Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi


Xammurappi boshchiligida Bobil podsholigining yuksalishi


Download 0.73 Mb.
bet13/53
Sana02.06.2024
Hajmi0.73 Mb.
#1840239
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53
Bog'liq
Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon ta

Xammurappi boshchiligida Bobil podsholigining yuksalishi.


Qadimgi Mesopotamiyada amoriylar o‘troqlashib bo‘lgach, Shumerning ichki nizolarida faollik bilan qatnashadilar. Bularning orasida Bobil shahar- davlatini alohida ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Ko‘hna Bobil shahar-davlatining yuksalishi podsho Xammurapi (mil. avv. 1792-1750-yy) davriga to‘g‘ri keladi. U Bobil shahrini mudofaa devori bilan o‘ragan oromiylar podshosi Sumu-abumning chevarasi bo‘lgan. Bobil podsholigi shimoldan Shamshi-Adad I (Ossuriya podshosi), janubda Rimsin (Larsa podshosi) davlatlari bilan chegaradosh edi. Podsho Xammurapi aqlli davlat arbobi, diplomat va mohir sarkarda bo‘lgan. Xammurapi har qanday diplomatik kelishuvlarni Bobil manfaatlari bilan mos ravishda o‘zgartirib borgan. Hukmronligining beshinchi yili (mil. avv.1787- yilda ) Isin shahrini zabt etib, u yerdan Larsa garnizonini haydab yuboradi. So‘ngra Dajla daryosidan kechib o‘tib, elamliklarga qarashli Malgium
shahrini ham bosib oladi. Hukmronligining to‘qqizinchi yili Ossuriya podshosi Shamshi-Adad I bilan shartnoma imzolaydi.
O‘z navbatida Xammurapi, Larsa podshosi Rimsin bilan to‘qnashuvga hali tayyor emasligini yaxshi tushungan. Larsa podshosi Rimsin Markaziy Mesopotamiyada Bobilning kuchayib borayotganidan xavfsirab, Elam podshosi Malgiumaga elchilar yuborgan. Xammurapi esa bu payt Mari shahri bilan ittifoq tuzib, Eshnunna shahrini bosib oladi. Unga xavfli raqib bo‘lgan Elamni 10 yillik urushdan so‘ng, Mari podshosi Zimrilim qo‘shinlari bilan birlashib, mil. avv.1764- yilda ularni ham yengadi. Xammurapi, mil. avv.1759-yilda o‘z ittifoqchisi Mari shahrini ham bosib oladi. Ko‘p o‘tmay olti oylik qamaldan so‘ng Larsa egallanadi. Xammurapi, Larsa podshosi Rimsin vafotidan so‘ng “amoriylar otasi” unvonini meros qilib oladi.
Endi Shamshi-Adad I vafotidan keyin zaiflashib qolgan Ossuriya davlati qolgan edi. Tez orada uning yirik shaharlari Ashshur va Nineviya Bobil hokimiyatini tan oladilar. Natijada butun Mesopotamiya Bobil davlati boshchiligida birlashtiriladi.
Xammurapining uzoq hukmronligi davrida Bobil butun Mesopotamiyani birlashtirgan kuchli davlatning poytaxti, yirik siyosiy–iqtisodiy va madaniy markazga aylangan edi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling