Mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti jizzax filiali fan nomi:“kompyuter tarmoqlari”


OSI pog’onalari, ularning vazifasi


Download 0.53 Mb.
bet3/3
Sana28.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1302443
1   2   3
Bog'liq
121-20 guruh Amirqulov Diyorbek tarmoqlar 2-mus

OSI pog’onalari, ularning vazifasi
Tarmoq pog‘onasi (Network Layer) bir necha tarmoqlami birlashtiruvchi yagona transport tizimini tashkil etish uchun xizmat qilib, ushbu tarmoqlarning oxirgi tugunlari o‘rtasida ma'lumot uzatishning turli xil tamoyillarini qo‘llashi va ixtiyoriy aloqa strukturasiga ega bo‘lishi mumkin.
Tarmoq miqyosida ma'lumotlarning uzatilishi muvofiq kanal pog‘onasi bilan amalga oshiriladi.
Tarmoqlararo ma'lumotlarni yetkazib berish, ma'lumotlarni uzatish marshrutlarini tanlash kabi masalalarni yechadi. Tarmoqlar marshrutizator deb nomlanuvchi maxsus qurilmalar bilan o‘zaro bog‘lanadi.
Transport pog‘onasi (Transport Layer). Transport pog‘onasi-ning asosiy vazifasi paketlarni xatosiz, dastlabki ketma-ketlikda, yo‘qotishlarsiz va ikkilanishlarsiz kafolat bilan yetkazib berishdir. Ushbu pog‘onada ma'lumotlar qayta taxlanadi: uzunlari bir necha paketlarga ajratiladi, qisqa paketlar esa birlashtiriladi.
Shu orqali tarmoqdan paketlarni yuborish samaradorligi oshiriladi. Transport pog‘onasida qabul qiluvchi tomonidan ma'lumotlari qabul qilinganlik haqida tasdiq signali yuboriladi.
Transport pog‘onasi oqimni boshqaradi, xatolarni tekshiradi va paketlarni yuborish va qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal qilishda ishtirok etadi.
Tranport pog‘onasi xizmat sinfini tanlash, bir tomondan, transport pog‘onasidan yuqori pog‘onadagi qo‘llanish dasturlar va protokollari tomondan ishonchlilikni ta'minlash, ikkinchi tomondan esa, quyi joylashgan tarmoq, kanal va fizik pog‘onalarining ma'lumotlarini tarmoqqa uzatish tizimi qanchalik ishonchli ekanligiga bog‘liq.
OSI pog’onalari, ularning vazifasi
Seans pog‘onasi (Session Layer) xar xil komp'yuterlardagi ikki qo‘llanish dasturlari orasida seans deb ataluvchi bog‘lanishni o‘rnatish, foydalanish va yakunlash imkonini beradi. Ushbu pog‘onada tarmoqdagi ikki qo‘llanish dasturlar aloqasi uchun zarur bo‘lgan nomlarni tanib olish va himoya vazifalari bajariladi, o‘zaro bog‘lanish jarayonlar o‘rtasida dialogni boshqarishni ta'minlaydi, ya'ni tomonlardan qaysi biri qachon va qancha vaqt uzatish bajarishini boshqaradi.
Taqdimot pog‘onasi (Presentation Layer) tarmoq komp'yuterlari o‘rtasida ma'lumotlar almashuvi shaklini belgilaydi. Qo‘llanish pog‘onasidan kelib tushgan ma'lumotlar yuboruvchi-komp'yuterda umumlashtirilib oraliq shaklga o‘tkaziladi. Qabul qiluvchi-komp'yuterda oraliq shakldan ushbu komp'yuterning qo‘llanish pog‘onasida ishlatiladigan shaklga aylantirish bajariladi, ya'ni takdimot pog‘onasi tarmoqda uzatilayotgan axborotning tarkibini o‘zgartirmagan holda uni kasb etish shakli bilan ishlaydi
E`tiboringiz uchun rahmat
Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling