Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti Tarix fakulteti Arxeologiya yo’nalishi
Download 84.91 Kb.
|
Document
mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti Tarix fakulteti Arxeologiya yo’nalishi KURS ISHI MAVZU: Old tarix fanining rivojlanish bosqichlari Bajardi: Eshnorov. N Tekshrdi: Abduzohirov. R REJA: Krish
FANI HAQIDA Inson evolyutsiyasi haqidagi bilimlarning vujudga kelishi Old tarix fanining qadimgi antik va o‘rta asrlarda shakllanish omillari Old Tarix fani XVIII-XIX asrlarda II BOB. OLD TARIX FANINING PREDMETI VA UNING BOSHQA FANLAR TIZIMIDAGI O'RNI 2.1 Old tarix fanining predmeti va boshqa fanlar bilan aloqasi 2.2 Old tarixning o‘ziga xos xususiyati va uning ahamiyati Old tarix bilan shug‘ullangan olimlar, arxeologlar Hulosa Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati KRISH Ijtimoiy gumanitar yo’nalishda ta’lim olayotgan talabalarga inson evalutsiyasi va old tarix fani insoniyatning qadimiy davridagi ijtimoiy hayotidagi xususiyatlari eng muhum o’zgarishlari zamonaviy hayotda ularni suyak qoldiqlari va ularni madaniyatini tiklash bilan shug’ullanadigan fandir. Bu zamonaviy fanning dunyo yuzini ko’rish bosqichi o’zgacha bir tarzda vujudga kelgan. Ushbu fan XV – XVII asrlardagi Buyuk geografik kashfiyotlardan so’ng ya’ni yangi yerlarni kashf etilishi va bu hududlarda o’ziga hos tarzda yashovchi xalqlarning inson evaltsiyasi fanidagi tutgan o’rni va bu fanning rivojlanishiga qanday ta’sir ko’rsatgani barchga qiziq bo’sa kerak. Bu fan bo’yicha ko’plab olimlarning tadqiqotlari va ularning nazariyalari qanchalik ahamiyatga ega ekanligini guvohi bo’lishimiz mumkin. Barchamizga birdek qiziqki insonning o’z ajdodlarini qanday paydo bo’lganligi, hozirgi holatiga kelgunicha bo’lgan davrni o’rganish va bu ishlar bo’yicha ko’plab tadqiqotlar olib borishi bu fanning paydo bo’ilishiga va asta sekin rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Shu davr ichida fanning rivojlanishiga qaysi olimlar qay darajada o’z xissalarini qo’sha olganligini mazkur taqdimot davomida javob topishga harakat qilamiz. Bu taqdimotini o’rganish davomida bu fanning boshqa hozirgi zamonaviy fanlar bilan qay darajada aloqador ekanligini ko’rishimiz mumkin. 1 BOB. INSON EVOLYUTSIYASI VA OLD TARIX FANI HAQDA Inson evolyutsiyasi haqidagi bilimlarning vujudga kelishi Odamning eng qadimgi ajdodlari. Inson tabiat yaratgan tirik mavjudotlarning eng oliysi hisoblanadi. Yer yuzida bu oliy darajadagi mavjudotni paydo bo‘lib, yashay boshlaganiga qariyb 7,5-7 million yillar o‘tdi. Mazkur davr mobaynida inson mehnat qilish tufayli hayvonlar olamidan ajralib chiqib, uzoq rivojlanish bosqichini o‘z boshidan kechirib, nihoyat bundan 40-45 ming yil ilgari hozirgi zamon qiyofasidagi odamga aylandi. Shu bilan antropolonez jarayoni ham tugab, nihoyasiga yetdi. 0 ‘zining kelib chiqishiga qiziqish, uni bilishga intilish odamlarda juda ham erta uyg‘ongan. Lekin dastlabki kishilaming ilmiy bilimi juda oz bo‘lganligi tufayli bu masalaga uzoq vaqt javob topmaganlar. Ammo kishilar o‘z ajdodlari haqida ko‘pdan-ko‘p afsona va rivoyatlar to‘qiganlar. Ilmiy bilimlarning to‘plana borishi natijasida odamlarda o‘z o‘tmishiga qiziqishning tobora kuchayishiga olib kelgan. Natijada odamning paydo bo‘lishi haqida xilma-xil nazariyalar paydo bo‘lgan. Odamning paydo bo‘lishi va yaratilishi haqida qadimgi va o‘rta asr diniy kitoblarida mantiqsiz afsona va rivoyatlar ko‘p uchraydi. XVIII va XIX asrlarda arxeologiya, antropologiya sohasida qo‘lga kiritgan ilmiy dalillar va ilg‘or qarashlar, odamning kelib chiqishi haqidagi diniy rivoyat va afsonalarga ilk bor zarba berib, bu masalani bundan keyingi rivoji uchun zamin hozirladi. XVIII-XIX asrlarda shakllanib vujudga keladigan arxeologiya fani qo‘lga kiritgan yangi dalillar alohida ahamiyatga ega boMdi. Qadimgi davrning ilg’or fikrli Rim, Yu non, Hind va Xitoy mutafakkirlari insonning tabiiy ravishda paydo bo‘lganligi haqida o‘z mulohazalarini bildirganlar. Lekin bu fikr o‘rta asrlarda cherkov va dinning ta’siri natijasidarivojlantirilmadi. Ammo XVII asr oxiri va XVIII asrdan boshlab olimlar bu masalaga jiddiy e’tibor bera boshladilar. Chunonchi J. B. Lamark, Karl Linney, Tomas Geksli va boshqalar insonning biologik jihatidan maymunlarga yaqinligi, kelib chiqishi va uning tabiatda tutgan o‘mi haqida ilg‘or fikrlar bilan maydonga chiqdilar. Bu sohada mashhur ingliz olimi, tabiatshunosi Charliz Darvinning xizmatlari alohida ahamiyatga egadir. Ch. Darvin o‘zining «Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlaming paydo bo‘lishi (1863), «Odamning paydo bo'lishi va jinsiy tanlanish» degan asarlarida o‘zigacha to‘plangan va o‘zi yiqqan materiallarga asoslanib o‘simliklar va hayvonlarning eng oddiy turlaridan rivojlanib, oliy turlarga yetganligini isbot qilib berdi. Ch. Darvin odamning hayvonot olamidan kelib chiqqanini isbot qilib berar ekan, u odamning paydo boMishida tabiiy tanlanishning ahamiyatiga ortiqcha baho berib yuborib, eng muhim sotsial sabab yaratilgan, hamda turlar o‘zgarmaydi degan metafizik va diniy tasavvurlarga qarshi chiqib, bu fikrlami xato ekanligini isbot qilib berdi. , . Lekin ko‘p yillar davomida olib borilgan geologik, paleontologik va arxeologik tadqiqot ishlari oraliqdagi bu uzilishni bir darajada to‘ldirdi. Odamning ham, gorilla va shimpanzelaming bo‘lgan mehnatning olamshumul ahamiyatini payqamadi. Lekin Darvinning ulug‘ xizmati shundaki, o‘simliklarni, hayvonlarni hamda odamni xudo o‘zgarmaydigan qilib yaratgan degan diniy afsonaviy fikrlami yo‘qqa chiqardi. U o'zining evolyutsion ta’minoti bilan yer yuzidagi butun tirik mavjudotlaming eng oliysi hisoblangan odam hamyaqin umumiy ajdodi hisoblangan odamsimon qazilma maymunlar driopiteklar 27 million yillar ilgari miotsen davrida, janubiy Osiyo, janubiy Yevropa va Afrikada tarqalgan edi. Bulardan yana biri Darvin driopiteki bo‘lib, uning qoldiqlari Avstraliyaning o‘rta miotsen yotqiziqlaridan topilgan. Odam ajdodiga yaqinroq maymunlardan yana biri ramapitek bo‘lib, ulaming suyak qoldiqlari Shimoliy Hindistondagi Sivalika tepaligining quyi pliotsen yotqiziqlaridan topilgan. Ramapiteklaming qoldiqlari Sharqiy Afrikadagi Keniyadan topi lib, uni keniyapitek ham deb ataladi. Bu bosqichda inson ajdodi hozirgi zamon odamsimon maymunlaridan ajralib chiqqan bo‘lib, ramantipikni odam ajdodi deb hisoblash mumkin emas edi. Ramapitek tropik o‘rmonlarda, daraxtlar ustida yashab, o‘simliklar bilan ovqatlanar va u ham odamsimon maymunning o‘zginasi edi. Lekin ba’zi olimlar ramapitekni nisbatan ochiq joylarda yashab, ikki oyoqda yurgan, degan fikrni ilgari suradilar. Ammo bu qarashni ko‘p olimlar qo‘llab quvvatlamaydilar. Udobnopitek miotsenning oxiri, plotsenning boshlarida ya’ni 13-16 million yil muqaddam yashagan. Udobnopitek tishlarining tuzilishiga qarab hukm chiqarilsa, u ko‘p jihatdan driopitek va romanipiteklarga yaqin bo‘lgan. Olimlaming ta’kidlashicha u qadimgi karkidan, mastadan, gipparion, jirafa va giyena kabi yirik sutemizuvchi hayvonlar bilan zamondosh bo‘lgan odamsimon maymun edi. OkOld tarix fanining qadimgi antik va o‘rta asrlarda shakllanish omillari Avstrolopitek deb ataluvchi qazilma odamajdodi nisbatan ham odamga juda yaqin edi. Avstrolopitekning suyaklari dastlab 1924- yili R. Dart tomonidan kashf etilib bayon etilgan. So‘ngi vaqtda olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 400dan ortiq avstrolopitek maymunlarinmg suyak qoldiqlari topildi. Ulaming aksariyati Janubiy va Sharqiy Afrikadan topilib, ikki urug‘ga mansubdir. Bu Tuanga, Makapansgate va Sterkfonteyndan topilgan afrikalik avstralopitek hamda Rromdray va Svarkransdan topilgan parantropidir. Ulaming sanasi 900 ming yildan 3 million yilgacha borib taqaladi. Bular parantrop va boys zinjontropiga mansub bo‘lib, Tanzaniyaning Olduvay darajasidan, Keniyaning Turkona (Rudolf) ko‘li atrofidagi Kanepoy, Kooba-Fora, Lotegam, Ileret, Efioipiyaning janubidagi Omo daryosi vodiysidan topib o‘rganilgan. Sharqiy Afrika avstrolopiteklaming sanasi kaliy-argon usuli bilan aniqlanishiga 5,5 bilan 0,7 million yil bilan chegaralanadi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, Sharqi-Janubiy va Janubiy Osiyodan ham avstrolopitekka yaqin bo‘lgan mavjudotlaming suyak qoldiqlari topilgan. Xitoyning Janubidagi Topilgani BLEK gigantopitegi Shimoliy Hindistondan topilgan bilaspur gigantopitekning hamda Yavaning Sangirak degan joyidan topilgan qadimgi yavan magentroplarini shular jumlasidan kiritish mumkin. Avstrolopiteklar yerda yashashga moslashgan mavjudot bo‘lib, ikki oyoqlab yurgan. Ular hamma odamsimon maymunlardan farq qilgan va ayni vaqtda odamga yaqinlashib qolgan edi. Ammo ulaming oyoq-qo‘llarida ushlagich organlari saqlanib qolgan bo‘lib, u hali tayanch organi sifatida to‘liq shakllangan emas edi. Uning bamioqlari ancha kuchli, bo‘g‘inlari taraqqiy etgan bo‘lib, qamrab olish va mahkam tutish xususiyati bilan har qanday odamsimon maymunlar bo‘g‘inidan farq qilar edi. Ammo bo‘g‘inlarida odamsimon maymunlarning bo'g‘inlariga o‘xshash xususiyatlar oz emas edi. Jag‘ suyaklari katta bo‘lib, lod tomonga turtib chiqmagan oziq tishlaming kichikligi, tishlar orasidagi bo‘shliqning bo‘lmasligi, ulami odamsimon maymunlardan keskin (ajratib, odam bilan yaqinlashtirgan edi.) Avstrolopitek miya qutisining o‘rtacha hajmi 522 sm 2ga barobar bo‘lib, asosan 435dan 600 sm 3 oralig‘ida tebranadi. Ba’zi olimlar avstrolopitekni odam qatoriga qo‘shsa, ba’zilari uni odamsimon maymunga mansub deb hisoblaydilar. Ammo shuni unutmaslik kerakki, avstrolopiteklar insonlar dunyosiga mansub mavjudot edi. Jag‘ suyaklari va tishining tuzilishi, hamda ular tomonidan o‘ldirilgan pavian va boshqa sut emizuvchi hayvon suyaklarini topilishi, avstrolopiteklami boshqalardan farq qilib, go‘sht bilan oziqlanganliklarini ko‘rsatadi. Avstropoliteklar - odamsimonlar oilasiga mansub bo‘lib, go‘sht bilan ovqatlangan, ikki oyoqda turib qaddini ko‘taribroq yurgan va odamga aylanish arafasida turgan mavjudot bo‘lgan. Shuni ham unutmaslik kerakki, avstrolopiteklaming bir qismi Olduvay, Keniya, Efiopiyadagi eng qadimgi qazilma odamlar bilan ayni vaqtda, bir hududda yashaganlar. Bundan 30-40 yillar muqaddam Indoneziyaning Yava orolidan topilgan pitekantropni eng qadimgi maymunsimon odam deb hisoblanar edi. Pitekontrop bundan 800 ming yil muqaddam yashab, kishilik jamiyati tarixi 1 millionga yaqin yilni qamrab olaredi. Ammo keyingi 30-40 yil ichida odamning, kishilik jamiyatining kelib chiqishi haqidagi ilgarigi fikrlar mutlaqo o'zgarib ketdi. Shu narsa ravshan bo‘ldiki, har xil toshlardan oddiy, qo‘pol mehnat qurollari yasay olgan hamda yirik hayvoniami ovlash qudratiga ega bo‘lgan qadimgi maymunsimon odam, hayvonlar dunyosidan 1 million yil emas, balki 3-3,5 million yil muqaddam ajralib chiqa boshlagan ekan. Demak, yer yuzidagi eng qadimiy odam yava pintekantropi emas, balki, sharqiy Afrikada 3-3,5 mln yil ilgari yashagan «Xomo xabilis» - «ishbilarmon odam» ekan. Sharqiy Afrilcadagi Tanzaniyaning Olduvay darasidan topilgan arxeologik va antropologik materiallar bu fikrni aytishga imkon berdi. Keniya va Efiopiyada olib borilgan qazish ishlari Olduvaydan topilgan materiallarga juda muhim aniqlik kiritdi. Olduvay darasi Tanzaniyaning shimolida bo‘lib, Eyasi ko‘lidan 36 km. Shimoliy-sharqdadir. Daraning uzunligi 40 km, chuqurligi esa 100-130 metrdan iborat. Olduvay darasidan qazilma hayvonlarning qoldiqlari 1911-yildan boshlab topila boshlagan. 1931-yili keniyalik ingliz olimi Luis Liki darada qizg‘in arxeologik va poleontologik qazish ishlari olib borar ekan, har xil davrga mansub tosh asri madaniy qatlamlarini topishga muyassar bo‘ladi. Bu borada Luis Lekining xizmatlari juda kattadir. L. Liki vafot etgach (1972) uning ishlarini rafiqasi Meri Liki va o‘g‘li Richard Liki davom ettiradilar. Keyingi 15-20 yil ichida Olduvay darasidan olib borilgan arxeologik qazishlar natijasida odamsimon maymunlar, eng qadimgi maymunsimon odamlaming kalla va boshqa suyaklari, shuningdek, eng qadimgi odamlaming mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan buyumlar topilgan. 1.3Old Tarix fani XVIII-XIX asrlarda Yava pitekantropiga nisbatan ilgariroq yashagan maymunsimon odam deb aytishga imkon berdi. Tadqiqotchilar bu odamga «zinjantrop»,-deb nom ham berishdi. Ba’zi olimlar uni odam jesa, ayrimlari avstrolopitek maymuni deb hisoblaydilar. Lekin bir yil o4tgach ya’ni 1960-yil «zinjantantrop» topilgan joydan, faqatgina biroz chuqurroqda «zinjantrop» ga nisbatan ham taraqqiy etgan mavjudotning suyak qoldiqlari topilgan. Olimlar unga «prezinjantrop» deb nom berishdi Hozirgacha mazkur joy va qatlamdan prezinjantropning 5dan ortiq suyak qoldig‘i va tosh qurollari va bir qator hayvonlaming maydalangan suyaklari topilgan. Bu mavjudot qurol yasay olgan ekan, unga «Xomo xabiiis» - «ish bilarmon odam» degan nom berildi. U Yava pitekantropigacha yashagan eng qadimgi maymunsimon odam, deb hisoblanadi. Zinjantrop esa avstrolopitek maymuni bo‘lib, boshqa hayvonlar qatori u «Xomo xabiiis» ning ov o‘ljasi bo‘lgan. Kaliy-argon usuli bo‘yicha va boshqa dalillarga asoslanib ishbilarmon kishi 1,75-185 mln yil ilgari yashagan. Xomo xabiiis topilgan joyning yuqoriroq qatlamidan Olduvay pitekantropining qoldig‘i va tosh qurollari hali topilgan. Prezinjantrop topilgan joyning o‘zidan avstrolopiteklaming suyaklari ko‘plab chiqdiki, bu hoi mazkur mavjudotlar ishbilarmon kishilaming asosiy ov manbalaridan biri ekanligini bildiradi. Xomo Xabilisning bo‘yi 122-140 sm bo‘lib, ikki oyoqda yurgan, Tobayesning fikricha miya qutisining hajmi 675-680 sm3 ni tashkil etib, avstrolopiteknikidan kattaroq, pitekantroplamikiga nisbatan kichikroq bo‘lgan. Yuqori va quyi jag‘lari avstrolopiteklarnikidan kichikroq, pitekantrop va hozirgi zamon odamnikiga, ancha yaqin bo'lgan. Uning barmoq va bo‘g‘inlari odamnikiga juda o ’xshab ketgan va tosh qurollar yasash qobiliyatiga ega bo‘lganki, buni Olduvayning qatlamlaridan topilgan tosh qurollar tasdiqlaydi. Shunday qilib, xomo xabiiis avtsrolopiteklar bilan pitekantrop oralig‘idagi mavjudot bo‘lib, eng qadimgi odam edi. Xomo Xabiiis faqatgina Olduvay darasidagina bo‘lib qolmay, ancha keng tarqalgan edi. Olduvay darasida ajoyib kashfiyotlar 60-yillarining oxiri va 70-yillarda Keniyada va Efiopiyada Turkona ko'li qirg‘oqlarida ham arxeologik qidiruv va qazish ishlarini keng koMamda olib borish uchun turtki bo'ldi. Eliopiyaning Omo daryosi darasidan qadimgi olduvay davriga mansub qurollar topilib, sanasi 1,9-2,2 million yilga borib taqaladi. Mazkur joydan har xil avstrolopitek maymunlarfling suyaklari topilib, ulaming sanasi 2-4 million yilni o‘z ichiga oiadi. Ulaming ba’zilari «ishbilarmon odam»ga mansub bo‘lishi ham mumkin degan fikr olimlar orasida keng yoyilgan. Demak sharqiy va markaziy Afrikadan topilgan odam suyaklari, mehnat qurollari insoniyat tarixinihg ilk bosqichini o‘rganish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Shunday qilib Sharqiy Afrikadagi so‘ngi kashfiyotlar yerda odamning paydo bo‘lish davrini qariyb 3-3,5 million yilga cho‘zib yubordi. Afrikadan topilgan eng dastlabki ilk qazilma odamlar odam evolyutsiyasining birinchi bosqichini tashkil etadi. Inson evolyutsiyasining ikkinchi bosqichi arxantroplar bilan bog‘liq bo‘lib, ular eng dastlabki ilk odamlarga nisbatan yer yuzida ancha keng tarqalgan. 1890-1891 -yillarda golland vrachi Y. Dyubua tomonidan Indoneziyaning Yava orolidagi Solo daryosi bo‘yidagi bo‘lgan Trinil yaqinidan qandaydir mavjudotning bosh suyak qopqog‘i ilckita jag‘ tishi va boldir suyagi topilgan. Keyingi yillarda Kenigs vald va boshqa olimlar tomonidan Yavada olib borilgan qazishmalar natijasida yana yettita pitekantropga mansub suyaklar topilgan. 1937-yilda nemis paleontologi Ralfon Kyonigsvald Yavadan pitekantropning bosh miya qopqog‘i suyagini topgan. Keyingi vaqtlargacha Yavadagi Modjekertodan to‘rtta katta yoshdagi va bitta yoshgina pitekantropning bosh miya qopqog‘i, oltita son suyagi, uchta jag* suyagi topildi. 1961-1972-yillarda esa Indoneziya mutaxassislari Yavadan yana pitekantropning to‘rtta bosh suyagi va ikkita pastki jag4 suyagini topganlar. Yavadan topilgan pitekantrop suyaklari orasida Mojolertodan topilgan bola suyagining sanasi eng qadimiy bo‘lib, uni kaliy-argon usuli bilan aniqlanishiga 1 million 500 ming,l million 900 ming yil deb hisoblanadi. Qolganlarining sanasi esa 0,5-1 mln yilga borib taqaladi. Har holda ular Olduvay darasidagi homo habilis - «ishbilarmon odam»dan ancha keyin yashagan. Lekin Olduvay pitekantroplari bilan zamondosh bo‘lishlari ham mumkin. Buni ulaming jismoniy tuzilishi, «homo habilis»ga nisbatan rivojlanganligi ham tasdiqlaydi. Sinantrop - Xitoy odami ham eng qadimgi qazilma odamlar vakili hisoblanadi. 1918-1923-yillarda Shved geologi G. Anderson Pekindan 45- 50 km janubiy-g‘arbdagi Chjoukoutyan degan joyida kuzatish ishlari olib borayotib, avval tosh qurol, so‘ngra hayvonlar suyagi bilan birga odam tishini topadi. Qazilma ishlariga kanada olimi D. Blek ham jalb qilinadi. 1927-yili Blekning assistenti Pen Ven-chjun mazkur joydagi Kotsetong g‘oridan eng qadimgi Xitoy odamining kalla suyagini topishga muyassar bo‘ladi. Qazish ishlari xitoy olimlari tomonidan davom ettirilib, natijada mazkur joydan yana 60ga yaqin odam suyagi topi lib, shundan 15tasi yosh bolalarniki ekanligi aniqlandi. Shu narsa muhimki g‘ordan sinantrop qoldiqlari bilan bir qatlamda tosh qurollar, gulxan qoldiqlari yirik va mayda hayvonlaming sindirilgan hamda kuygan suyaklari topilgan. Bu hoi sinatroplarning pitekantrop va olduvaydagi «ishbilarmon odamga» nisbatan ancha taraqqiy etganligini ko‘rsatadi. Sinatroplarning bo‘yi 144-156 sm bo‘lib, peshonasi past qiya bo‘lgan. Pitekantrop miya qutisining hajmi 850-950 sm3 bo‘lsa, sinatropning esa 1050-1200sm3 ga teng. Demak sinantrop miyasining hajmi pitekantrop miyasining hajmidan katta, lekin hozirga zamon odami miya qutisini hajmidan esa kichikroqdir. II BOB. OLD TARIX FANINING PREDMETI VA UNING BOSHQA FANLAR TIZIMIDAGI O'RNI 2.1 Old tarix fanining predmeti va boshqa fanlar bilan aloqasi Tarix arabcha so‘z boiib, tabiat va jamiyatdagi o ‘tmish voqealar, voqeylik degan ma’nolarni anglatadi. lining ulugiigi shundaki, bizga ma’lum bo‘lgan fanlaming hammasi tabiat va jamiyat qo‘ynida tug‘ilgan va tug‘iladi. Tarix tabiat va jamiyat tarixidan iborat bo‘lib, ular bir-birlari bilan uzviy ravishda bog‘langan. Tabiat tarixi yer va koinotdagi barcha narsalar haqida, jamiyat tarixi esa bashariyat-inson faoliyati haqida bahs yuritadi. Jamiyat tarixi tabiat tarixining davomidir. Shuni ta’kidlamoq joizki, koinot tarixi cheksiz, chegarasizdir. Yer tarixi esa 5,5-5 milliard yilga teng. Yerdagi tirik mavjudotlar tarixi esa 3,3-3 milliard yillik qadimiylikka ega. Boshqa tirik mavjudotlar kabi inson ona yer farzandi hisoblanadi. OlimLaming fikricha, bashariyat tarixining ilk bosqichi 4-4,5 million yilga borib taqaladi. Ammo bashariyat tarixi yer va boshqa tuban mavjudotlar tarixiga nisbatan juda qisqa davmi o‘z ichiga oladi. olimlar bashariyat tarixini bir-biridan farqlanuvchi turli davr va bosqichlarga bo‘lib o‘rganadilar. Bir guruh olimlar uni ibtidoiy, quldorlik, feodal, kapitalizm, sotsiolizm va uning so‘ nggi bosqichi hisoblangan kommunistik deb atalmish ijtimoiy iqtisodiy tuzumlarga bo‘lganlar. Olimlaming boshqa guruhlari esa bashariy tarixini ibtidoiy, qadimgi, o‘rta asrlar, yangi va eng yangi kabi tarixiy davrlarga ajratiladi. Ayrim tadqiqotchilar esa o‘tmishni yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya kabi tarixiy davrlarga bo‘lganlar. Bashariyat tarixi qanday davrlarga boiinishidan qat’iy nazar ulaming eng qadimgisi va boshqa davrlarga nisbatan uzoq davom etgani ibtidoiy tarix, ya’ni insoniyatning old tarixidir. Yangidalillarga ко‘ra kishilikning old tarixi davrimizdan 4-4,5 million yil ilgari boshlangan, uning yakunlovchi bosqichi miloddan awalgi IV mingyillikning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Ammo ibtidoiy davming so‘nggi bosqichlarida ishlab-chiqarishning notekis rivojlanishi tufayli yer yuzining muayyan joylarida ibtidoiy jamoa va uning qoldiqlari uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi. Shuni ta’kidlash lozimki, Braziliya changalzorlari, Afrika o‘rmonlari, Filippin va Avstraliyaning ba’zi joylarida ibtidoiy jamoa tuzumining so‘nggi bosqichi darajasida hayot kechirayotgan qabilalar, etnik guruhlar va kishilar jamoasi hamon yashab kelmoqdalar. Old tarix fani, yerda odamzodning paydo bo'lishidan tabaqalar va ilk davlatlaming qaror topishigacha bo‘lgan 4-4,5 millionlik katta tarixiy davrni qamrab oladi. Birinchi ijtimoiy tuzum ibtidoiy jamiyatning shakllanishi, rivojlanishi va tabaqaviy jamiyatga o‘sib o‘tish jarayonlarini o‘rganadi va tadqiq etadi. Kishilikning shu ilk bosqichi old tarix fanining asosiy mavzusi hisoblanadi. Jahon fanshunosligida ibtidoiy old tarix yagona tarix fanining alohida bo‘limini tashkil etadi. Kishilik jamiyati tarixining boshqa davrlari ko‘proq yozma manbalarga asoslanib o‘rganiladi. Ibtidoiy tarix arxeologik, antropologik, etnografik, lingvistik, arxeozoologik, arxeobotanik va boshqa manbalarga tayanib o‘rganiladi. Chunk! ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yozuv ham yozma manbalar ham bo‘lmagan. Xorijiy mamlakatlardagi ayrim olimlar old tarixni antropologiya-odam haqidagi umumiy fan qatoriga qo‘shadilar. Shuni unutmaslik kerakki, antropologiya tabiiy fan bo‘Isa, tarix shuningdek, old tarix siyosiy, ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi. Old tarixning nomi masalasida ham olimlar orasida turli qarashlar mavjud. Ibtidoiy davr tarixi bilan shug'ullangan ko‘pgina olimlar, g‘arbdagi adabiyotlarda qo‘llangan va qoMlanib kelinayotgan “tarixgacha” degan atama ibtidoiy jamoa tuzumiga muvofiq emasligini ta’kidlab o‘tadilar. Ba’zi olimlar kishilikning bu eng qadimga davrini “tabaqaviy jamiyatgacha bo‘lgan tarix”, “yozuvgacha bo‘lgan tarix” kabi, mazkur jamiyatning mohiyatiga unga muvofiq kelmaydigan nomlar bilan ataydilar. Mavzu va mantiq jihatidan “Ibtidoiy yoxud old tarix” degan atama kishilikning bu keksa, mo‘ysafid davriga ancha to‘g‘ri keladi. Yana shuni ta’kidlab o‘tish kerakki qator g‘arb tillarida “old”, “ibtidoiy”, “oddiy”, “sodda” so‘zlari sinonim sifatida qo‘llanilar ekan. Ammo rus tilida “ibtidoiy” bilan “oddiy, sodda” so‘zlar sinonim emas ekanlar. Xulosa shuki, kishilikning bu eng qadimgi davrini “old tarix” deyish maqsadga muvofiqdir, chunki u bizga ma’lum bo‘lgan beshta ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning ilk bosqichidir. Download 84.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling