarga ega edi. Ushbu harbiy texnika yangiliklari ularga, xuddi Misrda cho‘l-tekisliklardan kelgan giksoslar singari, dushmanlar saflarini yorib o‘tishga yordam bergan.
Biroq ular Hind vodiysini darhol zabt etishga kirishmadilar, janub va sharqqa tomon safarga jo‘nashdan avval Yetti daryo hududida kamida bir asr davomida yashadilar. Ular quyiga, Xarappa shaharlari tomon yo‘l ochgan vaqtda mahalliy sivilizatsiya barbod bo‘lib, yo‘q bo‘lib ketgan edi. Balki, o‘sha vaqtda shu erda yashagan odamlarning tarqoq guruhlari qarshilik ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin, lekin ko‘chmanchilar uyushgan qarshilikka duch kelmagan. Ko‘chib kelgandan so‘ng ular bo‘sh turgan xonadonlardan foydalandilar, chunki ular umuman o‘zlari uchun uy qurmaganlar, ularning tilida “qurilishga oid qorishma, loy” tushunchasiga to‘g‘ri keladigan so‘zlar ham yo‘q edi. Ko‘chmanchi qabilalar madaniyati nafis va yuqori darajada tashkil qilingan Xarappa sivilizatsiyasining o‘rnini bosdi, ularning texnologiyalari ancha past bo‘lgan, ular davlatni boshqarish tajribasiga ega bo‘lmagan, lekin notanish muhitga osonlik bilan moslashish qobiliyatiga ega edilar.
Keyinchalik ushbu istilochilar avlodlari o‘zlarini oriylar deb nomlay boshladilar – ushbu so‘zning ingliz tiliga tarjimasi kamida ettita turli ma’noga ega, “hurmatli” dan boshlab to takabburona “zotli” (“toza”) gacha. SHunday qilib, shimolda tarqalgan oriylar madaniyati yo‘q bo‘lib ketgan xarappaliklar dunyosiga xos bo‘lgan madaniy rishtalar bilan chatishib ketadi.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling