Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Psixologiya” fakulteti


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana29.03.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1306808
1   2   3
Bog'liq
To\'yboyeva Saida N13 MI

Elektron raqamli imzo nima?
Elektron raqamli imzo – davlat idoralari bilan o‘zaro munosabatni o‘rnatishda 
jismoniy yoki yuridik shaxsga elektron xatti-harakatlarini tasdiqlash uchun zarur 
bo‘ladigan, mas’ul davlat organi tomonidan taqdim etilgan, elektron raqamli imzo 
yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. 
Sodda tilda aytsak, bu – shaxsning raqamlardan iborat elektron imzosi va uning 


kuchi shaxsning qo‘lda chekilgan imzosiga tenglashtiriladi. 
Elektron raqamli imzo nimaga kerak?
Elektron raqamli imzo yordamida elektron hujjatlarni imzolash, masofadan turib 
davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin. 
Elektron raqamli imzo noyobligi, nusxa olish ya’ni ko‘paytirib bo‘lmasligi bilan, 
hujjatni imzolagan shaxsni tasdiqlashi bilan, qalbakilashtirishning imkonsizligi 
bilan o‘ziga xosdir. 
Elektron raqamli imzo nimaga kerak va undan foydalanish muddati qancha?
Misol uchun, uning yordamida bugun Yagona bportal orqali ko‘rsatilayotgan 240 
dan ziyod interaktiv xizmatlardan foydalanish mumkin. 
ERI kaliti foydalanuvchisi o‘zining kalitidan 24 oy muddat mobaynida foydalana 
oladi. Uni uzaytirish uchun siz elektron raqamli imzo kalitini olingan Ro‘yxatga 
olish markaziga murojaat qilishingiz zarur. 
Elektron raqamli imzo kimlarga beriladi?
ERI kalitlarning sertifikatlari yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha 
beriladi. Murojatt qilgan shaxs ro‘yxatdan utish va ERI kalitining sertifikatini olish 
uchun soliq xizmatlari organlarida hisobda turishi zarur (soliq to‘lovchining 
identifikatsiya raqami -STIRbo‘lish kerak) 
Elektron raqamli imzoni qayerdan olish mumkin?
Bugungi kunga kelib, 6 ta rasmiy davlat ro‘yxatidan o‘tgan (amaldagi) elektron 
raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyat yuritib kelmoqda: 

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi; 

Markaziy bank Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamenti; 

Davlat bojxona qo‘mitasi; 



Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi “UNICON.UZ” Davlat unitar 
korxonasi; 

Moliya vazirligi huzuridagi Axborot-hisoblash markazi Davlat unitar korxonasi; 

“INTELLECT SOFT” xususiy korxonasi. 
Siz shu markazlardan biriga murojaat qilishingiz mumkin. 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling