Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlari
Download 0.73 Mb.
|
Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- QADIMGI IKKI DARYO ORALIG‘I
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlari:Misr-giksos urushi. Fir’avnlar Kamos va Yaxmos faoliyati. Misr-Xett munosabatlari Yangi Misr podsholigining Yaqin SHarqdagi siyosati Fir’avn Ramzes II ning tashqi siyosati Qadimgi Misr tarixida kaxinlar tabaqasi Yangi Misr podsholigi xo‘jaligi QADIMGI IKKI DARYO ORALIG‘IQadimgi MesopotamiyaReja: 1.Qadimgi Mesopotamiya sivilizatsiyasining yuzaga kelishi 2.Shumer shahar davlatlari; 3.Akkad davlatining yuksalishi Qadimgi Mesopotamiya sivilizatsiyasining yuzaga kelishi. Mesopotamiya (qadimda yunoncha “Ikki daryo oralig‘i”) geografik jihatdan janubda Fors qo‘ltig‘i, g‘arbda Arabiston, shimolda Suriya va Armaniston hamda sharqda Zagros tog‘lari bilan chegaralangan. Iqlimi sug‘orma dehqonchilikka qulay hisoblanadi. Bu yerda unumdor tekisliklar ko‘p bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda bog‘dorchilikka ham qulay hudud bo‘lganligi tarixdan ma’lum. Mil. avv.VI ming yilliklarda Dajla va Frot daryolarining vodiylariga aholi ko‘chib kela boshlaydi. Tell-al-Ubeyd madaniyatini yaratgan xalq aynan ushbu davrda, janubiy Mesopotamiyada istiqomat qilgan. G‘arb olimlarini fikricha bu yerning odamlari (subariylar) qadimda protodajla tilida ( yoki “banan tilida”) so‘zlashganlar. Tog‘li hududlarda termachilik, chorvachilik va keyinchalik ziroatchilik unsurlari paydo bo‘la boshladi. Mil. avv.VI ming yillik o‘rtalariga kelib, Mesopotamiyada qadimiy Tel- Xassuna madaniyati taraqqiy etadi. Bu yerdan o‘roqlar, tosh boltalar, tosh tegirmonlar, keramika qoldiqlari va xonakilashtirilgan hayvonlar suyaklari topib o‘rganilgan. Shu bilan birga sig‘inish tumori hisoblangan ayollar haykalchalari arxeologlar tomonidan topilgan. Qabrlarda mayit oldiga sopol idishlarda ovqat qo‘yib dafn etish odatini mavjudligi, qadimda Tel-Xassuna aholisi orasida diniy tasavvurlar bo‘lganligidan dalolat beradi. Mil. avv. IV ming yillik oxirida Jamdat-Nasr (yoki Uruk III ) madaniyati davrida toshdan tashqari mis va bronza mehnat qurollari ishlatila boshlandi. Jamdat-Nasr janubiy Mesopotamiyaning ilk bronza davriga oid manzilgohi hisoblanadi. Dastlab ushbu manzilgoh 1926 va 1928 -yillarda mashhur olimlar Stiven Lengdon hamda Genri Fildlar tomonidan o‘rganilgan. 1988-1989 -yillarda esa Rodjer Metyus tomonidan qayta tadqiq etiladi. Jamdat-Nasr, Qadimgi Shumerda ilk sulolaviy davrga o‘tishning so‘nggi bosqichi hisoblanadi. Mil. avv.III ming yillikda Mesopotamiya janubida shumerlar, Dajla va Frot (qadimda akkadcha “pu-rat-tu”) daryolarining o‘rta oqimida akkad qabilalari, shimolda asosan xurritlar istiqomat qilganlar. Mil. avv.III ming yillikning birinchi yarmida Mesopotamiya janubida mulkiy tabaqalanishni o‘sishi bilan qator shahar- davlatlar: Eredu, Ur, Larsa, Uruk, Kish, Nippur, Umma, Shuruppak, Adab, Girsu va boshqalar paydo bo‘ladi. Shimolda esa yirik shahar-davlatlar Ashshur, Mari, Nineviya, Eshnunna, Tutub, Sippar va boshqalar yuzaga keladi. Sug‘orma dehqonchilikka mos hududlarda hunarmandchilik yuqori darajada rivojlanadi. Mis va bronzadan mehnat qurollarini quyishning yangi usullari o‘zlashtiriladi. Qimmatbaho metallardan chiroyli zargarlik buyumlari ham yasalgan. Savdo- sotiqning o‘sib borishi, uni hunarmandchilikdan ajralib chiqish jarayonini tezlashtiradi. Qadimgi Mesopotamiyada maxsus savdogarlar-tamkarlar tabaqasi paydo bo‘ladi. Bu esa Shumer shahar-davlatlarining o‘sish tezligini oshiradi. Frot va Dajlaning janubiy qirg‘oqlaridagi irrigatsiya tizimini kengayishi, aholi orasida mulkiy tabaqalanishning o‘sib borayotganligidan dalolat berar edi. Tez orada yerni sotish va sotib olish tushunchasi yuzaga keladi. Qulchilik munosabatlari paydo bo‘lib, rivojlanib boradi. O‘zaro urushlar qulchilikning asosiy omili edi. Qadimgi Mesopotamiyada qullardan xo‘jalikda, chorvachilik va hunarmadchilikda keng foydalanilgan. Asosan qo‘l mehnati uy xo‘jaligida ishlatilganligi manbalarda ta’kidlanadi. Qadimgi Shumerning ilk sulolaviy tarixi xronologik jihatdan uch davrga (garchi munozarali bo‘lsada) bo‘lib o‘rganiladi: I-ilk sulolaviy davr (mil. avv. 2750-2615- yy.) II-ilk sulolaviy davr (mil. avv. 2615-2500 -yy.) III-ilk sulolaviy davr (mil. avv. 2500-2315- yy.) Yuqorida ta’kidlanganidek Shumer sivilizatsiyasiga aloqador jamiyatda xo‘jalikning turli xil shakllari o‘sha davr uchun mos bo‘lgan qonunlar asosida rivojlanib borgan. Iqtisodiyoti sug‘orma dehqonchilikka asoslangan patriarxal jamiyatda qulchilik tizimini qaror topishi uchun barcha sharoitlar mavjud edi. Qadimda shumer jamiyatida, yeri bo‘lmagan yoki yeridan mahrum bo‘lgan, boshqa joylardan kelgan kambag‘al oilalar, ibodatxonalarga qaram bo‘lgan odamlar ham bor edi. Qaram kishilar ibodatxonalarga tegishli yerda va alohida xususiy xo‘jaliklarda ishlaganlar. Qadimgi Shumer shahar-davlatlarining hukmron qatlami quldorlar bo‘lgan. Ularga urug‘ zodagonlari, kohinlar, davlat amaldorlari kirgan. Ziroatkorlar qatlamini unchalik katta bo‘lmagan yer ulushiga ega oilalar va katta patriarxal oilalarga birlashgan jamoachilar tashkil qilgan. Asosan ziroatkorlik va chorvachilik uchun ajratilgan yer egaligi esa ikki qismga bo‘lingan: jamoa va ibodatxonaga tegishli mulklardan iborat bo‘lgan. Qadimgi Shumerda, shahar-davlatlarning hokimlari “ensi” ibodatxona kohinlaridan bo‘lgan. Ibodatxonalar, shumerliklar ilohlarining mulki hisoblangan bo‘lib, kohinlar unga tegishli yerlarni idora qilganlar. Ayrim yerlar ijaraga berilgan bo‘lsa, qolgani qaram kishilarga, ibodatxonadagi xizmatchilar va bu yerga tegishli savdogar-hunarmandlarga foydalanish uchun bo‘lib berilgan. Ibodatxonalar o‘z mulklarini himoya qilish niyatida harbiy bo‘linmalar ham tuzganlar. Bunday yerlardan tushadigan yirik mablag‘lar diniy marosimlar va bayramlarni tashkil qilishga hamda boshqa Shumer shahar-davlatlari bilan mahsulot ayirboshlashga yo‘naltirilgan. Hosilning ma’lum bir qismi zahira qilib olib qo‘yilgan. Ibodatxona yerlaridan tushadigan daromad doimiy hisoblab borilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, shahar ustidan nazorat “En” (janob) oliy kohin tomonidan amalga oshirilgan. Uning hokimiyati oqsoqollar kengashi yoki xalq yig‘ini bilan cheklangan. Ayrim hollarda u shahar-davlatning qo‘shiniga ham boshchilik qilgan. Shahar ”Eni”ning asosiy vakolati kohinlik, ibodatxona yerlari va ma’muriyatini idora qilish, ibodatxona va shaharda yirik qurilishlarni tashkil etishdan iborat bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi uchun irrigatsiya tizimini bunyod qilish va shahar iqtisodiyotini tartibga solish ishlari bilan ham shug‘ullanar edi. So‘ngra mil av. III ming yillik o‘rtalarida “En” unvoni o‘rniga “Ensi” (“kohin-quruvchi” shahar boshqaruvchisi) paydo bo‘ladi. Shahar-davlat “ensi”si jamoa va ibodatxona mulklarini boshqargan, soliqlar yig‘imini nazorat qilgan. Ayrim hollarda ibodatxonalarga tegishli askarlarga boshchilik qilgan. Bundan tashqari “Lugal”(“ulug‘ odam”, yoki “katta odam”, akkadcha “sharru”) lavozimi ham mavjud edi. Dastlab xalq yig‘ini tomonidan Shumer shahar-davlatlarida saylab qo‘yiladigan harbiy sardorlik lavozimi bo‘lgan. Uni faqatgina favqulodda holatlarda vaqtinchalik saylab qo‘yishgan. Keyinchalik “Lugal”lik umrbod, so‘ngra meros tarzida o‘ta boshlagan. Aholi orasida tabaqalanishni o‘sishi oqibatida shahar-davlatlarda xalq yig‘inining mavqei sezilarli darajada tusha boshlaydi. Hukmdorning iqtisodiy-siyosiy obro‘yi esa o‘sib boradi. Armiya lugallarga xizmat qiladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling