Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Psixologiya” fakulteti


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana29.03.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1306808
  1   2   3
Bog'liq
To\'yboyeva Saida N13 MI



Mirzo Ulugʻbek nomidagi 
Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali 
 
“Psixologiya” fakulteti 
“Oila psixologiyasi ” kafedrasi
 

Raqamli va axborot texnologiyalari
” fanidan 
 
MUSTAQIL 
ISHI 
 
Mavzu:
Elektron raqamli imzo va undan foydalanish 
texnologiyalari
 
Bajardi: 314-21-guruh talabasi To’yboyeva Saida 
 
Jizzax-2023 


 
Reja: 
1.ERI haqida 
2.ERI dan foydalanish. 
3.ERI olish tartibi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Elektron raqamli imzo — Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini 
elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish 
natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida 
elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo 
yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. 
(qonun)Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda elektron raqamli 
imzo qogʻoz hujjatga shaxsan qoʻyilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir. 
Elektron maʼlumotlarni kriptografik oʻzgartirish natijasida hosil qilingan belgilar 
ketma-ketligi. Elektron raqamli imzo maʼlumotlar blokiga qoʻshib qoʻyiladi va 
blokni qabul qiluvchiga, manbani va maʼlumotlarning butunligini tekshirish hamda 
soxtalashtirishdan muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi kunga kelib, ayrim 
mamlakatlar qonunchilik yoʻli bilan raqamli imzodan foydalanishni layoqatliligini 
qonunlashtirib qoʻyganlar. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari roʻyxatga 
olish markazlari tomonidan beriladi.
 
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonuniga 
muvofiq, elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat 
axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus 
o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti 
yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron 
raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan 
imzo. 


Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti — elektron raqamli imzo vositalaridan 
foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum 
bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo‘ljallangan 
belgilar ketma-ketligi. 
Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti — elektron raqamli imzo vositalaridan 
foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos 
keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va 
elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun 
mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi. 
Mazkur Qonunga ko‘ra elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat 
tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u 
maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi. Aloqa, axborotlashtirish va 
telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida O‘zbekiston Respublikasi aloqa, 
axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi ERIni 
ro‘yxatga oluvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi. Mazkur vazifa Qo‘mita 
tizimidagi «
UNICON.UZ
» – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi Davlat 
unitar korxonasi qoshidagi Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish 
markazi tomonidan amalga oshiriladi. 
Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazi elektron raqamli 
imzoning ochiq kalitlari va shifrlash sertifikatlaridan quyidagi maqsadlarda 
foydalanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan: 
- uzatiladigan elektron hujjatlar va ommaviy axborot resurslarining butunligini, 
shuningdek ularning ishonchli autentifikatsiya qilinishini nazorat qilish
- axborot o‘zaro hamkorligi sub’ektlarining yuridik jihatdan ahamiyatli elektron 
identifikatsiyalash tizimini yaratish; 
- tizim sub’ektlarining axborot o‘zaro ishlashida xavfsizlik va foydalana olishning 
ajratilishini ta’minlash; 
- axborot o‘zaro hamkorligi sub’ektlarining elektron raqamli imzo kalitlarini 


boshqarish tizimini yaratish. 
Kalitlarni ro‘yxatga olish markazi «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi Qonun 
talablariga muvofiq vazifa va funksiyalarni bajaradi. 
Kalitlarni ro‘yxatga olish markazi tomonidan tayyorlanadigan elektron raqamli imzo 
kalitining sertifikati ITU-T X.509, RFC3279, RFC3280 xalqaro tavsiyalarida 
belgilangan formatdan foydalanadi. 
Dasturiy ta’minot o‘z ichiga Sertifikatlashtirish markazi va ma’muriy boshqaruvni 
oladi. Sertifikatlashtirish markazining serveri ERI kalitlarini ro‘yxatga olish markazi 
funksiyalarining kompleksini ta’minlaydi va ERI ochiq kalitlari sertifikatlarining 
muhofazalangan saqlash joyidan iborat. Ma’muriy boshqaruvning dasturiy ta’minoti 
o‘z funksiyalarini bajarishlari uchun Kalitlarni ro‘yxatga olish markazini uzoqdan 
turib boshqarilishini ta’minlaydi. 
Kundalik faoliyat raqamli platformaga ko‘char ekan, virtual tarmoqda erkin va 
xavfsiz, ishonchli harakatlanish, shaxsni tasdiqlash va jarayonlarni amalga oshirish 
uchun har bir kishiga elektron raqamli imzo kerak bo‘ladi. Jumladan, O‘zbekiston 
Respublikasining bugungi qonunchilik talablariga ko‘ra, elektron raqamli imzo 
bo‘lmagan taqdirda, davlat organlarining interaktiv xizmatlaridan foydalanib
shuningdek Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatiladigan 
xizmatlardan ham foydalanib bo‘lmaydi. Xususan, biror davlat idorasiga ariza, 
murojaat, taklif yuborish uchun ham, sizning shaxsingizni tasdiqlaydigan, o‘zaro 
ishonchli hamkorlikni ta’minlaydigan elektron raqamli imzoga ega bo‘lishingiz 
kerak bo‘ladi. 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling