Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jizzax filliali


bo‘lgan davrda mikrofirma va kichik korxonalarga (aksizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida)


Download 188.42 Kb.
bet3/4
Sana02.06.2024
Hajmi188.42 Kb.
#1833331
1   2   3   4
Bog'liq
xusanova umida kurs ishi

 bo‘lgan davrda mikrofirma va kichik korxonalarga (aksizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha kamaytiriladi;

  • mikrofirma va kichik korxonalarda 2020-yil 15-may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha mavjud bo‘lgan qarzdorlikni undirish 2020-yil 1 sentyabrgacha to‘xtatiladi.

    Bunda ularga 2020-yil 15-may holatiga soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha ijro etilmagan to‘lov topshiriqnomalarini qaytarib olish huquqi beriladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kyengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit ajratilishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan ekspyeriment Toshkent shahriga tatbiq etiladi.
    Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan foiz xarajatlarini qoplashga kompensatsiya berish tarzida qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etilgan.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-may kuni tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
    Tadbir avvalida davlatimiz rahbari koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash ishlariga yana bir bor to‘xtalib o‘tdi.
    Kasallikni yuqtirgan 2 ming 802 nafar fuqaromizdan 2 ming 314 nafari yoki 82 foizi butunlay sog‘aygani, bu kurashda chinakam jasorat ko‘rsatayotgan 23 ming nafar tibbiyot xodimlariga jami 78 milliard so‘mdan ziyod rag‘batlantirish puli to‘lab berilgani aytildi.
    – Kasallikka qarshi kurashish bilan birga, chet ellardagi fuqarolarimiz haqida ham qayg‘uryapmiz. Hozirgi kungacha xorijdan 39 ming nafar yurtdoshlarimizni olib keldik. Tashqarida og‘ir ahvolda qolgan yana 12 ming nafar fuqaromizga tegishli yordam ko‘rsatib, ularni yurtimizga olib kelish choralari ko‘rilmoqda, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
    Iqtisodiyot tarmoqlarida faollik tiklanmoqda. Misol uchun, oxirgi haftada tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan elektr energiyasi iste’moli 13 foizga ko‘paygan. Shuningdek, oxirgi ikki haftada birjada sement savdosi oldingi oyning shu davriga nisbatan 104 ming tonnaga, yoqilg‘i mahsulotlari 74 ming tonnaga, qurilish oynasi 60 ming kvadrat metrga oshgan.
    Epidemiologik holatdan kelib chiqib, hududlarni “yashil”, “sariq” va “qizil” zonalarga ajratgan holda, 110 mingga yaqin tadbirkorlik sub’ektining faoliyatiga ruxsat berildi, 600 mingdan ziyod xodimlar ish joyiga qaytdi.
    Umuman, so‘nggi ikki oyda pandemiyaning aholi turmush tarzi va iqtisodiyot tarmoqlariga ta’sirini yumshatish bo‘yicha Prezidentning 12 ta farmon va qarori qabul qilindi. Buning natijasida 500 mingdan ziyod tadbirkorlik sub’ekti va 8 milliondan ortiq fuqaroga qariyb 30 trillion so‘mlik imtiyoz va preferensiyalar berildi.
    18-may kuni davlatimiz rahbarining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, 500 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari va 100 mingga yaqin aholiga qo‘shimcha 1,7 trillion so‘mlik ko‘mak beriladi.
    – Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, nima sharoit yaratish zarur bo‘lsa, barchasini qildik. Endi iqtisodiyot va investitsiya komplekslari, sektor rahbarlari quyi tizimda ushbu imtiyozlarning har bir tadbirkor va fuqarogacha yetib borishini ta’minlashi kerak, – dedi Prezident.
    Respublika komissiyasiga sohalar va hududlardagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, qolgan 40 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga ham bosqichma-bosqich ruxsat berish vazifasi qo‘yildi. Shu bilan birga, hozirgi vaqtda mamlakatimizning 38 ta tumani “qizil” zonada qolayotgani bois karantin qoidalariga qat’iy amal qilish talab etiladi.
    Pandemiya tufayli kambag‘al aholi va ishsizlar soni oshishi, oilalar daromadi kamayishi tayin. Shu sababli qisqa fursatda yangi ish o‘rinlari yaratish uchun kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni faol qo‘llab-quvvatlash zarur.
    Yig‘ilishda bu boradagi qo‘shimcha chora-tadbirlar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
    Avvalo, tadbirkorlar huquqlari kafolatlari va mulk daxlsizligini ta’minlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratildi.
    – Barcha hokimlarni ogohlantiraman. Birorta tadbirkorning mulki noqonuniy olib qo‘yilsa, hokim faqat ishdan ketish bilan qutulmaydi, balki qonun oldida javob beradi, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
    Mutasaddi idoralarga mulk daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, mulkni kompensatsiya qilish bo‘yicha tadbirkorlar foydasiga chiqarilgan sud qarorlari ijrosini to‘liq ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
    Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, tadbirkorlik muhiti har bir tuman va shahar kesimida oyma-oy tahlil va xulosa qilib boriladi. Shuningdek, Biznes-ombudsman tadbirkorlar huquqi va mulk daxlsizligini buzgan tuman va shahar hokimlari to‘g‘risida hukumatga ma’lumot kiritib boradi. Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlar muammosini hal qilmagan, ular bilan yetarli darajada ishlamagan shahar va tuman hokimlarining lavozimga loyiqligini ko‘rib chiqadi.
    O‘zini o‘zi band qilayotgan, qo‘lida kasb-hunari bor odamlarga munosib sharoit yaratish maqsadida yangi tizim joriy etilishi belgilandi. Ya’ni, sartarosh, etikdo‘z, novvoy, temirchi, duradgor, tikuvchi, taksist, tarjimon, dizayner, kompyuter dasturchisi kabi o‘zini o‘zi band qilgan 60 dan ziyod kasb egalari daromad solig‘idan ozod qilinadi. Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun telefon orqali soliq idoralarini xabardor qilish kifoya. Ilg‘or xorijiy tajriba asosida bunday fuqarolarni ro‘yxatga olish va hisobini yuritish bo‘yicha mobil ilova ishlab chiqiladi.
    Ma’lumki, yil boshida xususiy notariuslikka ruxsat berilgani natijasida 617 ta davlat notariusi xususiy bo‘ldi va byudjetdan berilayotgan 200 milliard so‘m iqtisod qilindi.
    Xuddi shuningdek, hozirgi kunda davlat idoralari ko‘rsatayotgan kadastr hujjatlarini tayyorlash, yer ajratishda toposuratga olish kabi xizmatlarni xususiy sektorga o‘tkazilsa, minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
    Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Adliya vazirligiga aniq hisob-kitob asosida, xususiy sektorga o‘tkazish mumkin bo‘lgan davlat xizmatlari ro‘yxatini shakllantirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
    Karantin davrida ko‘pgina tashkilotlar to‘lov qobiliyatini yo‘qotib, bankrotlik yoqasiga kelib qolishi mumkin. Shu sababli, korxonaga sanatsiya qo‘llanilsa, uning soliq va boshqa to‘lovlardan qarzdorligi karantin tugaganidan keyin undirilishi mumkinligi belgilandi.
    Davlat aktivlarini tadbirkorlarga sotish tizimi tanqid qilindi, unda haligacha byurokratizm saqlanib qolgan. Jumladan, auksionga qo‘yilgan ayrim yer uchastkalari va ko‘chmas mulk ob’ektlarining investitsiya majburiyatlari yuqoriligi, infratuzilma rivojlanmagan joylardan ajratilgani sababli ularning 53 foizi ko‘pdan beri sotilmay turibdi. Shuningdek, 57 ta tuman va shaharda so‘nggi 4 oyda tadbirkorlik uchun birorta yer uchastkasi auksionga chiqarilmagan. Joylarda davlat ulushi mavjud 552 ta ob’ekt bo‘sh turibdi.
    Ushbu inshootlarda ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish, ayrimlarida kichik sanoat zonalari tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
    Bundan buyon kichik sanoat zonalari mulk huquqi asosida tashkil etilib, boshqaruvga xususiy sektor keng jalb qilinadi. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hokimliklar bilan birga ushbu kichik sanoat zonalari joyini aniqlash, infratuzilmasiga mablag‘ ajratish, boshqaruvga xususiy sektorni keng jalb qilish bilan shug‘ullanadi. Ularni infratuzilmaga ulash uchun joriy yilda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 200 milliard so‘m ajratiladi.
    Pandemiya oqibatlarini yumshatish doirasida “Har bir oila – tadbirkor” dasturiga ajratilgan 1 trillion so‘m kredit mablag‘larini qaytarish muddati uzaytirildi. Shu bois, ushbu dasturni to‘liq amalga oshirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 100 million dollar resurs ajratildi.
    Prezidentimiz mahsulot, uskuna, xomashyo hamda aylanma mablag‘lar uchun kredit olishda tadbirkorlarga o‘rnatilgan barcha cheklovlar olib tashlanishi kerakligini ta’kidladi. Markaziy bankka kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga kreditlar berish shartlarini soddalashtirish bo‘yicha topshiriq berildi.
    Mahsulotlarga talabni yaratish uchun savdo faoliyatini rag‘batlantirish, aholining iste’mol qobiliyatini oshirish maqsadida iste’mol kreditlari berishni kengaytirish lozimligi qayd etildi.
    Yig‘ilishda tijorat banklari oldidagi vazifalarga ham to‘xtalib o‘tildi.
    Xalq qabulxonalari va Bosh vazir qabulxonalariga kelgan murojaatlarning 55 foizi bank kreditlari bilan bog‘liqligi bu boradagi muammolar ko‘lamini ko‘rsatadi. Shuningdek, bank xizmatlari bo‘yicha tadbirkorlar murojaatlari Milliy bankda 10 foiz, Mikrokreditbankda 11 foiz, Agrobankda 13 foiz ijobiy hal qilingan, xolos.
    Prezidentimiz bank faoliyatiga mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatiga qarab baho berilishini alohida qayd etdi.
    Tijorat banklari kichik biznes rivojida muhim bo‘g‘in ekani, har bir tumandagi “o‘sish nuqtalari”ga mablag‘ yo‘naltirib, tadbirkor va fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashi zarurligi ta’kidlandi.
    Yig‘ilishda tadbirkorlar bilan ishlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim tuman va shahar hokimlarini vazifasidan ozod qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

    Pandemiyaning iqtisodiyotimizga ta’siri


    2.1.Pandemiyaning iqtisodiyotimizga ta’siri.
    2020 yil 10 aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Pandemiya sharoitida aholini ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy himoyalash” mavzusida Yosh olimlar kengashining kengaytirilgan tarkibdagi onlayn ilmiy-nazariy seminari o‘tkazildi.
    “Zoom” platformasida onlayn formatda tashkil etilgan ushbu ilmiy-nazariy anjumanda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, shuningdek, respublikamizning turli oliy ta’lim hamda ilmiy tadqiqot muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, shuningdek, magistratura va bakalavriat talabalari ishtirok etdi.
    Tadqiqotlar sohasida professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va tadqiqotchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida zikr etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan amalga oshirilayotgan aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatini alohida qayd etdi.
    Yosh olimlar kengashi raisi PhD, dosent D.Sayfullaev hozirgi sharoitda ilmiy tadqiqot ishlarining raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi, oliy ta’limning masofaviylashuvi, ilmiy tadqiqotlarda innovasion yondashuvlar muhim ahamiyatga molikligini takidladi. Tadbir davomida institut doktoranti Sh.Po‘latov so‘zga chiqib, pandemiya sharoitida dunyo davlatlarida, shu jumladan, O‘zbekistonda masofaviy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda muammolar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.
    Shuningdek, institutda iqtisodiyot nazariyasi ixtisosligi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchi D.Salaev davlatimiz Rahbari tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston aholisini pandemiyaning salbiy ta’siridan himoyalash hamda ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qarorlar va chora-tadbirlarni atroflicha sharhlab berdi. O‘z navbatida, siyosatshunos tadqiqotchi O.Alimov global miqyosda koronavirus tarqalishining dunyo siyosatiga ta’siri va post-pandemiya xalqaro munosabatlarining shakllanishi borasidagi tahliliy fikr-mulohazalarini taqdim etdi.
    Ilmiy seminarda ekspert sifatida ishtirok etgan institut yetakchi professor-o‘qituvchilari s.f.d., prof. S.A.Jo‘raev, s.f.n., dos. I.N.Bekmuratov yosh olimlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni ilmiy tahlil qilib, o‘z xulosalari va tavsiyalarini berishdi. Xususan, ularning nuqtai nazaricha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan pandemiya sharoitida aholi turmush tarzini keskin pasayib ketishining oldini olishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va zudlik bilan qabul qilingani natijasida mamlakatimizda koronvirus tarqalishi darajasini jilovlab olish imkoniyati yaratildi.Shuningdek, tadbir yakunida O‘zbekistonda masofaviy ta’limning yo‘lga qo‘yilishi, rivojlangan davlatlarning bu boradagi tajribasi borasida ham to‘xtalinib, yosh olimlarning raqamli ta’lim va an’anaviy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularni milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda rivojlantirish borasidagi mulohazalari atroflicha tahlil qilindi.
    Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi YaIM joriy yilning 1-choragida 4,1% ga o‘sdi (o‘tgan yilning shu davrida 5,3%). Tashqi savdo aylanmasi 10,2% ga kamaydi. Ammo bu ko‘rsatkichlarda karantin choralarining qo‘llanilishi ta’siri minimal bo‘ldi. Chunki koronavirus birinchi chorak tugashiga ikki hafta qolganida aniqlandi va karantin tadbirlari 16 martdan 6 aprelgacha mamlakat bo‘ylab bosqichma-bosqich joriy etildi.Agar tashqi savdo aylanmasi yil boshidan buyon Xitoy va Yevropada epidemiya ta’sirida salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, unda barcha savdo ob’yektlarini yopish (oziq-ovqat do‘konlari va bozorlardan tashqari), umumiy ovqatlanish va xizmatlar, mamlakat ichidagi transportda qat’iy cheklovlar va boshqa mamlakatlar bilan avto, havo va temir yo‘l aloqalarining to‘xtatilishi ichki talabning pasayishiga olib keldi.Ichki talabni qo‘llab-quvvatlash uchun 14 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasini 16% dan 15% ga tushirdi. Bu so‘nggi 5 yil ichida qayta moliyalash stavkasining ilk marta pasaytirilishi bo‘ldi. Birinchi chorakda YaIM o‘sishining pasayishi ham o‘tgan 3 yil mobaynida O‘zbekiston iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotiga yanada faol integratsiyalashganini ko‘rsatdi. So‘nggi yillarda xizmat ko‘rsatish sohasining yuqori ko‘rsatkichlarda o‘sib borishi YaIM tuzilmasidagi ulushini ham oshishiga olib keldi.
    O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasining hisobotiga ko‘ra, 2019 yil yakunlariga ko‘ra YaIMda xizmatlar 35,5%, sanoat 30%, qishloq xo‘jaligi 28,1%, qurilish 6% ni tashkil etdi.Demak xizmat ko‘rsatish sohasidagi og‘ir vaziyat iqtisodiy o‘sish sur’atlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.Xalqaro mehnat tashkiloti kichik biznesda va o‘zini o‘zi band qilgan aholini, ayniqsa, norasmiy iqtisodiyotda ishlayotganlarni himoya qilish uchun shoshilinch va muhim siyosat choralarini ko‘rishga chaqirmoqda].
    O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra bugungi kunda O‘zbekiston mehnat bozorida 13,5 mln kishi band bo‘lib, ulardan 5,7 mln kishi rasmiy va 7,8 mln kishi norasmiy sektorda, shu jumladan, 2,6 mln kishi mehnat migranti sifatida mehnat qilmoqda.Jahon banki tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Covid-19 pandemiyasi va qo‘llanilgan karantin choralari ta’sirida yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz tufayli, pul o‘tkazmalarining umumiy hajmi 20%ga keskin tushadi. O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari sonidan kelib chiqadigan bo‘lsak bu ko‘rsatkich 500 mingdan ko‘proq kishi koronavirus pandemiyasi ta’sirida doimiy ish joylariga ketolmay qolish ehtimoli yuqori.Aksariyat hollarda norasmiy sektorda bandlar ko‘rsatkichi qishloq joylarida ko‘proq bo‘lishi hududlar kesimida tahlil qilinganda ham ko‘rinib turibdi.
    O‘zbekiston Davlat byudjetining 2020 yil I chorakdagi daromadlari 28,5 trln so‘m yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,4 trln so‘mga ko‘proqni tashkil etdi. Byudjet daromadlari tarkibida 2020 yil I choragida soliq tushumlari 23,8 trln so‘mni tashkil etdi. Ular o‘tgan yilning I choragi bilan solishtirganda 5,3 trln so‘mga ko‘paygan. Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha mintaqalararo inspeksiya to‘liq faoliyat yurita boshladi va 15,4 trln so‘m yoki soliq organlari tomonidan ma’muriylashtiriladigan barcha daromadlarning 65 foizi yig‘ilishini ta’minlab berdi.Davlat byudjetining xarajatlari ijrosi.Davlat byudjetining 2020 yil I chorakdagi xarajatlari 27,661 trln so‘mni yoki jami yillik tasdiqlangan xarajatlarning 21,1 foizini tashkil etdi. Shundan, respublika byudjeti xarajatlari 18,153 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, mahalliy byudjetlar orqali 9,508 trln so‘mlik xarajatlar moliyalashtirilgan.
    Ijtimoiy soha xarajatlari.
    Hisobot davrida ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 15,550 trln so‘m yoki umumiy xarajatlarning 56,6 foizi miqdorida mablag‘ sarflandi.
    Ijtimoiy xarajatlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sishi 18,5 foizni tashkil etdi.Ijtimoiy xarajatlarning asosiy qismini tashkil etgan ta’lim tizimi muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirish xarajatlariga Davlat byudjetidan 7,961 trln so‘m mablag‘ ajratildi. Shundan maktabgacha ta’lim muassasalarini saqlash xarajatlari uchun Davlat byudjetidan 1,426 trln so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 450,5 mlrd so‘m yoki qariyb 1,5 baravarga ko‘p), jumladan oziq-ovqat sotib olish xarajatlariga 162,6 mlrd so‘m (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 53,6 mlrd so‘mga yoki 1,5 baravarga ko‘p) mablag‘lar ajratilgan.Xususan, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga amalga oshirgan xarajatlarini qisman qoplash uchun 134,5 mlrd so‘mlik subsidiyalar (2019 yil 1 choragida 6,9 mlrd so‘m) ajratilgan. Ilm-fanni rivojlantirishga hisobot davrida 150,0 mlrd so‘m yoki ijtimoiy sohaga ajratilgan mablag‘larning 1 foizi miqdorida mablag‘ ajratildi (2019 yil I choragida — 0,3 foiz). Sog‘liqni saqlash sohasiga Davlat byudjetidan yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori 3,883 trln so‘m yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1084,4 mlrd so‘mga (1,4 baravarga) ko‘p mablag‘lar ajratilgan. Ajratilgan mablag‘ning jami Davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 14 foizni (2019 yilda — 11,6 foiz) tashkil etdi. Jumladan, dori-darmonlar xarid qilish xarajatlariga 252,2 mlrd so‘m (2019 yilda — 189,9 mlrd so‘m) ajratilgan.
    Bundan tashqari joriy yilning I choragida, sog‘liqni saqlash sohasiga tashkil etilgan “Inqirozga qarshi kurashish” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 343,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratilganini ham alohida ta’kidlash o‘rinli, deyiladi sharhda. Ushbu mablag‘lar quyidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirildi:
    Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlariga karantinda saqlanayotgan fuqarolarni saqlash, jamoat joylarini dezinfeksiya qilish va epidemik holati bilan kurashish bo‘yicha boshqa tadbirlarga 82,7 mlrd so‘m;
    • Sanitariya — epidemiologiya osoyishtalik agentligiga shaxsiy himoya, dezinfeksiya, izolyasiya vositalari, test (PSR) diagnostikumlari, tibbiy texnika vositalarini xarid qilish uchun 123,5 mlrd so‘m;


    • Toshkent viloyatining Yuqori-Chirchiq tumanida aholini vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasi va Zangiota tumanida maxsus shifoxona qurilishi hamda Toshkent shahrida zamonaviy diagnostika laboratoriyasi kompleksini rekonstruksiya qilish uchun 107,4 mlrd so‘m;


    • O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashiga kam ta’minlangan xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash uchun 30 mlrd so‘m.


    Madaniyat va sport sohasiga Davlat byudjetidan 2020 yilning I choragida yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori 541 mlrd so‘mni tashkil etib, ushbu xarajatlarning 249,2 mlrd so‘mi madaniyat sohasi, 291,8 mlrd so‘mi sport sohasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.


    2020 yil 17 sentyabr kuni Toshkent shahrida BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi xamda Jahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida "COVID-19 pandemiyasi sharoitida O'zbekistonda raqamlashtirish istiqbollarini aniqlash" mavzusidagi xalqaro davra suhbati bo'lib o'tdi. Milliy va xalqaro raqamli soxa mutaxassislarini birlashtirgan onlayn-tadbir O'zbekistonda raqamli sektorni jamiyat manfaati uchun yanada rivojlantirishga qaratildi.
    O'zbekistonning raqamli transformatsiyasining ijobiy ta'siri COVID-19 pandemiyasi paytida yaqqol sezilgan bo'lsa-da, takomillashtirishning bir qancha yo'nalishlari aniqlandi. Internetga ulanish butun O'zbekiston bo'ylab notekis bo'lib, raqamli iqtisodiyotning milliy yalpi ichki mahsulotdagi ulushi atigi 1,8 foizni tashkil etadi. 700 ta davlat axborot tizimining 70% elektron hukumat platformasi bilan birlashtirilmagan va faqatgina 27 ta davlat idoralari Milliy davlat xizmatlarini ko'rsatish tizimi orqali xizmat ko'rsatadi.
    Davra suhbati COVID-19 pandemiyasining O'zbekistondagi raqamlashtirish jarayoni nuqtai nazaridan olib kelgan foydalari va muammolari haqida fikr yuritish, shuningdek, pandemiya paytida va undan keyin yuzaga keladigan muammolarni hal qilish uchun jamiyat, hukumat va biznes vakillari tomonidan raqamli texnologiyalardan foydalanish usullarini aniqlash uchun imkoniyat yaratdi. Muhokamalarda 2017 yildan buyon O'zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi yutuqlari sarhisob qilindi, raqamli texnologiyalarning COVID-19ga javob berishdagi o'rni ko'rib chiqildi (ulardan Buyuk Britaniya, Estoniya va Singapurda foydalanish bilan taqqoslaganda), shuningdek keng ko'llamli raqamli iqtisodiyotni kengaytirish imkoniyatlari o'rganildi bu yo'nalishda qanday katalizatorlar va yordam safarbar etilishi mumkinligini hisobga olgan holda O'zbekistonni o'zgartirish, yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
    Tadbirda "O'zbekistondagi raqamli rivojlanish: dolzarb taraqqiyot va rivojlanish yo'li" xamda "COVID-19 ga raqamli munosabat: O'zbekiston va xorijiy tajriba" mavzularida ikkita tematik mashg'ulotlar o'tkazildi, o'zaro fikr almashildi. Ushbu tadbir natijasida O'zbekistonning raqamli transformatsiyasini kengaytirish bo'yicha tavsiyalarni o'z ichiga olgan tahliliy ma'ruza, shuningdek raqamli transformatsiya bilan bog'liq masalalarni muhokama qilish uchun tegishli tomonlar va idoralar

    2.2Koronavirus pandemiyasi kichik biznesga ta’siri.


    Madaniyat va sport sohasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 58,6 foizga o‘sgan. Buni quyidagilar bilan izohlash mumkin: O‘zbekiston prezidentining qaroriga asosan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida 186 ta tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari tashkil etildi. Shuningdek, Milliy kutubxonaning 2020 yil shtatlar jadvalida 92 ta qo‘shimcha shtat birliklari ajratildi. Bu esa o‘z navbatida, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan xarajatlarni 18,2 mlrd so‘mga oshirgan.Shuningdek, milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi doirasida badiiy film, hujjatli film va multiplikatsion filmni suratga olish, shuningdek, qisqa metrajli va bolalar yumoristik filmlarini suratga olish xarajatlariga joriy yilning I choragida 19,3 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,9 mlrd so‘mga ko‘pdir.Bundan tashqari, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi xodimlarining gonorar to‘lovlari, radio aloqa, radio eshittirish va televideniya markazi xizmati (SRRT) hamda boshqa amalga oshirilgan xarajatlar hisobiga o‘tgan yilgi raqamlarga nisbatan xarajatlar 24 mlrd so‘mga oshgan.O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining qaroriga asosan sport maktablari hamda olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari ayrim xodimlarining bazaviy tarif stavkalari 2020 yil 1 yanvardan o‘rtacha 1,35 baravarga oshirilgan bo‘lib, natijada sport maktablarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari bo‘yicha xarajatlar 2019 yilning I choragiga nisbatan 58,3 mlrd so‘mga oshganligi sabab bo‘lgan.Ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam, kompensatsiya to‘lovlari va aholi bandlik darajasini oshirishga Davlat byudjetidan hisobot davrida 1,668 trln so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davrida ajratilgan mablag‘ga nisbatan 293,6 mlrd so‘m ko‘proq mablag‘ ajratildi, o‘sish 21,4 foizni tashkil etdi.
    Iqtisodiyotga amalga oshirilgan xarajatlar joriy yilning I choragida 3,158 trln so‘mni tashkil qilib, ushbu xarajatlar jami Davlat byudjetining I chorak xarajatlarining 11,4 foizini tashkil etdi. Iqtisodiyot xarajatlari asosan quyidagi yo‘nalishlarga amalga oshirildi:
    • suv xo‘jaligi ekspluatatsiyasi xarajatlari — 926,6 mlrd so‘m;


    • umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarni rivojlantirish xarajatlariga — 603,2 mlrd so‘m;


    • aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish xarajatlari — 438,1 mlrd so‘m;


    • ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish xarajatlariga — 180,2 mlrd so‘m;


    • uy-joy kommunal ishlariga — 166,1 mlrd so‘m;


    • sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash xarajatlariga — 82,1 mlrd so‘m;


    • Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish xarajatlariga — 47,7 mlrd so‘m.



    Davlat hokimiyati, boshqaruv, adliya, prokuratura va sud organlari ta’minotiga hisobot davrida 1,781 trln so‘m yoki jami Davlat byudjeti xarajatlarining 6,4 foizi yo‘naltirildi Davlat byudjeti ijrosining iqtisodiy tasnif bo‘yicha ijrosini tahlili ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning jami xarajatlarning ulushi o‘tgan yilning 1 choragidagi 35,2 foizdan hisobot davrida 39 foizga yetganligini ko‘rsatmoqda. Joriy yilning I choragi davomida byudjet tashkilotlarining qariyb 10,8 trln so‘mlik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari hamda 2,3 trln so‘mdan ortiq ish haqiga nisbatan ajratmalari o‘z muddatlarida to‘liq moliyalashtirilishi ta’minlandi. Shuningdek, hisobot davrida 1,6 trln so‘mlik kapital qo‘yilmalar va 12,8 trln so‘mlik boshqa xarajatlar moliyalashtirildi.O‘zbekistonda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan choralarning samarasi.Ko‘rilgan choralar natijasida O‘zbekistonda Covid-19 virusidan zararlanganlar orasida o‘lim darajasi 0,4% ni tashkil etmoqda. O‘zbekistonda kasallikdan davolanayotganlar ham, kasallikda gumon qilinganlar ham, karantinda saqlanayotganlarning barchasi bepul, davlat byudjeti hisobidan davolanmoqda. 21 apreldan boshlab koronavirus bilan kasallanishlar soni kunlik statistikada tuzalganlar soni kasallanganlar sonidan oshayotganligi qabul qilingan qarorlar va ko‘rilgan choralarning samarali ekanligidan dalolat beradi.Karantin davrida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi va Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan, 141 ming 800 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlanib, ularga 43 milliard 225 million so‘m ish haqi to‘lab berildi. Ta’kidlash joizki, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – bu yangi ish o‘rinlarini yaratish, bozorda talab va taklifni shakllantirish, pirovardida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun katta imkoniyat va zaxira hisoblanadi.O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun qonuniy faoliyat yuritish uchun qulay va sodda huquqiy tizim yaratish. Jahonda sodir bo‘layotgan bunday vaziyat O‘zbekistonga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib turibdi. Joriy yil birinchi choragida mamlakatimizdagi iqtisodiy o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davrga nisbatan 1,6 foizga pasayishi kuzatilgan. Bundan tashqari, investisiyalar o‘zlashtirish hajmi ham sezilarli qisqargan. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotining joriy holati va kutilayotgan tendensiyalar bo‘yicha ma’lumotida qayd etildi. 2020 yilning ikkinchi choragida esa iqtisodiy o‘sish sur’ati 4,1 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichiga (5,7 foiz) nisbatan 1,6 foiz kamayishi kuzatilgan.Ushbu holatlar mamlakatimizda ham bir qancha muammolarni keltirib chiqarmoqda va mavjud ayrim muammolarni yanada kuchaytirmoqda. Shu sababli davlatimiz tomonidan karantin sharoitida ishlash, ayniqsa, ishsizlik va oziq- ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga jiddiy e’tibor qartilmoqda.O‘zbekistonda pandemiya sharoitida vujudga kelgan umumiy muammolarni hal qilishning o‘ziga xos yo‘llari ishlab chiqildi. Davlat rahbari va hukumat tomonidan bir qator muhim farmon va qarorlar qabul qilindi. Shu asosida moliya vazirligi huzurida Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etildi. Iqtisodiyotda band bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga soliq to‘lash muddati kechiktirildi, ayrim subyektlar esa joriy yil oxirigacha soliq to‘lovidan ozod etildi. Tadbirkorlik sub’ektlari va korxonalarga qator imtiyozlar taqdim etildi, ayrim qarzdorliklar kechiktirildi, debitorlik qarzdorlik uchun jarima qo‘llash to‘xtatildi, auditorlik tekshirishlar yil oxirigacha bekor qilindi, koronavirus pandemiyasi tufayli ko‘rilgan talofatlarni kamaytirish bo‘yicha yana boshqa bir qator yengilliklar berildi.Mamlakatimiz YAIMni yaratishda xizmat ko‘rsatish sohasining o‘rni va roli sezilarli darajada bo‘lib, qariyb uning yarmini tashkil qilardi. Hozirgi kunda xizmatlar sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi o‘rtacha 35 foizdan yuqori bo‘lsa-da faoliyati cheklangan xizmat turlarining ushbu ko‘rsatkichdagi ulushi 10 foizni ham tashkil etmaydi. Xizmat ko‘rsatishning pasayishi talabning taklifga nisbatan yuqoriligini ta’minlaydi, bu esa narxlar muvozanatiga ham salbiy ta’sir o‘tkazadi. Iqtisodiy pasayish holatining davomiy bo‘lishi ishsizlik muammosining yanada kuchayishiga olib keladi, uning darajasini oshiradi va aholining to‘lov qobiliyati keskin tushib ketishiga sabab bo‘ladi.
    2.3.O'zbekiston Prezidenti koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha yangi farmonklari.
    3 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi farmoni e'lon qilindi, deb xabar bermoqda daryo.uz sayti.
    Farmonga ko'ra, koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko'rsatishining barqarorligini ta'minlash, shuningdek, ayrim xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2020 yil 31 dekabrga qadar 1-ilovaga muvofiq tovarlarni olib kirishda bojxona boji va aktsiz solig'ining nol stavkalari belgilangan.
    Tarif va notarif tartibga solish kengashi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda kichik tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanish uchun olib kiriladigan xom ashyo, materiallar, aksessuarlar va butlovchi qismlarning narxini pasaytirishga alohida e'tibor qaratgan holda, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish vazifasi topshirilgan.
    2020 yilning mart iyun oylarida o'lash muddati tugaydigan bolalari bo'lgan oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo'yicha nafaqa va moddiy yordamlar to'lash, ularni to'lashni yangi muddatda davom ettirish to'g'risidagi ariza hamda boshqa hujjatlarni talab qilmagan holda 6 oy muddatga (biroq bola tegishlicha 2 yoshga va 14 yoshga to'lgunidan ko'p bo'lmagan muddatda) tanaffussiz davom ettiriladi.
    Ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam to'lashni uzaytirish bilan bog'liq xarajatlar Inqirozga qarshi kurashish jamg'armasi hisobidan qoplanishi belgilangan.
    O'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan yolg'iz keksalar va nogironlarni bepul ta'minlash uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va gigiena tovarlarining ro'yxati karantin tadbirlari amal qilishi davrida bir martalik niqoblar, antiseptik vositalar va bakteriyaga qarshi sovunlar jamlanmasi bilan to'ldiriladi.
    Hujjat bo'yicha, 2020 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar quyidagilar:
    a) turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko'rsatuvchi sub'ektlar, Uzbekistan Airways AJ va uning tarkibiy bo'linmalari, Uzbekistan Airports AJ va «O'zaeronavigatsiya markazi» DUK:
    yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to'lashdan ozod qilinadi;
    ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada 1 foiz miqdorida to'laydi;
    b) tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilish aylanmasi oyiga 1 milliard so'mdan oshmaydigan va elektron hisob-fakturalarni qo'llaydigan qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilar ushbu soliqni har choraklik asosda hisoblash va to'lash huquqiga ega;
    v) foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo'ljallanmagan inshootlarga, shu jumladan, 2020 yil 1 aprelga qadar aniqlanganlarga nisbatan mol-mulk solig'i va yer solig'ining oshirilgan stavkalarini qo'llash, shuningdek, ko'rsatilgan soliqlar bo'yicha oshirilgan stavkalarni qo'llash natijasida yuzaga kelgan qarzdorlikka nisbatan penya hisoblash va majburiy undirish choralarini ko'rish tartibi to'xtatiladi.
    Karantin tadbirlari davrida o'z faoliyatini to'xtatishga majbur bo'lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i qat'iy belgilangan summasini va ijtimoiy soliqni hisoblash to'xtatiladi, bunda faoliyatni to'xtatganlik to'g'risida soliq to'lovchining shaxsiy kabineti orqali davlat soliq xizmati organlari xabardor qilinadi va davlat ro'yxatidan o'tkazilganlik to'g'risida guvohnomani topshirish talab etilmaydi.
    O'z faoliyatini to'xtatgan va (yoki) tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan tushumi 2020 yilning birinchi choragidagi o'rtacha oylik miqdoriga nisbatan 50 foizdan ko'proqqa kamaygan mikrofirma, kichik korxona va yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq organlarini xabardor qilgan holda 2020 yil 1 oktyabrga qadar quyidagi soliqlarni foizsiz kechiktirish (bo'lib-bo'lib to'lash) huquqi taqdim etiladi:
    mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza bermasdan turib aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk solig'i, yer solig'i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo'yicha — ularni keyinchalik 12 oy davomida teng ulushlarda to'lash sharti bilan;
    ijtimoiy soliq bo'yicha — uni keyinchalik 6 oy davomida teng ulushlarda to'lash sharti bilan.
    2020 yil oxiriga qadar spirt, alkogol` mahsulotlari, shu jumladan, vino va pivo uchun aktsiz solig'i, shuningdek, benzin, dizel` yoqilg'isi va gazni
    yakuniy iste'molchilarga realizatsiya qilishdagi aktsiz solig'ining amaldagi stavkalari saqlab qolinadi.
    2020 yil 1 apreldan boshlab yuridik shaxslar tomonidan gaz va elektr energiyasi bo'yicha oldindan haq to'lash to'g'risidagi majburiy talab 30 foizgacha pasaytiriladi.
    Shuningdek, mazkur farmon bilan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan majburiy zaxiralar bo'yicha talablarni yengillashtirish hisobiga tijorat banklarini 2,6 trillion so'm hajmidagi qo'shimcha likvidlik resurslari bilan ta'minlash, tijorat banklariga 3 yil muddatgacha 2 trillion so'mgacha bo'lgan miqdorda likvidlik taqdim etishning maxsus mexanizmini joriy etish bo'yicha ko'rilayotgan choralar ma'qullangan.
    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF–5969-sonli farmoni ijrosi doirasida yuridik shaxslarning kreditlari bo'yicha 7,9 trillion so'm hajmdagi qarzdorligi kechiktirilgan.
    O'zbekistonda va boshqa mamlakatlarda koronavirusga qarshi kurashish bo'yicha ko'rilayotgan choralar va iqtisodiy faollikning keskin pasayishi sababli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan tashkilotlarning kreditlari bo'yicha qo'shimcha restrukturizatsiya qilinadigan to'lovlar hajmi qo'shimcha ravishda 7 trillion so'mni tashkil etmoqda;
    jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 2020 yilning navbatdagi 6 oyi mobaynida so'ndirilishi lozim bo'lgan kreditlar bo'yicha muddati uzaytiriladigan to'lovlar hajmi 4,7 trillion so'mni tashkil etmoqda.
    Farmonda Markaziy bank zimmasiga tijorat banklari tomonidan moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yuridik va jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning kreditlari bo'yicha to'lovlarga 2020 yil 1 oktyabrga qadar kechiktirish taqdim etish, amalga kiritilgan karantin rejimi faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatgan qarzdorlarning muddati o'tib ketgan kreditlariga garov ta'minoti bo'yicha jarima sanktsiyalari va undiruv choralari qo'llamaslik yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuklatilgan.
    Tijorat banklari tomonidan kreditlar bo'yicha hisoblangan va kechiktirilgan foizlar summasi kechiktirish taqdim etilgan davrda foyda solig'ini hisoblashda jami daromad tarkibiga kiritilmasligi belgilab berilgan.
    2020 yil 1 oktyabrga qadar Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi tomonidan:
    loyihalar sonidan qat'i nazar, ijobiy kredit tarixiga ega bo'lgan tadbirkorlik sub'ektlariga aylanma mablag'larini to'ldirish uchun beriladigan kreditlar bo'yicha kredit summasining 75 foizidan oshmagan, biroq 10 milliard so'mdan ortiq bo'lmagan hajmda kafillik;
    tadbirkorlik sub'ektlariga aylanma mablag'larini to'ldirish uchun Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan milliy valyutada berilgan kreditlar bo'yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya, uning belgilangan miqdorlarini saqlab qolgan holda taqdim etiladi.
    Bitta qarz oluvchiga davlat jamg'armasi tomonidan bir vaqtda ham kafillik, ham kompensatsiya berishga qo'yilgan cheklov bekor qilinadi.
    Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasiga mazkur Farmon doirasida to'lov muddati kechiktirilgan kreditlarni qayta moliyalashtirish uchun tijorat banklariga ajratilgan resurslarni so'ndirish muddatlarini uzaytirish vazifasi topshirilgan.
    Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklov choralari tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan korxonalarga nisbatan bankrotlik tartib-taomillarini qo'llash va ularni bankrot deb e'lon qilishga 2020 yil 1-oktyabrgacha bo'lgan muddatda moratoriy joriy etildi. Majburiy auditorlik tekshiruvidan o'tkazilishi lozim bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni 2019 yil yakunlari bo'yicha auditorlik tekshiruvidan o'tkazish muddati 2020 yil 1 oktyabrgacha uzaytiriladi. Aktsionerlarning 2019 yil yakunlari bo'yicha yillik umumiy yig'ilishlarini 2020 yil 1-oktyabrgacha muddatda, shuningdek, videokonferensaloqa rejimida o'tkazishga ruxsat beriladi.
    Aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan ortiq bo'lgan mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlarni har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o'tkazish bo'yicha talab 2020 yil yakunlari bo'yicha kiritiladi. Karantinga olingan shaxslarga nisbatan qo'llanilgan ma'muriy jarimalarni (karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik bundan mustasno) to'lash muddatlari karantin muddati tugagunga qadar uzaytiriladi. 2020 yil 1 oktyabrgacha dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va boshqa mahsulotlarni ulgurji sotishga ruxsat beriladi.
    Yil yakuniga qadar qarz beruvchiga foiz shaklida daromad to'lash majburiyatisiz qarz (qaytarib beriladigan moliyaviy ko'mak) taqdim etilganda soliq solish maqsadida qayta moliyalash stavkasi (asosiy stavka) asosida aniqlanadigan daromad aylanmadan olinadigan soliq hamda foyda solig'ini hisoblashda jami daromad tarkibiga kiritilmaydi va o'z navbatida soliqqa tortilmaydi.
    Karantin tadbirlari davrida o'z faoliyatini to'xtatishga majbur bo'lgan tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to'lovlarini hisoblash va undirish to'xtatiladi.
    Foyda solig'ini avvalgi chorak yakunlari asosida hisoblash bo'yicha o'rnatilgan talablarni bekor qilgan holda, ushbu soliqni to'lovchilar 2020 yilning ikkinchi choragidan boshlab, kutilayotgan hajmlardan kelib chiqib foyda solig'i bo'yicha avans to'lovlar summasi to'g'risida ma'lumotnoma taqdim etish huquqiga ega. Soliq to'lovchilar tomonidan mazkur huquqni suiiste'mol qilish holatlari aniqlanganda davlat soliq xizmati organlariga foyda solig'i bo'yicha avans to'lovlar to'g'risida taqdim etilayotgan ma'lumotnomalarga o'zgartirishlar kiritish vakolati beriladi.
    2020 yil 1 apreldan boshlab soliq to'lovchilar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha imtiyozlarni soliq solishdan bo'shagan mablag'larni muayyan maqsadlarga yo'naltirish shartlarisiz qo'llaydi.
    Bosh vazir boschiligidagi Inqirozga qarshi kurashish bo'yicha respublika komissiyasiga ishlab chiqarish faoliyatini davom ettirayotgan shaxslar o'z ishchilariga shart-sharoitlar tashkil etishi ustidan doimiy monitoring olib borish uchun ularga sanitariya-epidemiologiya xizmatlari va sog'liqni saqlash muassasalarining biriktirilishini ta'minlagan holda, ushbu shaxslar faoliyat ko'rsatishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklov tadbirlari sababli bajarilmagan investitsiya majburiyatlari muddatlarini uzaytirish choralarini ko'rish vazifasi yuklatilgan.
    Koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish bo'yicha tibbiyot va karantin muassasalari qurilishi uchun zarur bo'lgan qurilish materiallari, shuningdek, ular faoliyat ko'rsatishi uchun zarur tovarlar 2020 yil 31 dekabrgacha bo'lgan muddatga bojxona to'lovlaridan, shu jumladan, qo'shilgan qiymat solig'idan ozod etilishi;
    koronavirus infektsiyasini aniqlash bo'yicha ekspress-testlarni olib kirishda ular uchun bojxona rasmiylashtiruvi yig'imi undirilmasligi farmon bilan belgilab qo'yilgan.
    O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mol-mulk solig'i, yer solig'i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to'lashni kechiktirish (bo'lib-bo'lib to'lash) imkoniyati berilishi munosabati bilan mahalliy byudjetlarining olinmay qolinadigan daromadlari o'rni Inqirozga qarshi kurashish jamg'armasidan har oyda qoplanishini ta'minlaydi.
    Farmonda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir hafta muddatda ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to'lashning amaldagi tartibiga oilalarning ijtimoiy nafaqa olishga muhtojligini baholash tartib-taomillarini soddalashtirishga, shu jumladan, quyidagilarga qaratilgan o'zgartirishlarni kiritish:
    ijtimoiy nafaqa olish uchun ariza bilan birga taqdim etiladigan hujjatlarni kamaytirish;
    davlatning ijtimoiy yordam choralari hisoblanuvchi alohida transfertlarni oilaning jami daromadlaridan chiqarib tashlash va boshqalar yuklatilgan.

    Ma'lumot uchun: Bunga qadar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan:


    - 19 martda "Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmon;
    - 26 martda "O'zbekiston Respublikasida koronavirus infektsiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi:
    - "Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo'llab-quvvatlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi;
    - 27 martda "Aholining dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika va eng zarur tovarlarga bo'lgan ehtiyojini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorlar imzolangan.
    Bundan tashqari, 26 mart kuni “O'zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga va Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonun qabul qilingan.
    Shuningdek, 23 martda Vazirlar Mahkamasining "Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori tasdiqlangan.
    Xulosa.
    Sir emaski, 2020 yil barcha davlatlar uchun murakkab kechdi. Dunyo xalqlari, hatto rivojlangan mamlakatlar aholisi ham koronavirus pandemiyasi oqibatlaridan birmuncha aziyat chekdi. O‘z navbatida, mazkur pandemiya O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. Davlatimiz rahbari boshchiligida o‘z vaqtida ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar, belgilangan maxsus dasturlar, amaliy sa’y-harakatlar tufayligina ushbu virus oqibatlarini yumshatishga, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilishga erishildi. Murojaatnomada Yurtboshimiz dastavval ushbu mavzuda gapirdi. 
    Darhaqiqat, pandemiya sharoitida o‘zbek xalqi o‘zining milliy qadriyat, mehr-oqibat, saxovat va muruvvat kabi azaliy an’analariga sodiqligini yana bir karra isbotladi. Shu tufayli ham kam ta’minlangan oilalar, yakka yolg‘iz keksalar, nogironligi bor fuqarolar xalqimizning, qolaversa, hukumatimizning e’tiborida bo‘ldi. Ularga har tomonlama moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi. Pandemiya davrida xorijdan 600 mingdan ortiq vatandoshimiz yurtimizga olib kelindi. Chet elda qiyin ahvolga tushib qolgan 100 mingga yaqin fuqarolarimizga zarur yordamlar ko‘rsatilgani Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd etildi. Bundan tashqari, pandemiya oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish uchun davlat tomonidan jami 82 trillion so‘mlik kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
    Xususan, Inqirozga qarshi jamg‘arma tashkil etilib, koronavirusga qarshi kurashish, aholi va korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq tadbirlarga byudjetdan 16 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgani, ayniqsa, e’tiborlidir.
    Davlat korxonalariga va 500 mingdan ziyod tadbirkorlik sub’ekti hamda qariyb 8 million fuqaroga jami 66 trillion so‘mlik soliq imtiyozlari, kredit muddatlarini uzaytirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy ko‘maklar berildi.
    Pandemiya davrida barcha sohalar davlatimiz tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanganini tadbirkorlikni keng qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘plab imtiyoz va yengilliklar berilganidan ham bilsak bo‘ladi. Xususan, tadbirkorlik sub’ektlariga 100 trillion so‘m yoki 2016 yilga nisbatan qariyb 4 barobar ko‘p kreditlar ajratildi. 2020 yil aholini ijtimoiy himoya qilish borasida tub burilish yili bo‘ldi. Davlatimiz rahbari tadbirkorlar yanada qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidlab, «Tadbirkorlik kodeksi» ishlab chiqilishini ta’kidladilar. 
    Bu borada yana ko‘plab misollarni, amaliy ishlar-u raqamlarni keltirishimiz mumkin. Prezidentimiz tabiri bilan aytganda, pandemiya sharoitida jahondagi vaziyatga sergaklik bilan qarab, barchamiz – kim bo‘lishimiz, qaysi vazifada ishlashimizdan qat’i nazar, mamlakatimizning milliy manfaatlarini ta’minlash haqida jiddiy o‘ylashimiz zarur. Zero, respublikamizda demokratik islohotlarni yuqori bosqichga olib chiqishda yangi siyosiy muhit vujudga keldi.
    Yurtboshimizning global inqiroz sharoitida iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlash, joylardagi mavjud muammolarni manzilli hal etish, ko‘makka muhtoj yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish barcha rahbarlarning bosh vazifasi bo‘lishi kerakligini aytgani xalqimizni bag‘oyat mamnun etdi. Ayniqsa, Yangi O‘zbekistonni bilimli va bunyodkor yoshlarimiz bilan birgalikda barpo etish maqsadida Prezidentimiz tomonidan kirib kelayotgan 2021 yilni mamlakatimizda «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili», deb nomlash taklif etilgani ertangi porloq kelajakka, bugungi islohotlarga ishonchni mustahkamladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki kelajakni yoshlar quradi, tafakkuri yuksak yoshlar ertangi kunimiz bunyodkorlari sanaladi. Shu nuqtai nazardan, yangi avlod kadrlarini tayyorlashda Murojaatnomada ta’lim hamda yoshlar siyosatiga alohida e’tibor qaratildi. 
    Davlatimiz rahbari ta’lim va yoshlar siyosati bo‘yicha o‘ta dolzarb bo‘lgan bir qancha muhim takliflarni ilgari surgani mamlakatimizda yoshlar masalasiga jiddiy e’tibor qaratilib kelinayotganini isbotlaydi. 
    Shu o‘rinda ularning ayrimlarini keltirib o‘tamiz:

    • maktab ta’limini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish, muallimlarga munosib sharoit yaratish;

    • ta’lim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida, avvalo, o‘quv dasturlari, o‘qituvchi va domlalar uchun metodik qo‘llanmalarni ilg‘or xalqaro dasturlarga moslashtirish;

    • iqtidorli o‘g‘il-qizlarimizning yuqori texnologiyalar va zamonaviy bilimlarni chuqur o‘zlashtirishiga keng sharoit yaratish hamda raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida Toshkent shahrida alohida universitet tashkil etish va ushbu oliygohda chet eldagi yetakchi olimlar va professor-o‘qituvchilar jalb qilinib, yoshlarga eng zamonaviy dasturlar asosida ta’lim-tarbiya berish;

    • oliy ta’limning qamrovi va sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratilib, keyingi yildan boshlab, oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshirilishi;

    • oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko‘paytirib, 2 mingtaga yetkazishi;

    • a’lo baholarga o‘qiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stipendiyalar joriy etilishi;

    • oliygohlar va ta’lim tizimining quyi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litsey oliy o‘quv yurtlari tasarrufiga o‘tkazilishi;

    • «El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining magistratura va doktoranturasida o‘qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshirilishi;

    • yangi yilda yurtimizdagi 30 ta yetakchi oliygohga o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqi berilishi;

    • kelgusi yilda ilm-fan sohasida oliygohlar va ilmiy tashkilotlardagi doktorantlar soni 4,5 mingtaga yetkazilishi yoki 2017 yilga nisbatan 3 barobarga oshirilishi;

    • ilg‘or xalqaro amaliyot asosida, dotsent va professor ilmiy unvonlari, falsafa va fan doktori ilmiy darajalarini berish vakolati o‘z yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli bo‘lgan oliygohlarning ilmiy kengashlariga o‘tkazilishi;

    • yoshlar o‘rtasida bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratilishi;

    • yoshlarning biznes loyihalarini kreditlash hamda ularni kasb-hunarga o‘qitish uchun 1 trillion so‘m va 50 million dollar ajratilishi;

    • 2021 yilda birinchi marta byudjetdan 900 nafar chin yetim yoshlarni uy-joy bilan ta’minlanishi kabilar.

    Yurtboshimiz yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan insonlar etib voyaga yetkazishimiz zarurligini alohida ta’kidlagani biz ota-onalar, pedagoglar, qolaversa, deputatlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklanadi.
    Xulosa o‘rnida aytganda, davlatimiz rahbarining tom ma’noda har bir sohadagi yangilanish uchun muhim qadam deyish mumkin. Boisi, unda ilgari surilgan vazifalar eng avvalo, xalqimiz turmush tarzini, yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega.


    Download 188.42 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling