Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jizzax filliali


Download 188.42 Kb.
bet2/4
Sana02.06.2024
Hajmi188.42 Kb.
#1833331
1   2   3   4
Bog'liq
xusanova umida kurs ishi

Kurs ishining maqsadi- Men o‘z kurs ishimda O‘zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish haqida tushuncha berish va imkon boricha aniq faktlar bilan va qonun qoidalar bilan izohlashni hamda yakuniy xulosamda takliflarimni berishga o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim.

  • Kurs ishining vazifasi:

    1.Karonavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar.
    2. Pandemiyaning iqtisodiyotimizga ta’siri.
    Kurs ishining tuzilishi: kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalardan iborat bo‘lib, jami 36 sahifani tashkil etadi.

    Koronavirus pandimiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlashga doir barcha chora-tadbirlari.


    1.1.Koronavirus pandimiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlari

    Koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiy o‘sish va investitsiyaviy faollikni rag‘batlantirish, ishlab chiqarish sur’atlarini tiklash, aholi bandligini oshirish, daromadlarini ko‘paytirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:


    1. Quyidagilar 2020-yilning 1-iyunidan 1-sentabrigacha bo‘lgan davrda mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinsin:
    kichik tadbirkorlik subyektlari;
    bozorlar va savdo komplekslari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, jamoat transporti korxonalari, sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, shuningdek, yo‘lovchi tashish, maishiy xizmatlar ko‘rsatish, binolarni, shu jumladan banketlar o‘tkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar.
    Belgilansinki, 2020-yilda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘ini to‘lash muddati 2020-yil 1-sentabrdan 2020-yil 1-dekabrga ko‘chiriladi va ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
    2. Kichik tadbirkorlik subyektlariga quyidagi summalarni hisobdan chiqarish ko‘rinishida davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash taqdim etilsin:
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF-5969-son va 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-son farmonlariga asosan foizsiz kechiktirish (bo‘lib bo‘lib to‘lash) berilgan, 2020-yil aprel va may oylari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i summalari;
    2020-yil 15-may holatiga yer solig‘i va mol mulk solig‘i bo‘yicha 2020-yil 1-yanvardan boshlab hosil bo‘lgan penya va jarimalar summalari.
    3. Tadbirkorlik subyektlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash bo‘yicha 120 kun muddatgacha kechiktirish olish huquqi berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
    Bojxona organlariga murojaat qilgan kungacha bir yildan kam bo‘lmagan davrda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan mikrofirma va kichik korxonalarga tovarlarni (iste’mol tovarlaridan tashqari) olib kirishda undiriladigan bojxona boji va aksiz solig‘ini to‘lash muddatini 2020-yil 1-iyulgacha kechiktirishni qo‘llash huquqi, keyinchalik kechiktirilgan summani 120 kun mobaynida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan berilsin.
    4. Belgilansinki, 2020-yilning 1-mayidan 1-iyuligacha bo‘lgan davrda mikrofirma va kichik korxonalarga (aksizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha kamaytiriladi.
    5. Mikrofirma va kichik korxonalarda 2020-yil 15-may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha mavjud bo‘lgan qarzdorlikni undirish 2020-yil 1-sentabrgacha to‘xtatilsin.
    Davlat soliq xizmati organlari 2020-yil 15-may holatiga mikrofirma va kichik korxonalarning bankdagi hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish va o‘tkazish bo‘yicha inkasso topshiriqnomalarini chaqirib olsin.
    Mikrofirma va kichik korxonalarga 2020-yil 15-may holatiga soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha ijro etilmagan to‘lov topshiriqnomalarini qaytarib olish huquqi berilsin.
    6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4701-son qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi resurslari hisobidan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruktsiya qilish uchun kredit ajratilishi bo'yicha o'tkazilayotgan eksperiment Toshkent shahriga tatbiq etilsin.
    7. 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni 2020-yil 1-iyundan boshlab qo‘shimcha 10 foizga oshirilsin.
    8. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tomonidan quyidagi foiz xarajatlarini qoplashga kompensatsiya berish tarzida tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etilsin:
    tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan milliy valyutada beriladigan investitsiyaviy kreditlar bo‘yicha, Jamg‘arma to‘g‘risidagi nizom talablarini hisobga olgan holda kredit shartnomasi amal qilishining birinchi yili davomida;
    2020-yil 1-oktabrga qadar tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun milliy valyutada 500 million so‘mgacha beriladigan kreditlar bo‘yicha Jamg‘arma to‘g‘risidagi nizom talablarini hisobga olgan holda kredit shartnomasi amal qilish muddati davomida 10 foizlik punkt miqdorida.
    9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil koronavirus pandemiyasi davrida taqdim etilgan imtiyozlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarining to‘liq va o‘z vaqtida qo‘llanilishi ustidan monitoring o‘rnatsin va qonun buzganlik uchun javobgarlik choralarini qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritsin.
    1.2. Koronavirus pandimiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar.
    Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini ta’minlash, shuningdek, ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
    1. 2020-yil 31-dekabrga qadar  muvofiq tovarlarni olib kirishda bojxona boji va aksiz solig‘ining nol stavkalari belgilansin.
    Tarif va notarif tartibga solish kengashi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanish uchun olib kiriladigan xomashyo, materiallar, aksessuarlar va butlovchi qismlarning narxini pasaytirishga alohida e’tibor qaratgan holda, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.
    2. Joriy yilning mart — iyun oylarida to‘lash muddati tugaydigan bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordamlar to‘lash ularni to‘lashni yangi muddatda davom ettirish to‘g‘risidagi ariza hamda boshqa hujjatlarni talab qilmagan holda 6 oy muddatga (biroq bola tegishlicha 2 yoshga va 14 yoshga to‘lgunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda) tanaffussiz davom ettirilsin.
    Belgilansinki, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam to‘lashni uzaytirish bilan bog‘liq xarajatlar Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.
    3. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni bepul ta’minlash uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarining ro‘yxati karantin tadbirlari amal qilishi davrida bir martalik niqoblar, antiseptik vositalar va bakteriyaga qarshi sovunlar jamlanmasi bilan to‘ldirilsin.
    4. Belgilansinki, 2020-yil 1-apreldan 31-dekabrga qadar quyidagilar:
    a) turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko‘rsatuvchi subyektlar, “Uzbekistan Airways” AJ va uning tarkibiy bo‘linmalari, “Uzbekistan Airports” AJ va “O‘zaeronavigatsiya markazi” DUK:
    yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilinadi;
    ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada 1 foiz miqdorida to‘laydi;
    b) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga 1 mlrd so‘mdan oshmaydigan va elektron hisob-fakturalarni qo‘llaydigan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar ushbu soliqni har choraklik asosda hisoblash va to‘lash huquqiga ega;
    v) yuridik yoki jismoniy shaxs o‘z faoliyatini koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklov choralari tufayli to‘xtatishga majbur bo‘lgan hollarda, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlarga, shu jumladan 2020-yil 1-aprelga qadar aniqlanganlarga nisbatan mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining oshirilgan stavkalarini qo‘llash, shuningdek, ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha oshirilgan stavkalarni qo‘llash natijasida yuzaga kelgan qarzdorlikka nisbatan penya hisoblash va majburiy undirish choralarini ko‘rish tartibi to‘xtatiladi.
    5. Karantin tadbirlari davrida o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i qat’iy belgilangan summasini va ijtimoiy soliqni hisoblash to‘xtatilsin, bunda faoliyatni to‘xtatganlik to‘g‘risida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali davlat soliq xizmati organlari xabardor qilinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnomani topshirish talab etilmaydi.
    6. O‘z faoliyatini to‘xtatgan va (yoki) tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan tushumi joriy yilning birinchi choragidagi o‘rtacha oylik miqdoriga nisbatan 50 foizdan ko‘proqqa kamaygan mikrofirma, kichik korxona va yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq organlarini xabardor qilgan holda 2020-yil 1-oktabrga qadar quyidagi soliqlarni foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) huquqi taqdim etilsin:
    mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza bermasdan turib aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha — ularni keyinchalik 12 oy davomida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan;
    ijtimoiy soliq bo‘yicha — uni keyinchalik 6 oy davomida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan.
    7. Joriy yilning oxiriga qadar spirt, alkogol mahsulotlari, shu jumladan vino va pivo uchun aksiz solig‘i, shuningdek, benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘ining amaldagi stavkalari saqlanib qolinsin.
    8. 2020-yil 1-apreldan boshlab yuridik shaxslar tomonidan gaz va elektr energiyasi bo‘yicha oldindan haq to‘lash to‘g‘risidagi majburiy talab 30 foizgacha pasaytirilsin.
    9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan:
    majburiy zaxiralar bo‘yicha talablarni yengillashtirish hisobiga tijorat banklarini 2,6 trln so‘m hajmidagi qo‘shimcha likvidlik resurslari bilan ta’minlash;
    tijorat banklariga 3 yil muddatgacha 2 trln so‘mgacha miqdorda likvidlik taqdim etishning maxsus mexanizmini joriy etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar ma’qullansin.
    10. Markaziy bankning quyidagilar to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin:
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF-5969-son Farmoni ijrosi doirasida yuridik shaxslarning kreditlari bo‘yicha 7,9 trln so‘m hajmdagi qarzdorligi kechiktirilgan;
    O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar va iqtisodiy faollikning keskin pasayishi sababli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan tashkilotlarning kreditlari bo‘yicha qo‘shimcha restrukturizatsiya qilinadigan to‘lovlar hajmi qo‘shimcha ravishda 7 trln so‘mni tashkil etmoqda;
    jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 2020-yilning navbatdagi 6 oyi mobaynida so‘ndirilishi lozim bo‘lgan kreditlar bo‘yicha muddati uzaytiriladigan to‘lovlar hajmi 4,7 trln so‘mni tashkil etmoqda.
    11. Markaziy bank quyidagilar uchun shart-sharoitlar yaratish va tartib-taomillarni soddalashtirish choralarini ko‘rsin:
    tijorat banklari tomonidan moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yuridik va jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning kreditlari bo‘yicha to‘lovlarga 2020-yil 1-oktabrga qadar kechiktirish taqdim etish;
    amalga kiritilgan karantin rejimi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan qarzdorlarning muddati o‘tib ketgan kreditlariga garov ta’minoti bo‘yicha jarima sanksiyalari va undiruv choralari qo‘llamaslik.
    Belgilab qo‘yilsinki, tijorat banklari tomonidan kreditlar bo‘yicha hisoblangan va kechiktirilgan foizlar summasi kechiktirish taqdim etilgan davrda foyda solig‘ini hisoblashda jami daromad tarkibiga kiritilmaydi.
    12. Belgilansinki, 2020-yil 1-oktabrga qadar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan:
    loyihalar sonidan qat’i nazar, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun beriladigan kreditlar bo‘yicha kredit summasining 75 foizidan oshmagan, biroq 10 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lmagan hajmda kafillik;
    tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan milliy valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya, uning belgilangan miqdorlarini saqlab qolgan holda, taqdim etiladi.
    Bitta qarz oluvchiga davlat jamg‘armasi tomonidan bir vaqtda ham kafillik, ham kompensatsiya berishga qo‘yilgan cheklov bekor qilinsin.
    13. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mazkur Farmon doirasida to‘lov muddati kechiktirilgan kreditlarni qayta moliyalashtirish uchun tijorat banklariga ajratilgan resurslarni so‘ndirish muddatlarini uzaytirsin.
    14. Moliya vazirligi manfaatdor tijorat banklari bilan birgalikda mazkur Farmon doirasida muddati uzaytirilgan kreditlar bo‘yicha berilgan davlat kafolatlarini qayta rasmiylashtirsin.
    15. Belgilansinki:
    koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklov choralari tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan korxonalarga nisbatan bankrotlik tartib-taomillarini qo‘llash va ularni bankrot deb e’lon qilishga 2020-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda moratoriy joriy etiladi;
    majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni 2019-yil yakunlari bo‘yicha auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish muddati 2020-yil 1-oktabrgacha uzaytiriladi;
    aksionerlarning 2019-yil yakunlari bo‘yicha yillik umumiy yig‘ilishlarini 2020-yil 1-oktabrgacha muddatda, shuningdek, videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ruxsat beriladi;
    aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan ortiq bo‘lgan mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlarni har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha talab 2020-yil yakunlari bo‘yicha kiritiladi;
    karantinga olingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarni (karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik bundan mustasno) to‘lash muddatlari karantin muddati tugagunga qadar uzaytiriladi;
    2020-yil 1-oktabrgacha dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va boshqa mahsulotlarni ulgurji sotishga ruxsat beriladi;
    yil yakuniga qadar qarz beruvchiga foiz shaklida daromad to‘lash majburiyatisiz qarz (qaytarib beriladigan moliyaviy ko‘mak) taqdim etilganda soliq solish maqsadida qayta moliyalash stavkasi (asosiy stavka) asosida aniqlanadigan daromad aylanmadan olinadigan soliq hamda foyda solig‘ini hisoblashda jami daromad tarkibiga kiritilmaydi va o‘z navbatida soliqqa tortilmaydi;
    karantin tadbirlari davrida o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlarini hisoblash va undirish to‘xtatiladi;
    foyda solig‘ini avvalgi chorak yakunlari asosida hisoblash bo‘yicha o‘rnatilgan talablarni bekor qilgan holda, ushbu soliqni to‘lovchilar 2020-yilning ikkinchi choragidan boshlab, kutilayotgan hajmlardan kelib chiqib foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lovlar summasi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etish huquqiga ega. Soliq to‘lovchilar tomonidan mazkur huquqni suiiste’mol qilish holatlari aniqlanganda davlat soliq xizmati organlariga foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lovlar to‘g‘risida taqdim etilayotgan ma’lumotnomalarga o‘zgartirishlar kiritish vakolati beriladi;
    2020-yil 1-apreldan boshlab soliq to‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni soliq solishdan bo‘shagan mablag‘larni muayyan maqsadlarga yo‘naltirish shartlarisiz qo‘llaydi.
    Inqirozga qarshi kurashish bo‘yicha respublika komissiyasi (A.N. Aripov) ishlab chiqarish faoliyatini davom ettirayotgan shaxslar o‘z ishchilariga shart-sharoitlar tashkil etishi ustidan doimiy monitoring olib borish uchun ularga sanitariya-epidemiologiya xizmatlari va sog‘liqni saqlash muassasalarining biriktirilishini ta’minlagan holda, ushbu shaxslar faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklov tadbirlari sababli bajarilmagan investitsiya majburiyatlari muddatlarini uzaytirish choralarini ko‘rsin.
    16. Belgilab qo‘yilsinki:
    koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha tibbiyot va karantin muassasalari qurilishi uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallari, shuningdek, ular faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur tovarlar 2020-yil 31-dekabrgacha muddatga bojxona to‘lovlaridan, shu jumladan qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi;
    koronavirus infeksiyasini aniqlash bo‘yicha ekspress-testlarni olib kirishda ular uchun bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imi undirilmaydi.
    18. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lashni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyatini berish ishlari lozim darajada tashkil etilmaganligi mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rsatib o‘tilsin.
    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lashni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati berilishi munosabati bilan mahalliy budjetlarining olinmay qolinadigan daromadlari o‘rni Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan har oyda qoplanishini ta’minlasin.
    19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to‘lashning amaldagi tartibiga oilalarning ijtimoiy nafaqa olishga muhtojligini baholash tartib-taomillarini soddalashtirishga, shu jumladan quyidagilarga qaratilgan o‘zgartirishlarni kiritsin:
    ijtimoiy nafaqa olish uchun ariza bilan birga taqdim etiladigan hujjatlarni kamaytirish;
    davlatning ijtimoiy yordam choralari hisoblanuvchi alohida transfertlarni oilaning jami daromadlaridan chiqarib tashlash va boshqalar.
    O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarning manzilliligini ta’minlash maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlikda ishlasin, shuningdek, ijtimoiy yordamga o‘ta muhtoj bo‘lgan oilalarga yordam ko‘rsatish uchun tegishli ko‘maklarni jalb qilish bo‘yicha tezkorlik bilan choralar ko‘rsin.
    20. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki hafta muddatda “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni kiritsin.
    21. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
    1. 3. Koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiy o'sish va investitsiyaviy faollikni rag'batlantirish, ishlab chiqarish sur'atlarini tiklash, aholi bandligini oshirish, daromadlarini ko'paytirish va tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab‑quvvatlash maqsadida:
    1. Quyidagilar 2020 yilning 1 iyunidan 1 sentyabrigacha bo'lgan davrda mol-mulk solig'i va er solig'ini to'lashdan ozod qilinsin:
    kichik tadbirkorlik sub'ektlari;
    bozorlar va savdo komplekslari,kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, jamoat transporti korxonalari, sport-sog'lomlashtirish muassasalari, shuningdek, yo'lovchi tashish, maishiy xizmatlar ko'rsatish, binolarni, shu jumladan, banketlar o'tkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar.
    2. Kichik tadbirkorlik sub'ektlariga quyidagi summalarni hisobdan chiqarish ko'rinishida davlat tomonidan qo'shimcha qo'llab‑quvvatlash taqdim etilsin:
    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969‑son va 2020 yil 3 apreldagi PF‑5978‑son farmonlariga asosan foizsiz kechiktirish (bo'lib‑bo'lib to'lash) berilgan, 2020 yil aprel` va may oylari uchun to'lanishi lozim bo'lgan mol-mulk solig'i va er solig'i summalari;
    2020 yil 15 may holatiga er solig'i va mol‑mulk solig'i bo'yicha 2020 yil 1 yanvardan boshlab hosil bo'lgan penya va jarimalar summalari.
    3. Tadbirkorlik sub'ektlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) import qilishda qo'shilgan qiymat solig'ini to'lash bo'yicha 120 kun muddatgacha kechiktirish olish huquqi berilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
    Bojxona organlariga murojaat qilgan kungacha bir yildan kam bo'lmagan davrda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan mikrofirma va kichik korxonalarga tovarlarni (iste'mol tovarlaridan tashqari) olib kirishda undiriladigan bojxona boji va aktsiz solig'ini to'lash muddatini 2020 yil 1 iyulgacha kechiktirishni qo'llash huquqi, keyinchalik kechiktirilgan summani 120 kun mobaynida teng ulushlarda to'lash sharti bilan berilsin.
    4. Belgilansinki, 2020 yilning 1 mayidan 1 iyuligacha bo'lgan davrda mikrofirma va kichik korxonalarga (aktsizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamg'armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo'lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha kamaytiriladi.
    5. Mikrofirma va kichik korxonalarda 2020 yil 15 may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo'yicha mavjud bo'lgan qarzdorlikni undirish 2020 yil 1 sentyabrgacha to'xtatilsin.
    Davlat soliq xizmati organlari 2020 yil 15 may holatiga mikrofirma va kichik korxonalarning bankdagi hisobvaraqlaridan pul mablag'larini hisobdan chiqarish va o'tkazish bo'yicha inkasso topshiriqnomalarini chaqirib olsin.
    Mikrofirma va kichik korxonalarga 2020 yil 15 may holatiga soliq majburiyatlarini bajarish bo'yicha ijro etilmagan to'lov topshiriqnomalarini qaytarib olish huquqi berilsin.
    6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4701-son qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi resurslari hisobidan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruktsiya qilish uchun kredit ajratilishi bo'yicha o'tkazilayotgan eksperiment Toshkent shahriga tatbiq etilsin.
    7. 14 yoshgacha bolalari bo'lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to'lgunga qadar bola parvarishi bo'yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni 2020 yil 1 iyundan boshlab qo'shimcha 10 foizga oshirilsin.
    8. Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi (keyingi o'rinlarda – Jamg'arma) tomonidan quyidagi foiz xarajatlarini qoplashga kompensatsiya berish tarzida tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'shimcha qo'llab-quvvatlash choralari joriy etilsin:
    tadbirkorlik sub'ektlariga Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan milliy valyutada beriladigan investitsiyaviy kreditlar bo'yicha, Jamg'arma to'g'risidagi nizom talablarini hisobga olgan holda kredit shartnomasi amal qilishining birinchi yili davomida;
    2020 yil 1 oktyabrga qadar tadbirkorlik sub'ektlariga aylanma mablag'larini to'ldirish uchun milliy valyutada 500 million so'mgacha beriladigan kreditlar bo'yicha Jamg'arma to'g'risidagi nizom talablarini hisobga olgan holda kredit shartnomasi amal qilish muddati davomida 10 foizlik punkt miqdorida.
    9. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil koronavirus pandemiyasi davrida taqdim etilgan imtiyozlar va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash choralarining to'liq va o'z vaqtida qo'llanilishi ustidan monitoring o'rnatsin va qonun buzganlik uchun javobgarlik choralarini qo'llash bo'yicha takliflar kiritsin.
    10. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, shuningdek, byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga (zaruriyat bo'lganda) soliq imtiyozlari berilishi va ijtimoiy nafaqa oluvchilar sonining oshishi natijasida olinmay qolinadigan daromadlar munosabati bilan Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg'armasi hisobidan subsidiyalar ajratsin.
    11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
    Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab‑quvvatlash bo'yicha navbatdagi chora‑tadbirlar to'g'risida prezident farmonlari.
    2020-yilning 1-iyunidan 1 sentyabrigacha mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:

    • kichik tadbirkorlik subyektlari;

    • bozorlar va savdo komplekslari;

    • kinoteatrlar;

    • umumiy ovqatlanish joylari;

    • jamoat transporti korxonalari;

    • sport-sog‘lomlashtirish muassasalari;

    • yo‘lovchi tashish, maishiy xizmat ko‘rsatish, binolarni, shu jumladan bankyetlar o‘tkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar.

    Kichik tadbirkorlik subyektlariga quyidagi summalarni hisobdan chiqarish ko‘rinishida davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash taqdim etiladi:

    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5969-son va PF-5978-son farmonlariga asosan foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) berilgan, 2020-yil aprelь va may oylari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mol-mulk va yer solig‘i summalari;

    • 2020-yil 15-may holatiga yer solig‘i va mol-mulk solig‘i bo‘yicha 2020-yil 1 yanvardan boshlab hosil bo‘lgan penya va jarimalar summalari;

    • tadbirkorlik subyektlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash bo‘yicha 120 kun muddatgacha kechiktirish olish huquqi beriladi;

    • 2020-yilning 1-mayidan 1-iyuligacha
      Download 188.42 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling