Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti m illiy g'oya va ma'naviyat asoslari huquq ta’limi


Inson, millat va jamiyat hayotida g‘oya va mafkuraga bо‘lgan talab-ehtiyojlar


Download 161.3 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi161.3 Kb.
#1494920
1   2   3
Bog'liq
Sharqona modernizatsiya modellari shakllanishining mafkuraviy-tarixiy

Inson, millat va jamiyat hayotida g‘oya va mafkuraga bо‘lgan talab-ehtiyojlar
G‘oya va mafkura tushunchalari, umuman ijtimoiy-siyosiy fanlar, xususan falsafada muhim о‘rin tutadi, ammo ularning mazmuni maxsus tadqiqot obyekti sifatida hali yetarli darajada ilmiy tadqiqot qilinmagan, aksariyat hollarda mazkur tushunchalarga sinfiylik, partiyaviylik nuqtai nazaridan yondoshib kelingan. Shuning uchun ham hozirgi falsafiy, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarda g‘oya va mafkura tо‘g‘risida bir-biridan farq qiluvchi turli-tuman ta’riflarni, tavsiflarni, izoh va talqinlarni uchratish mumkin. G‘oya va mafkuralar obyektining dinamik о‘zgarishi, plyuralizm va tolerantlik tamoyillari tobora kо‘proq e’tirof etib kelinayotgan hozirgi davrda bu jarayonga «tabiiy hol» sifatida qarash taqozo etiladi. Zero, shu jarayonda g‘oya va mafkura, milliy g‘oya va milliy mafkura tushunchalarining turli-tuman qirralari har xil nuqtai nazarlardan tahlil qilinmoqda.
Ma’lumki, an’anaviy tarzda, aksariyat hollarda «g‘oya» va «ideya» atamalari sinonimik tushunchalar sifatida qо‘llanilib kelinadi. Xususan, Platon falsafasi haqida sо‘z yuritilganda odatda «ideyalar dunyosi» atamasi emas, balki «g‘oyalar dunyosi» atamasi qо‘llanilib kelinadi. Darhaqiqat, keng ma’noda ideya yoki g‘oya deganda muayyan narsa-hodisalarning muhim belgilari majmuasi, asosiy mazmunini ifodalovchi asosiy fikr nazarda tutiladi.
Umuman, xalqlar, millatlar va davlatlar mavjud ekan, ularning borligini anglatib turuvchi g‘oyalarning amal qilishi tabiiydir. Insoniyatning taraqqiyoti, uning kelajagi mavjud mintaqaviy, irqiy va diniy manfaatlarni о‘zida aks ettiruchi g‘oyalarning mutanosibligini ta’minlashga bog‘liq. Bunday mutanosiblikning buzilishi esa dunyoda kо‘plab muammolarning yuzaga kelishiga sabab bо‘lmoqda.
Gnoseologik jihatdan g‘oya va mafkura ruhiy olam, subyektiv reallik, ong hodisalari sifatida, birinchidan, mavjud obyektiv reallik in’ikosi va ayni paytda kelajakning rejasidir; ikkinchidan, о‘z-о‘zining in’ikosi va rejasidir. Ontologik jihatdan g‘oya va mafkura subyektiv reallik hodisalari sifatida muayyan narsa-hodisa, jarayon-voqelikning bizning ongimizdan tashqarida mavjud ekanligini ifodalovchi mazmunga ega. Ammo, ayni paytda, g‘oya va mafkura inson ichki dunyosining ham realligidirki, bu reallik inson uchun undan tashqaridagi moddiy narsalarga nisbatan muhimroq ahamiyatga ega bо‘lishi mumkin. Binobarin, g‘oya va mafkura tushunchalari obyektiv va subyektiv reallikning in’ikosi va kelajak rejasini ifodalovchi belgilarni ham, obyektiv va subyektiv reallikning mavjudligi va rivojlanishini ifodalovchi belgilarni ham о‘z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, bir tomondan, muayyan g‘oya va mafkura tushunchalarining mazmuni muayyan voqelikning in’ikosidir (gnoseologik jihat), ammo ular о‘z-о‘zini emas, balki mazkur voqelikni ifodalaydi (ontologik jihat), ikkinchi tomondan, bu muayyan mazmun, ayni vaqtda, subyektiv reallik sifatida mavjud (ontologik jihat) va mazkur subyektiv reallikning mazmuni sifatida in’ikos etadi (gnoseologik jihat).
Har qanday g‘oya eng avvalo individual ongda paydo bо‘ladi. Individual ong esa, ijtimoiy ongga nisbatan faoldir. Ba’zan ijtimoiy ongning mavqei mutlaqlashtiriladi va natijada jamiyat ma’naviy hayotida shaxsning roli kamsitiladi. Bunday hollarda g‘oyalarning, umuman madaniy qadriyatlarning birdan-bir yagona ijodkori, aql va tafakkurning, vijdon va ijodiy ruhning yagona sohibi, mas’uliyat his qiluvchi jonli konkret inson g‘oyib bо‘ladi, uning qobiliyat va vakolati u yoki bu mavhum umumiy kuchlar foydasiga begonalashtiriladi. Vaholanki, ijtimoiy ongda sodir bо‘ladigan har qanday yangiliklarning birdan-bir yagona manbai individual ongdir. Ijtimoiy ong tarkibidan avval boshda individual g‘oya bо‘lmagan biron-bir g‘oyani topib bо‘lmaydi. Ijtimoiy mavqe kasb etgan barcha g‘oyalar individlar tomonidan yaratiladi, rivojlantiriladi va boyitiladi. Biz keng aholi ommasiga, butun insoniyatga aloqador muammolarni tahlil qilgan paytlarimizda aksariyat hollarda davr voqeliklarining mualliflari о‘zimiz ekanligimizni yetarli darajada anglay olmaymiz.
G‘oya va mafkura tushunchalari ham obyektiv reallik in’ikosini, ham muayyan maqsad-muddao va ideallarni о‘zida mujassam etadi. Bu ikki tomon bir-biri bilan uzviy bog‘liq bо‘lib, g‘oya va mafkura tushunchalarining о‘ziga xos xususiyatlarini va ularning inson ongi harakatidagi о‘rnini belgilaydi. G‘oya va mafkura tushunchalari voqelik rivojlanishida, insonning amaliy faoliyati jarayonida yangi, hali mavjud bо‘lmagan reallik shaklini yaratuvchi faol, vositachi zvenodir. Boshqacha aytganda, g‘oya va mafkura tushunchalari praksiologik xarakterga egadir. Bu hol - kelajak loyihasi, maqsadga erishishga intilish, hohish-iroda va ijobiy yaratuvchanlik omillarini ifodalaydiki, psixologiyada bu omillar yoki xislatlar «xohish», «intilish», «maqsad qо‘yish», «irodaviy kuch», «aqliy harakat» kabi atamalarda ifodalanadi.
Insoniyat tarixi - g‘oyalar tarixidir, deyishadi. Darhaqiqat, insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomidagi barcha yirik voqea-hodisalarning tag-zamirida u yoki bu g‘oya yotadi. Eng buyuk kashfiyotlar yoki tub sotsial о‘zgarishlar avvalo ular haqidagi orzu-niyatlardan, intilishlardan boshlangan. Muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, xalq, davlat yoki jamiyatning ehtiyojlarini, maqsad-mudaolarni, orzu-intilishlarin о‘zida mujassam etuvchi g‘oyalar tizimi sifatida namoyon bо‘ladigan mafkura - istiqbolning yaratuvchisidir. Kecha orzu-niyat bо‘lgan milliy davlatimizning bugun biz uchun sha’n va iftixorga aylanganligi buning yaqqol misolidir.
Milliy g‘oyalar va mafkuraviy qarashlar har bir davlatning mavjudlik belgisi hisoblanadi. Ayni paytda, ushbu qadriyatlar о‘sha davlat va xalqning ijtimoiy mо‘ljali hamdir. Yana shu narsaga e’tibor berish lozimki, davlatlarning ijtimoiy-siyosiy tuzumlari о‘zgargan paytlarda g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlar ham о‘zgaradi. Umuman, g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlar, ular tomonidan himoya qilinadigan qadriyatlar har bir davlat va xalqning ijtimoiy taraqqiyotida katta ahamiyat kasb etadi.



Download 161.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling