Mirzo ulug‘bek” nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jizzax filiali


Download 24.86 Kb.
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi24.86 Kb.
#1431356
  1   2
Bog'liq
Joriy 1





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BEK” NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


JIZZAX FILIALI
IQTISODIYOT” FAKULTETI

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” FANIDAN



JORIY NAZORAT


MAVZU: Xalqaro savdo nazariyasi

Topshirdi: 924-20 -guruh talabasi Raximov Javoxir

Qabul qildi: Azimov Yusufjon


Xalqaro savdo nazariyasi.
Reja:
1.Mutlaq va nisbiy afzallik nazariyalari.
2.Xalqaro savdoning yangi va o‘ta yangi nazariyalari.

1.Mutlaq va nisbiy afzallik nazariyalari.
A.Smit iqtisodiy nazariyaga birinchi b o iib «mutlaq afzallik» tushunchasini kiritdi.
Mutlaq afzallik — mamlakatlar mutlaq afzallikka ega bo‘lgan (tannarxi pastroq bo‘lgan) tovarlami ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ulami eksport qiladi, boshqa tovarlami (boshqa mamlakatlar mutlaq afzallikka ega tovarlami) esa import qiladi.
A.Smit, D.Rikardo va Dj.S.Mill nazariyalarida xalqaro savdoda mamlakatning o‘rnini aniqlash uchun faqat bitta ishlab chiqarish omili bor, deb faraz qilingan. Bu nazariyalarda mamlakatning xalqaro savdoda egallashi mumkin bo‘lgan o ‘rni ulardagi mehnat unumdorligi bilan belgilangan. Shu sababli ushbu olimlarning ilmiy ishlarini davom ettirganlar xalqaro savdoni bir nechta ishlab chiqarish omili mavjudligida tahlil qilishga harakat qilishgan.
Shved iqtisodchilari E.Xeksher va B.Olin o ‘z tahlillarida ishlab chiqarishning ikki omilini — kapital va mehnat omilini ko'rib chiqdilar. Ulaming ta’kidlashicha, ishlab chiqarish omillari bilan ta’mirilanganlik darajasiga ko‘ra mamlakatlami quyidagi ikki guruhga ajratisn mumkin:

  1. Mehnat omiliga boy mamlakatlar - bu mamlakatlarda mehnat resurslari ko‘p va arzon b o ‘ladi. Ularga misol qilib Xitoy va O‘zbekiston kabi mamlakatlami keltirish mumkin.

  2. Kapital omiliga boy mamlakatlar — bu mamlakatlarda kapital katta hajmlarda jamlangan bo‘ladi, ammo mehnat resurslari bilan ta ’mirilanganlik darajasi pastroq bo‘ladi. Shu sababli bu mamlakatlarda real ish haqi darajasi yuqori bo‘ladi. Shuningdek, ushbu mamlakatlarda mehnat resurslarining kapital bilan ta’minlanganlik darajasi yuqori bo‘ladi. Ularga misol tariqasida AQSH va Germaniya kabi mamlakatlarni keltirish mumkin.

Bundan tashqari, tovarlarini ham ikki guruhga bo‘lish mumkin:



  1. Mehnat sig‘imkorligi yuqori bo'lgan tovarlar — bu turdagi tovarlami ishlab chiqarishda kapitaldan ko‘ra mehnat resurslari ko‘proq talab qilinadi. Bu turdagi tovarlarga misol qilib qishloq xo‘jalik mahsulotlarini keltirish mumkin.

  2. Kapital sig'imkorligi yuqori bo‘lgan tovarlar — bu turdagi tovarlami ishlab chiqarishda mehnat resurslaridan ko‘ra kapital ko‘proq talab qilinadi. Bu turdagi tovarlarga misol qilib qayta ishlash sanoati mahsulotlarini keltirish mumkin.

Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi ko'p marotaba katta hajmdagi statistik m a’lumotlar asosida turli mamlakatlarga taalluqli tovar va ishlab chiqarish omillari bo'yicha empirik sinovlardan o ‘tdi. Ushbu sinovlardan eng mashhurini AQSHda 1953-yilda V.Leontev o'tkazdi.
V.Leontev bir qancha empirik sinovlar o'tkazish yo'li bilan Xeksher-Olin tomonidan ishlab chiqilgan nazariyaning shartlari amaliyotda qo'llanilmasligini isbotladi. Ikkinchi jahon urushidan so'ng AQShni boshqa mamlakatlar bilan qiyosiy taqqoslanganda, o'rtacha ish haqi darajasi eng yuqori mamlakat va kapitalga boy davlatlardan sanalardi. Shu sababli mamlakat Xeksher-Olin nazariyasiga muvofiq, kapital sig'imkorligi yuqori mahsulotlami eksport qilishi lozim edi. V.Leontev ushbu gipotezani tekshirish maqsadida 1 mln dollarlik eksport va shuncha miqdordagi import mahsulotlariga raqobat bardosh tovarlami ishlab chiqarish uchun qancha kapital va ishchi kuchi sarf etilishini hisoblab chiqdi. U har bir ishlab chiqarish sohasi bo'yicha tovar birligi uchun sarf etiladigan kapital va mehnatni hisobladi. Bunda u faqatgina avtomashina kabi tayyor mahsulotlar bilan chegaralanib qolmay, balki yarim tayyor mahsulotlar (rezina, po'lat, oyna kabilar) uchun ketadigan kapital va ishchi kuchi sarflarini ham hisoblab chiqdi.



Download 24.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling