Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi
Download 0.73 Mb.
|
Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon ta
Shumer shahar davlatlari. Qadimgi Shumer shahar-davlatlari daryo bo‘yidagi unchalik katta bo‘lmagan sug‘oriladigan yerlarda joylashgan edi. Uning atrofida shaharga tegishli qishloqlar bo‘lgan. Shahar-davlatlar bir-biridan uzoq joylashmagan bo‘lib, ular orasida doimiy savdo va madaniy aloqalar mavjud edi. G‘arb olimlarining fikricha qadimgi Shumerning eng qadimgi shahri Eredu hisoblangan.
Shunday bo‘lsada “buyuk to‘fondan keyin” Kish shahri Shumerda gegemonlikni qo‘lga kiritadi. Ikki daryo oralig‘ida Kishning ilk podshosi sifatida afsonaviy Gaur ismli shaxs tilga olinadi. So‘ngra taxtga Gulla-Nidaba-Annapad kelishi manbalarda ta’kidlanadi. Ularning hukmronligi davri borasida hozirga qadar olimlar orasida munozarali fikrlar mavjud. Ayniqsa, I Kish sulolasining o‘n uchinchi podshosi Etana davrida Kish shahri yuksaladi. Shumerda siyosiy barqarorlik yuzaga keladi. Rivoyatlarga ko‘ra hukmdor Etana, xudolar oldiga “tug‘ilish maysasi”ni olish va merosxo‘r voris tilab osmonga ko‘tarilganligi ta’kidlanadi. Qadimgi Mesopotamiyada “Kish lugali” unvoni uzoq vaqt katta obro‘ga ega bo‘lgan. Keyinchalik bu maqom, Shumer shahar-davlatlarida taxtga da’vogar podshoning hokimiyatni qonuniylashtirish timsoliga aylanib qolgan. Kishning zaiflashuvi Urukning yuksalishi bilan boshlangan. Mil. avv. 2675- yillar atrofida Kish shahrini lugali Aggi (yoki Agga) Uruk shahrining eni Gilgameshga urukliklar bilan irrigatsiya ishlarida qatnashishni talab qiladi. Gilgamesh esa, Kish lugaliga rad javobini beradi. Shundan so‘ng Aggi Urukni o‘z qo‘shini bilan qamal qiladi. Ammo tez orada mag‘lubiyatga uchraydi. Gilgamesh Kish ustidan g‘alabaga erishadi. So‘ngra Shumer yerlarini birlashtiradi va uning shaxsi ilohiylashtiriladi. Urukning I sulolasi vakillari Urnungal, Utulkalama, Labashum, Ennuntaraxana (hukmronlik yillari hozirga qadar munozarali) va boshqa podsholar davrida Uruk, Shumerda gegemonlikni saqlab turdi. Keyinchalik Ur shahar-davlati Janubiy Mesopotamiyada ustunlikni qo‘lga kiritdi va Urning I sulolasi podsholari gegemonligi boshlanadi. Mil. avv. 2563- yili Ur shahrida taxtga lugal Mesanepada chiqadi. U “Kish lugali” unvoniga ham ega bo‘lib, butun Shumerda o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. Ur shahar-davlati o‘z rivojlanishining yuqori cho‘qqisiga yetadi. Bu yerda lugallar uchun hashamatli binolar quriladi. Keyinchalik siyosiy qarama-qarshiliklar kuchayishi natijasida Ur shahar-davlati zaiflashib, Lagash shahri ustunlikka erishadi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling